Xojiev Tunis Nurkosimovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy rivojlanish zamonaviy konsepsiyalarining transformatsiyasi” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal182.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat – falsafa fanlari doktori, professor. Karimov Baxtiyor Raxmonovich – falsafa fanlari doktori, professor. Yuldasheva Farida Xujamkulovna – falsafa fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ijtimoiy rivojlanish konsepsiyalari transformatsiyasini tarixiy-falsafiy, modernizatsion va postmodernizatsion paradigmalari metodologiyasi komparativistik tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy rivojlanish fenomenini tadqiq etishga qaratilgan metodologik konsepsiyalarni o‘zgarishlarning miqdoriy ko‘payishiga urg‘u beruvchi kumulyativ nazariyalar, o‘zgarishning sifatiy jihatlariga diqqat qaratgan holda uni bosqichli tarzda tavsiflovchi stadial, ijtimoiy tizimdagi ichki o‘zgarishlarni rivojlanish sifatida baholovchi tuzilmaviy nazariyalarga tasniflash mumkinligi ilmiy asoslangan;
Mustaqil O‘zbekiston modernizatsiyasi jarayonining uchinchi bosqichi hamda uning ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi ilmiy nazariy asoslanganlik, qisqa muddatga mo‘ljallanganlik, aniq sohalar yoki aniq hududlarni modernizatsiyalashga yo‘naltirilganlik, tor ixtisoslashgan qo‘shimcha dasturlarni tatbiq qilish, islohotlar natijalarini tadqiq etish va muvofiqlashtirish muassasalarining mavjudligi kabi xususiyatlariga ko‘ra o‘ziga xoslik kasb etishi ochib berilgan;
O‘zbekiston strategik taraqqiyot modeliga xos modernizatsion tamoyilning “davlat-jamiyat-inson” ko‘rinishdan “inson-jamiyat-davlat” shaklga o‘zgarishi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasidagi sotsiotsentrik mo‘ljallarning personalistik mo‘ljallarga transformatsiyasini yuzaga keltirganligi isbotlangan;
Evropa ta’limi va tillarini bilish, G‘arb madaniyatidan xabardorlik hamda chet elliklar bilan muloqot qila olish shu jumladan, mahalliy aholi uchun ochiq bo‘lgan lavozimlarda mustamlaka boshqaruv tizimida xizmat qilish kabilar yuzaki yoki kolanial davr modernizatsiyasining tavsifiy belgilari sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
Xalq bilan muloqot, hukumatni habardor qilish, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar sintezi, milliy diniy elementlarni sinkretlovchi islohotlar mafkurasining mavjudligi kabi jihatlar Sharqona ijtimoiy rivojlanish konsepsiyalarining vesternizatsion nazariyalardan farqlovchi xususiyati ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy rivojlanish zamonaviy konsepsiyalarining transformatsiyasi mavzusini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ijtimoiy rivojlanish fenomenini tadqiq etishga qaratilgan metodologik konsepsiyalarni o‘zgarishlarning miqdoriy ko‘payishiga urg‘u beruvchi kumulyativ nazariyalar, o‘zgarishning sifatiy jihatlariga diqqat qaratgan holda uni bosqichli tarzda tavsiflovchi stadial, ijtimoiy tizimdagi ichki o‘zgarishlarni rivojlanish sifatida baholovchi tuzilmaviy nazariyalarga tasniflash mumkinligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-2025 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining IX-bobi ya’ni, “Qonun ustuvorligi, ijtimoiy tenglik va inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolar hamjihatligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash” bobining 13-qadamida belgilangan partiyaning ochiq, shaffof, xalqchil va demokratik davlat boshqaruvi tizimini joriy etish yo‘nalishida belgilangan vazifalarga mos keladi. Dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimidagi faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-yil 28-maydagi 02-02-42 - son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
mustaqil O‘zbekiston modernizatsiyasi jarayonining uchinchi bosqichi hamda uning ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi ilmiy nazariy asoslanganlik, qisqa muddatga mo‘ljallanganlik, aniq sohalar yoki aniq hududlarni modernizatsiyalashga yo‘naltirilganlik, tor ixtisoslashgan qo‘shimcha dasturlarni tadbiq qilish, islohotlar natijalarini tadqiq etish va muvofiqlashtirish muassasalarining mavjudligi kabi xususiyatlariga ko‘ra o‘ziga xoslik kasb etishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining sohaga oid hukumat qaror, farmon va farmoyishlarining ijrosiga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda mazkur dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 2-maydagi 05-16-21-2326 - son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston strategik taraqqiyot modeliga xos modernizatsion tamoyilning “davlat-jamiyat-inson” ko‘rinishdan “inson-jamiyat-davlat” shaklga o‘zgarishi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasidagi sotsiotsentrik mo‘ljallarning personalistik mo‘ljallarga transformatsiyasini yuzaga keltirganligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining V. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan jamiyat barpo etish bobi, 5.1. Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish yo‘nalishida keltirilgan vazifalarga mos keladi. Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi va takliflardan partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quvlarda va mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 14-maydagi 02-02-42 - son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
Evropa ta’limi va tillarini bilish, G‘arb madaniyatidan xabardorlik hamda chet elliklar bilan muloqot qila olish shu jumladan, mahalliy aholi uchun ochiq bo‘lgan lavozimlarda mustamlaka boshqaruv tizimida xizmat qilish kabilar yuzaki yoki kolanial davr modernizatsiyasining tavsifiy belgilari sifatida namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi xulosalar va dissertatsiyadagi boshqa bir qancha amaliy takliflardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining Ijtimoiy tarmoqlarni tadqiq etishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarida foydalanilgan. (Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 15-maydagi 1-16-101 - son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
xalq bilan muloqot, hukumatni habardor qilish, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar sintezi, milliy diniy elementlarni sinkretlovchi islohotlar mafkurasining mavjudligi kabi jihatlar Sharqona ijtimoiy rivojlanish konsepsiyalarining vesternizatsion nazariyalardan farqlovchi xususiyati ekanligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi DM tarkibidagi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Munosabat”, ko‘rsatuvi hamda “Millat va ma’naviyat”, “Jahon adabyoti” dasturlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 15-maydagi 05-09-671 - son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar ko‘rsatuv ssenariysining metodologik jihatdan takomillashishi hamda fuqarolarning dezinformatsiya va yolg‘on xabar manipulyativ effektlariga qarshi kurash haqidagi tasavvurlari kengayishiga xizmat qildi.