Sarimsakova Shoira Ulug‘bek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi)”; 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4696
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Abduazizova Durdona Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishidagi o‘xshash hamda farqli xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
madaniyat, muloqot va madaniyatlararo muloqot kontekstida xushmuomalalik tushunchasining ijtimoiy muvozanat va o‘zaro hurmat, tamoyillari, madaniyatlararo muloqot jarayonida kommunikativ uyg‘unlik va tushunishni kuchaytirish hamda shaxsning madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish kabi ijtimoiy ahamiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalikni ifodalovchi asosiy verbal vositalar modal konstruksiyalar, iltimos, uzr so‘rash, minnatdorchilik, taklif bildirish, maqtov-ijobiy baho berish, umumlashtiruvchi olmoshlar, yumshatuvchi vositalar, bilvosita ifodalar va murojaat shakllari kabi nutqiy aktlardagi xushmuomalalik birliklari ingliz va o‘zbek tillari misolida aniqlangan va kommunikativ maqsadga ko‘ra xushmuomalalikni ifodalash darajasidagi farqlar dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalikni ifodalovchi noverbal vositalarning milliy-madaniy xususiyatlari o‘rganilgan, va bu vositalarning nutqiy muloqotdagi funksiyalariga ko‘ra ta’kidlovchi, to‘ldiruvchi, ramziy, boshqaruvchi va hissiy turlarga ajratilgan;
ingliz va o‘zbek madaniyati kontekstida verbal va noverbal xushmuomalalik vositalarining o‘xshash jihatlari sifatida ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash, hurmat, e’tibor va mulozamatni ifodalashga qaratilgan umumiy kommunikativ maqsad aniqlangan, farqli jihatlar esa ularning ifodalanish darajasi va strategiyasida namoyon bo‘lib, ingliz tilida bilvosita, yumshoq va shaxsiy erkinlikni ta’minlovchi shakllar ustuvorligi, o‘zbek tilida ijtimoiy maqom, hurmat va yaqinlikka urg‘u beruvchi vositalar ustuvorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining verbal va noverbal vositalar orqali ifodalanishi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
ingliz va o‘zbek madaniyati kontekstida verbal va noverbal xushmuomalalik vositalarining o‘xshash va farqli jihatlari chog‘ishtirilib, ularning ifodalanish darajasi va strategiyasidagi farqlar madaniyatlararo muloqot samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi, noto‘g‘ri xushmuomalalik ifodalari esa tushunmovchilik va muloqotdagi to‘siqlarga olib kelishi aniqlanganligi borasidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” xalqaro grant loyihasida dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 24-iyundagi 04/2737-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda lingvistik pragmatika, madaniyatlararo muloqot hamda verbal va noverbal kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga oid maxsus amaliy ko‘nikmalar samarali shakllantirilgan hamda ularning muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
madaniyat, muloqot va madaniyatlararo muloqot kontekstida xushmuomalalik tushunchasining nazariy asoslari va uning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida A-OT-2021-419 raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 17-sentyabrdagi 04/11-17935-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning turli kommunikativ vaziyatlarda xushmuomalalikning verbal va noverbal vositalarini madaniyatlararo muloqot me’yorlariga muvofiq qo‘llash, o‘z ustida ishlash jarayonida ushbu vositalarni chuqur o‘rganish va amaliyotda joriy etish ko‘nikmalari samarali shakllantirilgan va mazkur natijalar pedagogik faoliyatda foydalanish uchun muhim amaliy manba sifatida xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalikni ifodalovchi verbal vositalarning kommunikativ maqsadlarga ko‘ra klassifikatsiyasi hamda noverbal vositalarning nutqiy jarayondagi funksiyalari bo‘yicha tadqiqot natijalaridan olingan xulosalar Xorazm viloyati teleradiokanali ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvlar ssenariylarida 2025-yil sentyabr oyida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 717-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ssenariylarida xushmuomalalik kategoriyasini zamonaviy muloqot jarayonida to‘g‘ri aks ettirish, verbal va noverbal vositalardan kontekstga mos foydalanish imkoniyati yaratildi, nutq madaniyati va milliy qadriyatlarning uyg‘un holda ifodalanishi ta’minlandi hamda muloqot uslublarini takomillashtirish va zamonaviy nutq madaniyatini keng ommaga aniq etkazish borasida tizimli yondashuv shakllantirildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish