Nazarov Abdiqahhor Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidor (Lycopersicum Esculentum) mevasini quritish usullari va qadoqlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.11 – Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Qx936
Ilmiy rahbar: Boltaev Murodbek Allayarovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, professor, texnika fanlari doktori; Mirzaev Raxim Odiljonovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pomidorning tanlab olingan nav va duragaylarini turli usullarda quritish va qadoqlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pomidorni quritishga eng maqbul quruq moddasi yuqori ko’rsatkichda bo’lgan Novichok navi (5,9%), Lojayn F1 (5,5%), Yusuf F1 (5,4), Burxon F1 (5,3) duragaylari tanlab olingan.
pomidorni turli bo’lak va o’lchamlarda tayyorlanib, maxsus quritish uskunasida (quyosh panel tunelli) quritilganda, tayyor mahsulot chiqishi Novichok navida 7,5 %, Lojayn F1, 5,9 %, Yusuf F1 5,9 % Burxon F1 6,6 % quritilgan mahsulot chiqishi aniqlangan va sifatli, tovarbop holatida quritishda doira shaklda 6-7 mm, o’lchamda bo’lishi eng maqbul ekanligi isbotlangan;
pomidorni infraqizil - konvektiv usulda quritilganda, standartga mos ravishda quritilgan mahsulot olish uchun eng maqbul harorat 50oC quritish davomiyligi 10 soat hamda xarorat 60oC bo’lganda quritish davomiyli 8 soat bo’lganligi aniqlangan;
quritilgan pomidorni sifatli va uzoq muddat saqlash uchun turli qadoqlash usullaridan foydalanganda C vitamini 12 oy davomida gazli muhitda 50% dan yuqori (72,2% -52,0%), vakuumda 45,3% gacha, polietilenda esa 30,4% gacha, likopin va karotinlar gazli muhitda qadoqlanganda 12 oy davomida 72,4% va 68,5% gacha saqlanib qolganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda pomidor mevalarini quritishda tayyor mahsulot sifatini oshirish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, quritishning samarador usulini aniqlash, quritilgan pomidor mevalarini quritishdan oldin va quritilgandan keyin texnologik, organoleptik va biokimyoviy tarkibini tadqiq qilish, shuningdek, pomidor mevalarini quritish texnologiyasini ishlab chiqishning eng samarali yo’llarini aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
Kichik qayta ishlash va saqlash korxonalari, sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari hamda sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari, tomorqa er egalari uchun “O’zbekistonda etishtirilgan pomidor hosilidan unumli foydalanishda turli quritish usullarini qo’llash va qadoqlash texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 16 apreldagi №16-34/04-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma pomidor maxsulotlarini quritish va saqlashda uslubiy qo’llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Pomidorni quritish bo’yicha ilmiy ishlanma asosida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “JAHON IDEAL SERVICE” ma’sulyati cheklangan jamiyatida 1 tonnagacha pomidor mevalarini quritish uchun joriy etilgan (O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 16 apreldagi №16-34/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, saqlashga qo’yilgan quritilgan mahsulotni 3 oydan keyin ikki barobar yuqori narxda o’rtacha 100 ming so’m atrofida sotishga erishilib qo’shimcha 4 mln so’m daromad olishga erishilgan. Umumiy hisobda 6 mln 100 ming so’m miqdorda qo’shimcha daromat olishga erishgan.
Namangan viloyati Norin tumani “VALLEY FRUIS COOPERATIVE korxonasida 4 tonnagacha pomidor quritish bo’yicha ilmiy ishlanma joriy etilgan (O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025 yil 16 apreldagi №16-34/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu quritilgan pomidorni 2024 yil mavsum davrida 70000 so’mdan realizatsiya qilish natijasida korxona qo’shimcha 16 mln 800 ming so’m daromat olishga erishgan.