Muxammadieva Musharraf Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit bilan asoratlanishning birlamchi profilaktikasi va davosini takomillashtirish”, 14.00.10– Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4278.
Ilmiy rahbar: Obloqulov Abdurashid Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Ra’no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kuljanova Sholpan Adlgazievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit bilan asoratlanishning birlamchi profilaktikasi va davosini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor spontan bakterial peritonitli bemorlarda qon zardobidagi glutamatdekarboksilaza antitanacha (GAD), superoksid dismutaza (SOD), prokal`sitonin (PKT) va SRO ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali kasallikning erta tashxisotida va bashoratlashda ularning diagnostik ahamiyati asoslanagan;
ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi bemorlarda spontan bakterial peritonitni antibakterial preparatlar bilan birgalikda kumush suvini qo‘llab, kasallikning asoratlanishi oldi olinishi isbotlangan;
ilk bor spontan bakterial peritonitni kompleks davolashda antibakterial preparatlar bilan “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchani birgalikda qo‘llash natijasida yallig‘lanish jarayonlarining tez pasayishi, intoksikatsiya belgilarining kamayishi, jigar funksiyasi ko‘rsatkich-larining yaxshilanishi aniqlangan;
olingan laboratoriya markerlari asosida jigar sirrozi bilan kasallangan spontan bakterial peritonitli bemorlarni davolash va profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Virus etiologiyali jigar sirrozida spontan bakterial peritonit bilan asoratlanishning birlamchi profilaktikasi va davosini takomillashtirish usuli” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 30 apreldagi 25-m/098-sonli xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor spontan bakterial peritonitli bemorlarda qon zardobidagi glutamatdekarboksilaza antitanacha (GAD), superoksid dismutaza (SOD), prokal`sitonin (PKT) va SRO ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali kasallikning erta tashxisotida va bashoratlashda ularning diagnostik ahamiyati asoslangan. Ijtimoiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarning xayot sifatini yaxshilash, asoratlar va o‘limni kamaytirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning statsionar sharoitda davolash uchun amaliy faoliyatga joriy etilishi virus etiologiyali jigar sirrozi SBP bilan asoratlanganda diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlash usulini qo‘llash xar bir bemorga nisbatan sarflangan mablag‘ning 360000 so‘mgacha tejash va davolash kunlarini 1 sutkaga qisqarishga imkon yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor virus etiologiyali jigar sirrozi bemorlarda spontan bakterial peritonitni antibakterial preparatlar bilan birgalikda kumush suvini qo‘llab, kasallikning asoratlanishi oldi olinishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asoratlar rivojlanishini va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi spontan bakterial peritonit bilan asoratlanganda diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlash usulini qo‘llash shifoxonalarda amaliyotiga joriy etilgan holda, har bir bemorga nisbatan sarflanadigan mablag‘ni 360000 so‘mgacha tejash va davolash muddatini bir sutkaga qisqarishga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor spontan bakterial peritonitni kompleks davolashda antibakterial preparatlar bilan “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchani birgalikda qo‘llash natijasida yallig‘lanish jarayonlarining tez pasayishi, intoksikatsiya belgilarining kamayishi, jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarning xayot sifatini yaxshilash, asoratlar va o‘limni kamaytirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi spontan bakterial peritonit bilan asoratlangan holatlarda diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlash yondashuvini joriy etish amaliyotida har bir bemor uchun moddiy mablag‘ tejalishiga hamda davolash muddatini bir sutkaga qisqarishga imkon yaratdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan laboratoriya markerlari asosida jigar sirrozi bilan kasallangan spontan bakterial peritonitli bemorlarni davolash va profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorlik: virus etiologiyali jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarning xayot sifatini yaxshilash, asoratlar va o‘limni kamaytirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning RShTYoIM Buxoro filiali va Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida amaliyotga joriy etilishi virus etiologiyali jigar sirrozi spontan bakterial peritonit bilan asoratlangan holatlarda diagnostika usulini optimallashtirish va individual prognozlash usulini qo‘llash xar bir bemorga nisbatan sarflangan mablag‘ning 360000 so‘mgacha tejash va tashxislash kunlarini bir kunga qisqarishga imkon yaratdi. Xulosa: virus etiologiyali jigar sirrozi bemorlarida spontan bakterial peritonitni erta aniqlash, ushbu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligiga hamda kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Buxoro filiali (09.06.2025 yildagi 206-son buyruq) va Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi (22.07.2025 yildagi 620/u-son buyruq) tadbiq etilgan.