Mahmudov Bekzod Hojixonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy dunyoda urushlarning ekologik barqaror taraqqiyotga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/F1231
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich Falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Omonov Boxodir Nurullaevich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy dunyoda urushlarning ekologik barqaror taraqqiyot, atrof-muhit va global ekosistemaga ko‘rsatayotgan ta'sirining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy mojarolarning ekologik oqibatlarini bartaraf etishning institusional mexanizmlari va harbiy harakatlar natijasida yuzaga keladigan ekologik inqirozlarning oldini olishda xalqaro tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlarini (preventiv ekologik diplomatiya, ko‘p darajali ekologik monitoring va qurolli mojaro zonalarida ekologik reabilitatsiya mexanizmi) ochib berish orqali zamonaviy hamkorlik konsepsiyasi nazariy jihatdan asoslangan.
urushlar davrida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning xalqaro tajribasini umumlashtirish natijasida harbiy harakatlardan zararlangan ekotizimlarni tiklashning innovatsion usullari (sun’iy ekotizim yaratish usullari, nanotexnologik tuproq tiklash metodlari va raqamli ekologik xaritalash usullari) ijtimoiy-ekologik munosabatlar nuqtai nazaridan ochib berilgan.
ekotsid hodisasining tarixiy-falsafiy mohiyati, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari kompleks tahlil qilinib, fuqarolik jamiyati
va davlat institutlari o‘rtasidagi munosabatlarda ekotsid hodisasining oldini olishga qaratilgan konseptual yondashuvlar (ijtimoiy-ekologik mas’uliyat, preventiv huquqiy himoya va ko‘p sub’ektli boshqaruv yondashuvi) dalillangan.
axborotlashgan jamiyatda texnologik determinizm va gumanistik qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi falsafiy konsepsiya asosida raqamli texnologiyalardan (sun’iy yo‘ldosh va masofadan zondlash tizimlari) foydalanish metodologiyasini takomillashtirish orqali harbiy harakatlarning ekologik tizimlarga ta’sirini kompleks monitoring qilish va baholashdagi zamonaviy texnologik vositalarini qo‘llashning xalqaro-huquqiy mexanizmlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun choratadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish
va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan.
urushlar davrida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning xalqaro tajribasini umumlashtirish natijasida harbiy harakatlardan zararlangan ekotizimlarni tiklashning innovatsion - biotexnologik, nanotexnologik va bioinjeneriya usullari ekologik reabilitatsiya jarayonining samaradorligini oshirishi ko‘rsatilib, ekologik ziyonni minimallashtirishning preventiv chora-tadbirlari tizimi zarurati ilmiy asoslangan;
raqamli texnologiyalar, sun’iy yo‘ldosh va masofadan zondlash tizimlaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish orqali harbiy harakatlarning ekologik tizimlarga ta’sirini kompleks monitoring qilish va baholashdagi zamonaviy texnologik vositalarini qo‘llashning xalqaro-huquqiy mexanizmlarini yaratish zarurati ochib berilgan. Xususan 2023-2024-yillar mobaynida ushbu ilgari surilgan takliflar, tavsiylarga asoslanib targ‘ibot ishlarini olib borishda keng foydalanildi. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 24-dekabrdagi 10/234-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar zamonaviy dunyoda urushlarning ekologik barqaror taraqqiyotga ta’sirini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
harbiy mojarolarning ekologik oqibatlarini bartaraf etishning institusional mexanizmlari, harbiy harakatlar natijasida yuzaga keladigan ekologik inqirozlarning oldini olishda xalqaro hamkorlik global ekologik xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishning samarali mexanizmi ekanligi dalillangan. Ish natijasidan olingan taklif
va tavsiyalarni 2023-yil avgust-noyabr oylarida davomida qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda keng foydalanildi. (O‘zbekiston ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 4-dekabrdagi 12/1-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilagan amaliy tadbirlarda foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
ekotsid hodisasining tarixiy-falsafiy mohiyati, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari kompleks tahlil qilinib, fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish va jamoatchilik nazoratining samarali shakllari ekotsid hodisasining oldini olishga qaratilgan konseptual yondashuv sifatida asoslangan. Ilmiy ish natijasiga qo‘ra oliy harbiy ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yillarida ishchi o‘quv dasturlariga tahsil oluvchilarga “ekotsid” hodisasi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun foydalanish yo‘lga qo‘yildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining 2025-yil 22-yanvardagi 10/228-son dalolatnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarida “ekomadaniyat”, “ekologik xavfsizlik” bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish, davra suhbatlari, ta’lim muassasalari o‘rtasida xamkorlikda uchrashuvlar tashkil etish va konstruktiv muloqot o‘rnatishda xizmat qildi.