Sadullaeva Shaxnoza Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonida adolat tamoyillarining amal qilish mexanizmlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1 PhD/Fal913
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Voxidova Munira Tulkinovna, falsafa fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishda adolat tamoyillarining samarali amal qilish mexanizmlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adolat fenomenining farovonlikni ta’minlashda ijtimoiy tenglikni qaror toptirish, resurslar taqsimotida manfaatlar muvozanatini ta’minlash va inson ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan sotsial zaruriyati hamda siyosiy tizimga ishonchni mustahkamlash, ijtimoiy birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirish va huquqiy tartibotning izchil ishlashiga xizmat qilish kabi substansional ta’siri ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlariga xizmat qilishi asoslab berilgan;
Sharq va Gʻarb ijtimoiy-ma’naviy merosida adolatga oid tenglik, hukmdor va fuqaro munosabatlarini tartibga solish, axloqiy-ma’naviy mas’uliyatli boshqaru kabi g‘oya va qarashlarning nazariy-metodologik ahamiyati, jamiyat hayotida qonuniylik va tartibotning mustahkamlanishi, inson sha’ni va huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari zamonaviy dunyoda ijtimoiy adolat talqinlari xos huquqiy-demokratik paradigmani shakllantirganligi dalillangan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonida adolat tamoyillarining (tenglik, kafolat va samaradorlik) inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ustuvorligi va adolatli sud-huquq tizimi, davlat xizmatlarining ochiqligi va hisobdorligi hamda fuqarolarning boshqaruvda teng ishtiroki kabi mexanizmlarni ta’minlashi hamda ularning substansional asoslarini takomillashtirishning (inson qadri ustuvorligiga asoslangan gumanistik konsepsiya, fuqarolik jamiyatini tizimli rivojlantirish) relevant metodologik paradigmalari aniqlashtirilgan;
Yangi O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati qurishda teng imkoniyatlar yaratish, qonun ustuvorligini ta’minlash va manfaatlar muvozanatini saqlash kabi adolat mezonlariga tayanish, xalqaro hamkorlikda konsensusga erishishda o‘zaro hurmat, mas’uliyat va pragmatik asosdagi teng sheriklik tamoyillarini qo‘llash, xalqning ijtimoiy himoyasini ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ijtimoiy xizmatlarga teng kirish imkonini berish va hududiy nomutanosibliklarni kamaytirish kabi strategik yo‘nalishlarni takomillashtirish vazifalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonida adolat tamoyillarining amal qilish mexanizmlari tadqiq etish doirasida olingan natijalar asosida:
adolat fenomenining farovonlikni ta’minlashda ijtimoiy tenglikni qaror toptirish, resurslar taqsimotida manfaatlar muvozanatini ta’minlash va inson ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan sotsial zaruriyati hamda siyosiy tizimga ishonchni mustahkamlash, ijtimoiy birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirish va huquqiy tartibotning izchil ishlashiga xizmat qilish kabi substansional ta’siri ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlariga xizmat qilishiga oid taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yildagi saylovoldi dasturini “Xalqqa xizmat qiluvchi adolatli zamonaviy davlat qurish” nomli V-bandini ishlab chiqish va keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 12-avgustdagi 01-27/394-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi orasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma'rifiy islohotlarni mazmun-mohiyatini aholiga samarali etkazishga doir targʻibot tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Sharq va Gʻarb ijtimoiy-ma’naviy merosida adolatga oid tenglik, hukmdor va fuqaro munosabatlarini tartibga solish, axloqiy-ma’naviy mas’uliyatli boshqaru kabi g‘oya va qarashlarning nazariy-metodologik ahamiyati, jamiyat hayotida qonuniylik va tartibotning mustahkamlanishi, inson sha’ni va huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari zamonaviy dunyoda ijtimoiy adolat talqinlari xos huquqiy-demokratik paradigmani shakllantirganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqam “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” (2020-2022 yy) amaliy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12 avgustdagi 04/11-6200-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihani yanada takomillashtirishga va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonida adolat tamoyillarining o‘rnini kuchaytirishga, yoshlar ongida adolat tuyg‘usini rivojlantirishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish jarayonida adolat tamoyillarining (tenglik, kafolat va samaradorlik) inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ustuvorligi va adolatli sud-huquq tizimi, davlat xizmatlarining ochiqligi va hisobdorligi hamda fuqarolarning boshqaruvda teng ishtiroki kabi mexanizmlarni ta’minlashi hamda ularning substansional asoslarini takomillashtirishning (inson qadri ustuvorligiga asoslangan gumanistik konsepsiya, fuqarolik jamiyatini tizimli rivojlantirish) relevant metodologik paradigmalariga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan (AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan) “English Access Microscholarship Program” (2022-2024 yy) xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 19 iyuldagi 2122/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, adolat tamoyillarining fuqarolik jamiyati jarayonlarida amal qilish mexanizmlariga doir xulosalar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga, talabalarda demokratik qadriyatlar haqidagi ijtimoiy-falsafiy tushunchalar kengayishiga va O‘zbekiston yoshlarining global fuqarolik kompetensiyalari oshishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati qurishda teng imkoniyatlar yaratish, qonun ustuvorligini ta’minlash va manfaatlar muvozanatini saqlash kabi adolat mezonlariga tayanish, xalqaro hamkorlikda konsensusga erishishda o‘zaro hurmat, mas’uliyat va pragmatik asosdagi teng sheriklik tamoyillarini qo‘llash, xalqning ijtimoiy himoyasini ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ijtimoiy xizmatlarga teng kirish imkonini berish va hududiy nomutanosibliklarni kamaytirish kabi strategik yo‘nalishlarni takomillashtirish vazifalariga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil iyul oyida efirga uzatilgan “Sharh va tahlil” axborot-tahliliy dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-avgustdagi 01-07/218-son ma’lumotnomasi) Natijada, jamiyatda yoshlarda barqaror rivojlanish maqsadlarining yo‘nalishlari, ko‘rsatkichlari hamda bu maqsadlarga erishishning mexanizmlarining adolatparvarlikka oid ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari tele ko‘rsatuvlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.