Kodirova Minnura Algapparovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akantolitik pursildok yara rivojlanishining molekulyar-genetik mexanizmi va davolanishini takomillashshtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2257.
Ilmiy raxbar: Mavlyanova Shaxnoza Zokirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: endotelial disfunksiyasi va ksenobiotik fermenti genlari assotsiatsiyasi polimorfizmi variantlari asosida akantolitik pemfigusni rivojlanish xavfining molekulyar-genetik mezonlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akantolitik pemfigus kasalligi rivojlanish mexanizmida ksenobiotik fermentlari GSTP1 geni va endotelial tizimi FGB va PAI1 genlarining allelik variantlarining assotsiyalashgan polimorfizmi roli isbotlangan;
ksenobiotiklarning biotransformatsiyalanish fermentlarini (GSTP1) va endotelial tizimi (PAI1, FGB) genlarining mutant va geterozigotli genotiplarini bemorlar qonida tashishi IgG autotanachalarining  desmoglein 1 va 3 larga bo‘lgan ekspressiyasini 2,5 marotabaga ko‘payishiga ta’sir qilishi isbotlangan; 
akantolitik pemfigusli bemorlar qon zardobida desmoglein D-1 va D-3 autotanachalariga to‘g‘ridan –to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligini bildirgan S-reaktivli oqsil miqdorining 3,8 barobarga oshishi organizmda bakterial, zamburug‘li xamda virus etiologiyali ikkilamchi infeksiyasining rivojlanishining o‘tkir bosqichini bildirgan va ushbu ko‘rsatkichni  kasallikning diagnostik va prognostik mezoni ekanligi asoslangan; 
klinik va laborator tadqiqotlari natijasida  boyittirilgan trombotsitarlar massasini faollashgan kremniy “ASW-Fatiderm” suvi bilan bargalikda qo‘llash asosida bemorlarda tashqi muolajasining innovatsion usuli teri patologik o‘choqlarida akantolitik xo‘jayralarining sonini qisqa muddatda sezilarli kamayishiga va patologik jarayonining tiklashiga xamda  bemorlarning shifoxonada yotoq kunlarini qiqartirishga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbyot akantolitik pemfigusli bemorlarda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlari natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: akantolitik pemfigus kasalligi rivojlanish mexanizmida ksenobiotik fermentlari GSTP1 geni va endotelial tizimi FGB va PAI1 genlarining allelik variantlarining assotsiyalashgan polimorfizmi roli isbotlanganligi bo‘yicha “Akantolitik po‘rsildoq yaraning rivojlanishida molekulyar-genetik mexanizmlariva davolash usullarini takomillashtirish” nomli metodik tavsiyanoma ishla chiqilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabr` 02-10/9son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 5 oktyabrdagi 01-09/660 -sonli xati yuborilgan va olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya tibbiy markazi Xorazm viloyati filiali 08 fevral 2023 yil J\bl5-I4- sonli buyrug‘i va Surxandaryo filiali amaliyotida 06- fevral 2023 yil Ns9- T-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: akantolitik po‘rsildoq yarali bemorlar qonida ksenobiotik fermentlari GSTP1 geni va endotelial tizimi FGB va PAI1 genlarining allelik variantlarining assotsiyalashgan polimorfizmi aniqlash kasallikning og‘irlik darajasini erta tashxislaydi va steroidrezistentlik shakllarini rivojlanishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning og‘irlik darajasini tashxislashda sraf xarajalari o‘rta xisobda 1408950 sumni tashkil qiladi, bunda 48 nafar bemorlarda 12909600 sum ortiqcha sarf xarajalarni iqtisod qilishga imkon bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ksenobiotik fermentlari GSTP1 geni va endotelial tizimi (PAI1, FGB) genlarining mutant va geterozigotli genotiplarini bemorlar qonida tashishi IgG autotanachalarining  desmoglein 1 va 3 larga bo‘lgan ekspressiyasini 2,5 marotabaga ko‘payishi isbotlangan. Ushbu genlarning aniqlaishi kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash genetik mezonlari sifatida qayd qilingan va genetik tekshirish usullari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning Xorazm viloyati filiali 08 fevral 2023 yil J\bl5-I4- sonli buyrug‘i va Surxandaryo viloyati filiali amaliyotida 06- fevral 2023 yil Ns9- T-sonli buyrugi asosan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: akantolitik po‘rsildoq yarali bemorlarda molekulyar-genetik tekshirishlari orqali endotelial tizimi ksenobiotik fermentlari GSTP1 geni va FGB va PAI1 genlarining assotsialashgan polimorfizmini aniqlash asosida kasallikning og‘irlik darajasini erta tashxislaydi, asoratli shakllarini kamaytiradi va bemor xaet sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallikning og‘irlik darajasini tashxislashda sraf xarajalari o‘rta xisobda 1408950 sumni tashkil qiladi, bunda 48 nafar bemorlarda 12909600 sum ortiqcha sarf xarajalarni iqtisod qilishga imkon bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: akantolitik pemfigusli bemorlar qon zardobida desmoglein D-1 va D-3 autotanachalariga to‘g‘ridan –to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligini bildirgan S-reaktivli oqsil miqdorining 3,8 barobarga oshishi organizmda bakterial, zamburug‘li xamda virus etiologiyali ikkilamchi infeksiyasining rivojlanishining o‘tkir bosqichini bildirgan va ushbu ko‘rsatkichni  kasallikning diagnostik va prognostik mezoni ekanligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning Xorazm viloyati filiali 08 fevral 2023 yil J\bl5-I4- sonli buyrugi va Surxandaryo viloyati filalida 06 fevral 2023 yil Ns9- T-sonli buyrugi asosida tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan immunologik tekshirish usuli tashxislashning samarasini va asoratlanishni bashoratlashda xamda davolash sifatini oshiradi. Bemorlarda infeksion asoratlanishni tashxislashning sraf xarajalari o‘rta xisobda 2063900 sumni tashkil qiladi, bunda 48 nafar bemorlarda 51864000 sum ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga imkon bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik va laborator tadqiqotlari natijasida  boyittirilgan trombotsitarlar massasini faollashgan kremniy “ASW – fatiderm” suvi bilan bargalikda qo‘llash asosida bemorlarda tashqi muolajasining innovatsion usuli ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning Xorazm viloyati filiali 08 fevral 2023 yil J\bl5-I4- sonli buyrugi va Surxandaryo viloyatifilalida 06- fevral 2023 yil Ns9- T-sonli buyrugi asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan innovatsion usul akantolitik pemfigus kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda teri patologik o‘choqlarida akantolitik xo‘jayralarining sonini qisqa muddatda sezilarli kamayishiga va patologik jarayonining tiklashiga xamda  bemorlarning shifoxonada yotoq kunlarini qisqartirishga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: sirtqidan berilgan innovatsion usul terapiyaning samarasini oshishiga, topik kortikosteroid preparatlarining qo‘llanish sonini kamaytirishga olib kelgan. Statsionar sharoitida sirtqidan davolanish usuli o‘rtacha xisobda 1250000 so‘mni tashkil qiladi, 48 nafar bemorlarda 41064000 sum ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga imkon bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish