Mengnarov Shuxrat Soatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qayta ishlangan tolalar asosida olingan gazlamalarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash va bashoratlash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01- “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4469.
Ilmiy rahbar: Ochilov To‘lqin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Gafurova Nigora Tuymurodovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta ishlangan tolalar asosida olingan gazlamalarning sifatini baholash va shakl saqlash xususiyatini bashoratlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasi va tikuvchilik sanoatida chiqadigan ikkilamchi material resurslari aralashmasidan foydalangan holda olingan gazlamalarning yarim davrli cho‘zilish deformatsiyasidagi uzilish natijalariga bog‘liqligini ifodalovchi bikrligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
gazlamalarning bir davrli cho‘zilish deformatsiyasidagi qayishqoqlik va elastik deformatsiyalarining ortishi, plastik deformatsiyasining kamayishi hisobiga shakl saqlash xususiyati bashoratlangan;
gazlamalarning bo‘ylama qayishqoqligining boshlang‘ich moduli ko‘ndalang kesim yuzasini hisobga olgan holda aniqlangan;
gazlamalarning havo o‘tkazuvchanligi va ishqalanishga chidamliligining o‘zaro bog‘liqligi kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan regression modellar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qayta ishlangan tolalardan sifatli gazlama olish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tikuvchilik sanoatida chiqadigan qayta ishlangan tolalardan piltalash mashinasida pilta olish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi bir qator korxonalarda, jumladan, “CHACH TEX” MChJ (Toshkent viloyati) korxonasida amaliyotga joriy etildi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 22 maydagi 03/25-1096-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida olingan gazlamalarning sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant asosida qayta ishlangan tolalar asosida olinadigan gazlamaning uzilish kuchi 7-9,6%ga yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan tikuvchilik sanoatida chiqadigan ikkilamchi xomashyo resurslarini qayta ishlab, undan gazlama olish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, Buxoro shahridagi “OYGUL PLYUS” MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 22 maydagi 03/25-1096-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida olingan gazlamalarning sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant asosida qayta ishlangan tolalar aralashmasidan olinadigan gazlamalarning sifat ko‘rsatkichlari 17-22% ga imkoniyati yaratilgan.