Xurramov Jonibek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish amaliyotini takomillashtirish (nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5099
Ilmiy rahbar: Alimardonov Ilhom Muzrabshoxovich., iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Gadoev So‘xrobjon Jumaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish amaliyotini takomillashtirish (nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari misolida)ga tegishli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim xarajatlari, daromadlari va investisiyaviy faoliyatini uzoq, o‘rta va qisqa muddatli maqsadlarga mos ravishda taqsimlash, strategik qarorlari qabul qilishni ta’minlovchi innovatsion boshqaruv funksiyasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida doimiy xarajatlarni ta’lim standartlari va lisenziya talablari doirasida talabalar kontingentiga mutanosib ravishda prognozlash hamda operatsion leverej ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish uslubiyotini joriy etish orqali xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi nisbatni 0,85-0,9 darajasida aniqlash imkoni asoslangan;
oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirishda oliy ta’lim muassasalarining resurs salohiyatini tavsiflovchi miqdoriy (talabaga to‘g‘ri keluvchi professor-o‘qituvchilar ulushi) va nisbiy (bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi bitiruvchilarning mehnat bozoridagi joylashish koeffisienti) me’yorlari orqali davlat buyurtmasi mosligini 80-85%gacha oshirish asoslangan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga ta’sir etuvchi omillar  o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish amaliyotini takomillashtirish (nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari misolida) masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ta’lim xarajatlari, daromadlari va investisiyaviy faoliyatini uzoq, o‘rta va qisqa muddatli maqsadlarga mos ravishda taqsimlash, strategik qarorlari qabul qilishni ta’minlovchi innovatsion boshqaruv funksiyasi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalari oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiyalardan iborat bo‘lib, ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 29 yanvaridagi 49-son “Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori bilan amalga kiritilgan Nizomning 2-bobi 5-bandi 5-xatboshisida o‘z aksini topgan, ya’ni unga ko‘ra talab etiladigan quvvatlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va moddiy-texnik bazasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tasnifini davlat buyurtmalarini shakllantirish uchun yaratilgan maxsus elektron platformada kiritilishi borasidagi takliflar asosida amaliy jihatdan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-maydagi 03/03-1306-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda innovatsion boshqaruv funksiyasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida doimiy xarajatlarni ta’lim standartlari va lisenziya talablari doirasida talabalar kontingentiga mutanosib ravishda prognozlash hamda operatsion leverej ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish uslubiyotini joriy etish orqali xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi nisbatni 0,85-0,9 darajasida aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-81-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmonining 3-bandi v-kichik bandida belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-maydagi 03/03-1306-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida prognozlash hamda operatsion leverej ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish uslubiyotining aniqlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirishda oliy ta’lim muassasalarining resurs salohiyatini tavsiflovchi miqdoriy (talabaga to‘g‘ri keluvchi professor-o‘qituvchilar ulushi) va nisbiy (bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi bitiruvchilarning mehnat bozoridagi joylashish koeffisienti) me’yorlari orqali davlat buyurtmasi mosligini 80-85%gacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-81-son “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmonining 1-bandi a-kichik bandi 5-xatboshisida belgilangan talablar bilan uyg‘un holda ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-maydagi 03/03-1306-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirishda miqdoriy va nisbiy me’yorlari orqali davlat buyurtmasi mosligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish amaliyotiga ta’sir etuvchi omillar  o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha lisenziya talablari asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-maydagi 03/03-1306-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirishning istiqboldagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish