Mullaaxunova Nilufar Muxamatumanovnaning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek maktablarida 6-sinf o‘quvchilarining rus tilidagi nutqini san’at turlari vositasida rivojlantirish”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped.5098 
Ilmiy rahbar: Saydaliev Ismoiljon Nurmamatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Saida Nuriddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek maktablarida 6-sinf o‘quvchilarining rus tilidagi nutqini san’at turlari vositasida rivojlantirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning rus tilidagi nutqini san’at turlari vositasida rivojlantirishning pedagogik mazmuni asarlar (adabiyot, musiqa, teatr va tasviriy san’at) orqali til o‘rganishda estetik-emotsional yondashuvlariga pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini uyg‘unlashtirish asosida ochib berilgan;
o‘quvchilarining rus tilidagi nutqini rivojlantirishning didaktik tizimi san’at asarlari vositalari va san’atshunoslikka oid matnlardan kompleks integratsiyalash imkoniyatlariga rasm hamda musiqadan foydalangan holda ijodiy tafakkur va kognitiv ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflarida rus tili fanidan nazorat ishlarini o‘tkazish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinf o‘quvchilari uchun rus tili fanidan predmet va meta-predmet ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida muammoli yondashuv asosida “San’at ezgulik keltiradi” loyiha texnologiyasini amalga oshirish algoritmi aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek maktab o‘quvchilarining rus tilidagi nutqini badiiy asarlar orqali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar quyidagi ishlarda yoritilgan:
o‘quvchilarning rus tilidagi nutqini san’at turlari vositasida rivojlantirishning pedagogik mazmuni asarlar (adabiyot, musiqa, teatr va tasviriy san’at) orqali til o‘rganishda estetik-emotsional yondashuvlariga pedagogik refleksiyalash kompetensiyasini uyg‘unlashtirish asosida ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalaridan OT-F-1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024 yil 19 noyabrdagi 04-25-52-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholining ma’naviy begonalashuvidagi tafovutlarni bartaraf qilish imkoniyatlari kengaygan;
o‘quvchilarining rus tilidagi nutqini rivojlantirishning didaktik tizimi san’at asarlari vositalari va san’atshunoslikka oid matnlardan kompleks integratsiyalash imkoniyatlariga rasm hamda musiqadan foydalangan holda ijodiy tafakkur va kognitiv ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganganligiga oid ilmiy xulosalaridan “Umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy majmualar maketlarini yaratish chora-tadbirlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘i asosida 2022/2023-o‘quv yilidagi “Milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foyadalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktagacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 25-oktyabrdagi 01/11-6-854-sonli ma’lumotnomasi) Natijada ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni san’at asarlari va san’atshunoslik materiali yordamida boyidi, oquvchilarning nutqiy, til va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinflarida rus tili fanidan nazorat ishlarini o‘tkazish, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid ilmiy tavsiyalardan “Yangi avlod darsliklari” mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 25-oktyabrdagi 01/11-6-854-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy va tafakkur qobiliyatlarini baholash tizimining shafofligi va obʼektivligi ta’minlangan.
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning 6-sinf o‘quvchilari uchun rus tili fanidan predmet va meta-predmet ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida muammoli yondashuv asosida “San’at ezgulik keltiradi” loyiha texnologiyasini amalga oshirish algoritmi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Millatlar o‘rtasida san’at orqali xamjihatlikni targ‘ib qilish nomli ijodiy tanlovlarni tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi 2024-yil 2-dekabrdagi 14-07-1907-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda millatlararo o‘zaro hurmat, hamjihatlik va madaniy muloqot asoslari mustahkamlandi, ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy va axloqiy yondashuv mustahkam o‘rin egallagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish