Yariev Alisher Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli yara kasalligining rivojlanishida yallig‘lanish jarayonini boshqaruvchi determinant-genlarini ahamiyatini tekshirish», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib672.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va surunkali gastrit patogenezida TNFα (rs 1800629), IL 1β (rs 1143634), TGF β1 (rs 1800471) yallig‘lanishni boshqaruvchi gen-determentlar polimorfizmini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘lom kishilarda va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va surunkali gastrit bilan xastalangan bemorlarda TNF-α (rs 1800629), IL 1β (rs 1143634), TGF β1 (rs 1800471) asosiy sitokinlar genlar polimorf lokusining genotip va allellar darajasi asoslangan;
TNF-α keng tarqalgan va yallig‘lanish mediatori ishlab chiqarish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi allel genining G/A polimorfizmini taqsimlanish darajasi, bu o‘zbek populyasiyasi donorlari (0,92/0,079) ma’lumotlarini mos populyasiyalar ko‘rsatkichlaridan inson genomi bazasi tomonidan taqdim etilgan (0,910:0,090) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslangan;
o‘zbek populyasiyasida TGF β1 genining rs 1800471 (915 G>C, Arg 25 Pro) polimorf soha genotiplarining sonidagi sezilarli farqni, bu turli evropoid va osiyo populyasiyalari uchun xos bo‘lgan ma’lumotlardan sezilarli farqlash hamda Markaziy Osiyo aholisidan olingan ma’lumotlardan farqli xossalari isbotlangan;
TGF β1genining (915 G>S, Arg 25 Pro) rs 1800471 polimorfizm G/S geterozigot genotipini o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va surunkali gastrit rivojlanishiga indivudning irsiy moyilligi isbotlangan;
gastroduodenal patologiyali bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (rs 1800471 TGFb1) va yallig‘lanish oldi genlari (rs1800629 TNF-α, rs 1143634, IL-1β) allel va genotipik variantlari taqsimoti asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining rivojlanishida yallig‘lanish jarayonini boshqaruvchi determinant genlarning axamiyatini tekshirish natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«rs 1800629 TNF-α geni va rs 1143634 IL 1β genlari polimorfizmi deteksiyasini takomillashtirish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘n ikki barmoq ichak kasalligining rivojlanishiga moyil bo‘lgan genlarning o‘rni va axamiyati asoslash imkonini bergan.
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining rivojlanishida yallig‘lanish jarayonini boshqaruvchi determinant genlarning axamiyatini asoslashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy tadqiqot institutining genetik laboratoriyasining fundamental va klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-r/368-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi TNF-α sitokinlarining faolligi SG bemorlariga nisbatan O‘BIYaK bemorlarida yuqori darajada namoyon bo‘lishi G/G «yovvoyi» genotipi tashuvchi bemorlarga nisbatan G/A va A/A noxush genotipiga ega bo‘lgan shaxslarda qayd qilinishi, qon zardobida IL -1β ning eng yuqori darajadagi konsentratsiyasi va T/T noxush genotip tashuvchilarida shu kichik guruh bemorlaridagi S/S genotip tashuvchilariga solishtirilganda yuqori darajada qayd etilishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.