Qoraboev Baxrom Yuldosh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ip tarangligini muqobillashtirish hisobiga trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 PhD/T4916.
Ilmiy rahbar: Yunusov Kamoliddin Zununovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Abdurashid Otaxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ip tarangligini muqobillashtirish hisobiga trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori tekislikka ega bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ipning egish chuqurligi ko‘rsatgichlari yaratilgan yangi qurilmadan foydalanib har xil to‘qimalar uchun aniqlangan;
halqa ipi uzunliklari barqarorlashtirilgan trikotaj to‘qimasini olish texnalogiyasi ip tarangligini aniqlovchi yangi qurilmani to‘quv dastgohiga o‘rnatish asosida takomillashtirilgan;
trikotaj to‘qimalarini olishda egish chuqurligi qiymatlarini o‘zgartirish asosida texnologik ko‘rsatgichlar va fizik-mexanik xususiyatlarini boshqarish usullari ishlab chiqilgan;
trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etish omillari ratsional qiymatlari ip berishda uning tarangligini muqobillashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aylana ignadonli trikotaj mashinalarida ip tarangligini aniqlovchi qurilma yordamida trikotaj to‘qima halqalar ipi uzunligini bir xil ta’minlab, halqalar notekisligini kamaytirish natijasida:
halqa ipi uzunliklari barqarorlashtirilgan trikotaj to‘qimasini olish takomillashtirilgan texnalogiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarufidagi Toshkent shahar «KNITTING ART» MChJ va Surxondaryo viloyati «QUMTEX INVEST» MChJ korxonalarida joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 31-iyundagi № 04/25-1871 son ma’lumotnomasi). Aylana ignadonli trikotaj mashinalarida ip tarangligini aniqlovchi yangi qurilma joriy qilinishi natijasida olingan to‘qimalar sifati oshirilib to‘qimalarda nuqson kelib chiqishi 2,7 barobarga va xomashyo sarfi 5,4 % ga kamaytirishga erishilgan.