Xudayberdiyev Baxtiyorjon Maribjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalterya hisobi iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3051.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor ; Shakarov Kulmat Ashirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati tahlili va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti korxonalari moliyaviy holatining moliyaviy koeffisientlar asosidagi integral indeksi yordamida ishlab chiqilgan reyting baholash indikatorlari vositasida korxonalarning iqtisodiy nochorligini diagnostika qilish taklifi asoslangan;
xo‘jalik sub’ektlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash uslubi sof aktivlar qiymatini shakllantirish uchun aktiv-xususiy kapital nisbati, majburiyatlarni qoplash koeffisienti hamda 25%dan kam bo‘lmagan likvidlik darajasidan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
milliy buxgalteriya balansini xalqaro moliyaviy hisobot shakllariga transformatsiya qilish jarayonida audit o‘tkazish uchun milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslash, aktiv va majburiyatlarni qayta baholash, me’yoriy farqlarni korreksiya qilish, muvofiqlik hisobotini shakllantirishdan iborat ko‘p bosqichli tekshiruv protseduralari taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tarmog‘i faoliyatining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida moliyaviy natijalarga ta’sir etuvchi tushum, tannarx, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va soliqlar dinamikasining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati tahlili va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti korxonalari moliyaviy holatining moliyaviy koeffisientlar asosidagi integral indeksi yordamida ishlab chiqilgan reyting baholash indikatorlari yordamida korxonalarning iqtisodiy nochorligini diagnostika qilish bo‘yicha taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 noyabrdagi 09/358-24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining iqtisodiy nochorligini samarali diagnostika qilish imkoniyati yaratilgan;
xo‘jalik sub’ektlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash uslubi sof aktivlar qiymatini shakllantirish uchun aktiv-milliy kapital nisbati, majburiyatlarni qoplash koeffisienti hamda 25%dan kam bo‘lmagan likvidlik darajasidan foydalanish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 noyabrdagi 09/358-24-son). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sof aktivlar qiymatini shakllantirish jarayonlari takomillashtirilgan;
milliy buxgalteriya balansini xalqaro moliyaviy hisobot shakllariga transformatsiya qilish jarayonida audit o‘tkazish uchun milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslash, aktiv va majburiyatlarni qayta baholash, me’yoriy farqlarni korreksiya qilish, muvofiqlik hisobotini shakllantirishdan iborat ko‘p bosqichli tekshiruv protseduralaridan foydalanish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 noyabrdagi 09/358-24-son). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti korxonalarida audit o‘tkazish protseduralari takomillashgan;
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tarmog‘i faoliyatining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida moliyaviy natijalarga ta’sir etuvchi tushum, tannarx, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va soliqlar dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati prognozini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 4 noyabrdagi 09/358-24-son). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning moliyaviy natijalari ichki va tashqi omillar ta’sirida 2030 yilning yakunida 2024 yilga nisbatan 1,9 martaga o‘sishi prognoz ma’lumotlari asosida aniqlangan.