Hamroev Xudoyshukur Nutfilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar morfometrik parametrlarining me’yorda va eksperimental surunkali alkogolizmda qiyosiy tasnifi”, 14.00.02– Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3279.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Ragimov Razin Mirzekerimovich, tibbiyot fanlari doktori,professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: tajribaviy surunkali alkogolli intoksikatsiya chaqirtirilgan oq zotsiz kalamushlar jigar to‘qimasidagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash va fitoterapevtik vositalar yordamida korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida kelib chiqqan oq zotsiz kalamushlarning jigar to‘qimalarida etil spirt ta’siri sababli unda yuz bergan morfometrik o‘zgarishlari aniqlangan;
ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida va qushqo‘nmasi ekstraktidan foydalanib jigar gepatotsitlarning mikrosutrukturasi va sinusoidal bo‘shliqlar diametrining oshganligi morfologik tahlilda isbotlangan;
eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida perisinusoidal bo‘shliqlarda kollagen tolalari sonining ko‘payganligi va qushqo‘nmasi bilan fitokoreksiyadan foydalanganda, kollagen tolalari sonining kamayganligi va fibrotik o‘zgarishlarning kamayishi gistokimyoviy tahlilda aniqlangan;
ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida oq zotsiz kalamush jigar to‘qimasida, ayniqisa gepatotsit hujayralarida Ki-67 markerining yuqori ekspressiyasi kuzatilib,bu surunkali alkogolizm jarayonida hujayralarning proliferativ faolligi oshganligi va qushqo‘nmasi ekstrakti biokoreksiyasidan keyin jigar hujayralarning proliferativ faolligi me’yorga yaqinlashganligi immunogistokimyoviy tahlilda isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Jigar morfometrik parametrlarining me’yorda va eksperimental surunkali alkogolizmda qiyosiy tasnifi» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 fevraldagi 12/56-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida kelib chiqqan oq zotsiz kalamushlarning jigar to‘qimalarida etil spirt ta’siri sababli unda yuz bergan morfometrik o‘zgarishlari aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (buyruq 20.08.2024 y №78-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (buyruq 19.08.2024 y №167-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida jigar to‘qimalarida morfometrik o‘zgarishlar tahlilida gepatotsitlar tuzilishida va jigar bo‘lakchalarining qon tomir tizimida sinusoidal kapillyar bo‘shliq kengayganligi, mikrovaskulyar kanalning qayta tuzilishini ko‘rsatdi. Gepatotsitlar maydoni oshdi, bu hujayra gipertrofiyasi bilan bog‘liq. Gepatotsitlar yadrosining kamaydi, bu distrofik o‘zgarishlarni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichlar natijasi sifatida ko‘rildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan morfometrik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 8 kundan 5-6 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (morfologik tekshirish usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 95000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 65000 so‘m). Tavsiya etilgan usulni amaliyotda qo‘llash laborator tekshirishlar vaqtini 1-1,5-martaga kamaytirib, xar bir xolat uchun 30 ming so‘m tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida va qushqo‘nmasi ekstraktidan foydalanib jigar gepatotsitlarning mikrosutrukturasi va sinusoidal bo‘shliqlar diametrining oshganligi morfologik tahlilda isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (buyruq 20.08.2024 y №78-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (buyruq 19.08.2024 y №167-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida qushqo‘nmasi ekstrakti ta’sirida jigar to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlar tahlilida jigar bo‘laklari orasidagi sinusoidlarning periferiyadan markaziy venaga kengayishi mikrosirkulyasiyani yaxshilagan neoangiogenezni ko‘rsatdi. Gepatotsitlar giperplaziyani, xromatin iplari va yadrochalari bilan kattalashgan yadrolar bu yuqori proliferativ faollik va to‘qimalarning tiklanishini gepatotsitlar maydoni hujayra funksiyasining yaxshilanishini ko‘rsatib, stromaning parenximaga nisbati o‘sdi, bu surunkali yallig‘lanish yoki dastlabki fibrotik o‘zgarishlarga kuzatildi. Natijasi sifatida ko‘rildi, bu uning davolash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan morfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 10 kundan 8 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (gistomorfologik tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 140000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 90000 so‘m). Tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tashxislash vaqtini 1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘larini 50 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida perisinusoidal bo‘shliqlarda kollagen tolalari sonining ko‘payganligi va qushqo‘nmasi bilan fitokoreksiyadan foydalanganda, kollagen tolalari sonining kamayganligi va fibrotik o‘zgarishlarning kamayishi gistokimyoviy tahlilda aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (buyruq 20.08.2024 y №78-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (buyruq 19.08.2024 y №167-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida jigar to‘qimalarida gistokimyoviy o‘zgarishlar tahlilida jigarda och sariq yog‘ tomchilari bilan parenximal yog‘ distrofiyasi, kollagen tolalari qalinlashgan sinusoidlarning torayishi va kollagen tuzilmalarining notekis qalinlashishi bilan markaziy venaning kengayishi aniqlandi. Qushqo‘nmasi ekstrakti bilan fitokoreksiyadan foydalanganda gepatotsitlar yadrolari va sitoplazma metabolik buzilishlarni ko‘rsatadigan rang o‘zgarishi kuzatilmadi. Sinusoidal bo‘shliqlar torayishi va to‘qimalar gipoksiyasi, kollagen tolalarining qalinlashishi, fibrozi kuzatilmadi. Qushqo‘nmasi ekstrakti bilan fitokoreksiyadan keyingi natijasi sifatida ko‘rildi, bu uni davolash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan patomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 12 kundan 8 kungacha qisqarishi va qayta komission tekshirishlar bo‘lmasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (gistokimyoviy tekshirishda usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 165000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 130000 so‘m). Tavsiya etilgan usulni amaliyotda qo‘llash laborator tekshirishlar vaqtini 1,5-martaga kamaytirib, xar bir xolat uchun 35 ming so‘m tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida oq zotsiz kalamush jigar to‘qimasida, ayniqisa gepatotsit hujayralarida Ki-67 markerining yuqori ekspressiyasi kuzatilib,bu surunkali alkogolizm jarayonida hujayralarning proliferativ faolligi oshganligi va qushqo‘nmasi ekstrakti biokoreksiyasidan keyin jigar hujayralarning proliferativ faolligi me’yorga yaqinlashganligi immunogistokimyoviy tahlilda isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (buyruq 20.08.2024 y №78-son) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (buyruq 19.08.2024 y №167-son) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijasida eksperimental surunkali alkogolizm ta’sirida jigar to‘qimalarida gepatotsitlar yadrolari aniq ajralib turadigan yadro membranasi va markaziy joylashtirilgan yadrochalar bilan yumaloq formaga ega edi. Ki-67 bilan bo‘yalgan yadrolarning mavjudligi proliferativ faollikni ko‘rsatdi. Alkogolli zararlanishdan va qushqo‘nmasi bilan keyingi biokorreksiyadan so‘ng, kalamushlarda jigar to‘qimalarining tiklanishi kuzatildi. Markaziy venalar atrofidagi gepatotsitlar turli o‘lchamda bu regeneratsiya jarayonlarini ko‘rsatadi. Ushbu hujayralar zich yadrolari bo‘lgan yumaloq shaklga ega bo‘lib, faol reparativ jarayonlarni ko‘rsatdi. Ki-67da musbat bo‘yalgan yadrolarning mavjudligi zararlangan gepatotsitlarni almashtirish uchun faol hujayra bo‘linishini aks ettiruvchi proliferativ faollikni tasdiqladi. Gepatotsitlarning yadrolari kattalashib, hujayralarning sitoplazmasi eozinofilli tarzda bo‘yalgan, bu funksional faollikni oshiradi. Ushbu o‘zgarishlar faol hujayra metabolizmini va hujayra o‘sishi va bo‘linishi uchun zarur molekulalarning sintezini ko‘rsatadi. Natijasi sifatida ko‘rildi, bu uning tashxislash samaradorligi oshirilishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan immunopatomorfologik jihatlarini erta aniqlab tashxislash vaqtini 15 kundan 10 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (immunogistokimyoviy tekshirish usulining o‘rtacha narxi 1 ta holat uchun 197000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 152000 so‘m). Tavsiya etilgan tashxislash usulidan foydalangan holda tekshirish o‘tkazish vaqtini 1,5 barobar qisqartirib, 1 ta holatda byudjet mablag‘lari 45 ming so‘m tejaldi.