Axmadjonov Akmaljon Pulatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirishning ijtimoiy-ma’naviy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1419
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Xaydaraliev Shuxrat Abdulazizovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirishning ijtimoiy va ma’naviy omillarini ochib berishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirish, inson-jamiyat-davlat paradigmasida milliy birdamlikni belgilovchi indikator bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-madaniy qadriyatlar strukturasida o‘zlikni anglashning passeistik, futuristik xususiyatlarini oldini olishi falsafiy asoslangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy ongni takomillashtirish dinamikasi ijtimoiy makonda tarkib topuvchi sintetik (tarixiy tavsif va nazariy konstruksiyalarni ishlab chiqish) va sinkretik (tarixiy voqelikni obrazli tasvirlash) tarixiy tafakkur, jamiyat ideosferasining o‘zaro tenglik vektorida uyg‘unlashishiga olib kelib, yoshlarda analitik tarixiy tafakkurni rivojlantirishi qiyosiy ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda informatsion texnologiyalarning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligi, jamiyat tarixiy xotirasida tarixiy ongning konstruktiv faoliyatiga bog‘liqligi sababli, jamiyatda madaniy sotsial kataklizmlarni oqilona hal etishi orqali shaxs va jamiyat o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizm ekanligi aniqlangan;
globallashuv sharoitida tarixiy ongdagi transoformatsiya jarayonlari, jamiyatda madaniy universallashuv tendensiyalarini keltirib chiqarib, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik birligini ta’minlash, jamiyatda potensial ijtimoiy (konfliktogen vaziyat, sotsial kataklizm kabi) xavflarni oldini oluvchi ratsional ko‘rsatkichlar (birdamlik, tenglik, erkinlik) birligi ekanligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirishning ijtimoiy-ma’naviy omillari asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirish, inson-jamiyat-davlat paradigmasida milliy birdamlikni belgilovchi indikator bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-madaniy qadriyatlar strukturasida o‘zlikni anglashning passeistik, futuristik xususiyatlarini oldini olishiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston teleradiokanalining 2024-yil noyabr-dekabr oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etish hamda dastur senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi” DM 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-106-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy-madaniy qadriyatlar strukturasida o‘zlikni anglashning passeistik, futuristik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida tarixiy ongni takomillashtirish dinamikasining ijtimoiy makonda tarkib topuvchi sintetik (tarixiy tavsif va nazariy konstruksiyalarni ishlab chiqish) va sinkretik (tarixiy voqelikni obrazli tasvirlash) tarixiy tafakkurni oldini olishi va jamiyat ideosferasining o‘zaro tenglik vektorida uyg‘unlashishiga doir ilmiy xulosalaridan Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 12-son Qarori hamda 2024-yil 30-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida xizmat ko‘rsatayotgan profilaktika inspektorlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 750-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2025-yil 3-fevraldagi 26/405-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda analitik tarixiy tafakkurni rivojlantirish shaxs va jamiyat o‘rtasidagi irratsional munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda informatsion texnologiyalarning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligi, jamiyat tarixiy xotirasida tarixiy ongning konstruktiv faoliyatiga bog‘liqligi, jamiyatda madaniy sotsial kataklizmlarni oqilona hal etishga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-fevraldagi 2-13-21-625-son ma’lumotnomasi). Natijada Yoshlar ishlar agentligi faoliyatida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning tarixiy ongini rivojlantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash hamda jamiyat ijtimoiy-madaniy qadriyatlar strukturasiga ijobiy ta’sirini asoslashga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida tarixiy ongdagi transoformatsiya jarayonlari, jamiyatda madaniy universallashuv tendensiyalarini keltirib chiqarib, avlodlararo vorisiylikni belgilashda anʼanaviylik va zamonaviylikning dixotomik birligini ta’minlashga doir ilmiy xulosa va takliflaridan Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 12-son Qarori hamda 2024-yil 30-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida xizmat ko‘rsatayotgan profilaktika inspektorlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 750-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati  2025-yil 3-fevraldagi 26/405-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson va jamiyat ekzistensiyasining jamiyatda potensial ijtimoiy (konfliktogen ijtimoiy vaziyat, sotsial kataklizm kabi) xavflarni oqilona hal etish, jamiyat birdamligini ta’minlovchi demokratik qadriyatlar mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish