Kurbanova Dildora Abduraxmanovnaning 
 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, “Oziq-ovqat sanoatida don mahsulotlari tarmog‘i barqarorligi va samaradorligini optimallashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt3407
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Muxitdinova Kamola Alisherovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: akademik, i.f.d., professor Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, i.f.d., professor Samatov Gaffor Allakulovich, i.f.d., professor Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoatida don mahsulotlari tarmog‘i barqarorligi va samaradorligini optimallashtirishning tashkiliy-iqtisodiy metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoat korxonalari moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini baholashning taklif qilingan “KMB-scoring” kompleks, tizimli va obektiv yondashuvi doirasi-da faoliyatni uch yo‘nalish (moliyaviy natijalar - 60 ball, aktivlar holati - 40 ball va kapital tarkibi - 40 ball) asosida 140 ballik tizim bo‘yicha natijalarni “a’lo” (80-100%), “barqaror” (60-80%), “qoniqarli” (40-60%) va “qoniqarsiz” (40% dan past) darajalari bo‘yicha baholash va darajalar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sanoat korxonalari barqarorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha KOREM (Kompleks Optimallashtirilgan Rivojlanish va Effektiv Metodologiyasi) metodologiyasi oziq-ovqat sanoatiida don mahsulotlari tarmog‘ining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, jumladan markaziy boshqaruv organi orqali o‘zaro bog‘lanish asosida barqarorlik va samaradorlikni kompleks tashkil etishga ko‘ra takomillashtirilgan;
don mahsulotlari tarmog‘i xususiyatlarini e’tiborga olgan holda BOTIN (Barqarorlikni Optimallashtirilgan Ta’minlash va INtegratsiyalash) mexanizmining iqtisodiy samaradorligini barqarorlikning diagnostika, optimizatsiya va monitoring bosqichlari uchun moliyaviy-iqtisodiy holatni “alohida – umumlashtirish” asosida baholashga ko‘ra oshirish asoslangan; 
oziq-ovqat sanoatda don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari raqobat-bardoshliligini raqamli transformatsiya, vertikal integratsiya va klaster yondashuviga ko‘ra oshirishga qaratilgan texnologik modernizatsiya va resurslardan optimal foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha “GRAINSTAB-12” strategiyasining iqtisodiy samaradorligi asoslangan; 
oziq-ovqat sanoatida don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari sof foydasiga ta’sir etuvchi omillarning elastiklik koeffisientlari va ko‘p omilli yondashuvga ko‘ra 2025-2030 yillar bo‘yicha sof foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha prognoz intervallari ishonchlilik chegaralari (pastki chegara; yuqori chegara)ning prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oziq-ovqat sanoatida don mahsulotlari tarmog‘i barqarorligi va samaradorligining tashkiliy-iqtisodiy metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoat korxonalari moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini baholashning taklif qilingan “KMB-scoring” yondashuvi doirasida faoliyatni uch yo‘nalish (moliyaviy natijalar - 60 ball, aktivlar holati - 40 ball va kapital tarkibi - 40 ball) asosida 140 ballik tizim bo‘yicha natijalarni “a’lo” (80-100%), “barqaror” (60-80%), “qoniqarli” (40-60%) va “qoniqarsiz” (40% dan past) darajalari bo‘yicha baholash va darajalar bo‘yicha muvofiqlashtirilgan rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkentdonmahsulotlari” AJ 2025-yil 22-maydagi 1/110-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichini 68 balldan 82 ballgacha yaxshilanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonalari barqarorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha KOREM (Kompleks Optimallashtirilgan Rivojlanish va Effektiv Metodologiyasi) metodologiyasi oziq-ovqat sanoatiida don mahsulotlari tarmog‘ining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, jumladan markaziy boshqaruv organi orqali o‘zaro bog‘lanish asosida barqarorlik va samaradorlikni kompleks tashkil etishga ko‘ra takomillashtirish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” AJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkentdonmahsulotlari” AJ 2025-yil 22-maydagi 1/110-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ishlab chiqarish xarajatlarini 6 foizga kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
don mahsulotlari tarmog‘i xususiyatlarini e’tiborga olgan holda BOTIN (Barqarorlikni Optimallashtirilgan Ta’minlash va INtegratsiyalash) mexanizmining iqtisodiy samaradorligini barqarorlikning diagnostika, optimizatsiya va monitoring bosqichlari uchun moliyaviy-iqtisodiy holatni “alohida – umumlashtirish” asosida baholashga ko‘ra oshirish taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Toshkentdonmahsulotlari” AJ 2025-yil 22-maydagi 1/110-sonli ma’lumotnomasi). Taklif korxonaning umumiy resurs sarfini 10 foizga kamaytirish, yillik sof foyda hajmini 7 foizga oshirish, xomashyo ta’minoti uzlyuksizligini 10 foizga yaxshilash, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini 6 foizga yaxshilash hamda korxonaning umumiy barqarorlik darajasini 8 foizga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoatda don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari raqobatbardoshliligini raqamli transformatsiya, vertikal integratsiya va klaster yondashuviga ko‘ra oshirishga qaratilgan texnologik modernizatsiya va resurslardan optimal foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha “GRAINSTAB-12” strategiyasining iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha taklif “Toshkentdonmahsulotlari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“Toshkentdonmahsulotlari” AJ 2025-yil 22-maydagi 1/110-sonli ma’lumotnomasi). Taklif don mahsulotlarini ishlab chiqarish rentabelligini 12 foizga oshirish va energiya xarajatlarini 15 foizga qisqartirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoatida don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari sof foydasiga ta’sir etuvchi omillarning elastiklik koeffisientlari va ko‘p omilli yondashuvga ko‘ra 2025-2030 yillar bo‘yicha sof foyda ko‘rsatkichi bo‘yicha prognoz intervallari ishonchlilik chegaralari (pastki chegara; yuqori chegara)ning prognoz ko‘rsatkichlari taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” AJning 2030 yilgacha mo‘ljallangan investision dasturini shakllantirishda foydalanilgan (“Toshkentdonmahsulotlari” AJ 2025-yil 22-maydagi 1/110-sonli ma’lumotnomasi). Taklif istiqbol maqsadlarga erishishda korxonaning investision imkoniyatlaridan samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish