Pakirdinova Sharofat Abdumutaljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning Blended learning texnologiyasi asosida kasbiy kompetensiyasini metodik takomillashtirish (ingliz tilini o‘qitish misolda) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3547.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna pedagogika fanlari doktori, professor; Xasanova Gulsanam Xusanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini blended learning texnologiyasi asosida rivojlantirish va metodik jihatdan takomillashtirishga oid nazariy va amaliy asoslarni ishlab chiqish, ularni pedagogik jarayonga samarali joriy etish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xorijy til va adabiyoti ( ingliz tili) yo‘nalishi talabalarining o‘quv bilish faoliyati blended learning texnologiyasi asosida modifikatsiya qilinib o‘quv modullarining malaka talablariga asoslangan kompetensiyaviy yondoshuvlarning transformatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ, texnologik, reflektiv va innovatsion kompetensiyalari o‘quv modullarini interfaol ta’lim metodlari bilan kardinatsiyalash asosida takomillashtirlgan;
blended learning texnologiyasi asosida xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabalarining til bilish ko‘nikmalari CEFR talablari darajasiga muvofiqligi faktorli tahlil qilinib, kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirishda zamonaviy bilimlar intensivligi hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol metodlarni mutaxassilik fanlari bilan integratsiyallash asosida takomillashtirlgan;
xorijy til va adabiyoti ( ingliz tili) yo‘nalishi talabalarida blended learning texnologiyasi asosida o‘qitishning faktorli tahlili, ingliz tilini o‘qitishning integratsion jarayonlarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirshga doir belgilangan ko‘rsatkichlaridan foydalanish konsepsiyasiga asoslangan takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: bo‘lajak o‘qituvchilarni blended learning texnologiyasi asosida kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish metodikasiga doir tahliliy natijalari asosida:
xorijy til va adabiyoti ( ingliz tili) yo‘nalishi talabalarining o‘quv bilish faoliyati blended learning texnologiyasi asosida modifikatsiya qilinib o‘quv modullarining malaka talablariga asoslangan kompetensiyaviy yondoshuvlarning transformatsiyasini takomillashtirishga doir takliflari “Methodology of teaching English to adult learners” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirib, kommunikativ kompetensiya, metodik yondashuvni qo‘llash, raqamli vositalardan foydalanish va mustaqil ta’limni tashkil etish kabi amaliy malakalarini shakllantirish jarayoni osonlashgan;
blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ, texnologik, reflektiv va innovatsion kompetensiyalari o‘quv modullarini interfaol ta’lim metodlari bilan kardinatsiyalashga doir takliflari “Methodology of teaching English to adult learners” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning metodik bilimlari, reflektiv fikrlash qobiliyatlari va mustaqil ishlash ko‘nikmalari samarali takomillashtirildi;
blended learning texnologiyasi asosida xorijy til va adabiyoti ( ingliz tili) yo‘nalishi talabalarining til bilish ko‘nikmalari CEFR talablari darajasiga muvofiqligi faktorli tahlil qilinib, kasbiy layoqatlari, amaliy kasbiy bilimlarini aniqlashtirishda zamonaviy bilimlar intensivligi hisobga olish, kombinatsiyalash hamda interfaol metodlarni mutaxassilik fanlari bilan integratsiyallashga doir takliflari “Methodology of teaching English to adult learners” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalarning til bilish ko‘nikmalari faktorli tahlil qilinib, kasbiy bilimlarini aniqlashtirish ko‘nikmalri asoslandi;
zamonaviy ta’limda yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, aniq metodik yondashuv, kommunikativ, raqamli va reflektiv kompetensiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar tahlili, ularga ilmiy jihatdan asoslangan echim va takliflar, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qitishning individuallashtirilgan, faol va samarali modelini yaratish imkoniyatlarini asoslab berishga. qaratilgan, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiyokompaniyasining, 2025-yil, 25-iyundagi,05-09-1235-son dalolatnomasi). Natijada chet tili o‘qituvchillarning blended learning texnologiyasi asosida kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish jarayonining smarali taraflarini bilish imkoniyatlari kengaygan.