Baxtiyorov Dilshod Baxtiyor o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali amputant futbolchilarda musoboqa oldi mashg‘ulotlarni rejalashtirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped5938.
Ilmiy rahbar: Mirjamolov Mexriddin Xayriddinovich pedagogika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerevich biologiya fanlari doktori, professor; Tursunov Nodir Botirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali amputant futbolchilarning musobaqa oldi mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
amputant futbolchilarning mashg‘ulot yukalamalarini taqsimlashda futbolchilarning individual xususiyatlari va sport tasnifiga qarab hafta kunlari (to‘pni havolatib uzatish, aylanma zarbalar, turli diapazonlarda to‘pga bosh bilan zarba berish, qarshilikni engib o‘tish orqali to‘pni olib yurish kabi) turli xil aldamchi harakatlarni mashg‘ulotlarning asosiy qismiga kiritish hisobiga haftalik mikrotsikllarning na’munaviy mashg‘ulot metodikasi takomillashtirilgan;
yuqori malakali amputant futbolchilarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichini rejalashtirish uchun ertalabki mashg‘ulotlarga tezkorlik, kuch va texnika bilan bog‘liq yuklamalarni kechki mashg‘ulotlarda chidamlilik vositalarini variativ qo‘llash hisobiga mashg‘ulot yuklamalari optimallashtirilgan;
amputant futbolchilarning o‘yin faoliyatidagi hayajonni oldini olishga qaratilgan psixologik tayyorlash modeliga sensomotorik va intellektual faoliyatni rivojlantiruvchi operativ hujum qilish turlarini qo‘llash hisobiga o‘yin oldi psixologik holatni barqaror saqlab turish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali amputant futbolchilarni mashg‘ulot davrlarida yuklamlarni rejalashtirish uchun bazaviy tayyorgarlikda hamda mashg‘ulot yuklamalarning hajm va shiddat ko‘rsatkichlarini o‘yin shiddatiga qarab tezlik va chidamlilik vositalarini tanlab yo‘naltirish hisobiga musoboqa oldi mashg‘ulot tayyorgarligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali amputant futbolchilarning musobaqa oldi mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amputant futbolchilarning mashg‘ulot yukalamalarini taqsimlashda futbolchilarning individual xususiyatlari va sport tasnifiga qarab hafta kunlari (to‘pni havolatib uzatish, aylanma zarbalar, turli diapazonlarda to‘pga bosh bilan zarba berish, qarshilikni engib o‘tish orqali to‘pni olib yurish kabi) turli xil aldamchi harakatlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Adaptiv sport o‘yinlari (Amputant – futbol) o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining 2023-yil 16-sentyabrdagi “33\d”-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-0016-raqamli guvohnoma). Natijada ampuntant-futbolchilar qisqa 15 metrga to‘pni tushirish ko‘rsatkichi 38,89 % ga o‘sgan;
yuqori malakali amputant futbolchilarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichini rejalashtirish uchun ertalabki mashg‘ulotlarga tezkorlik, kuch va texnika bilan bog‘liq yuklamalarni kechki mashg‘ulotlarda chidamlilik vositalarini variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston amputant futbol milliy terma jamoasi mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4209-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 7-fevraldan 12-fevralgacha Bangladesh shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo amputantlar o‘yinlarida amputantlar futbol jamoamiz faxrli I o‘rinni egallashgan;
amputant futbolchilarning o‘yin faoliyatidagi hayajonni oldini olishga qaratilgan psixologik tayyorlash modeliga sensomotorik va intellektual faoliyatni rivojlantiruvchi operativ hujum qilish turlarini qo‘llash hisobiga taklif va tavsiyalar “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” ixtisosligi talabalarining futbol mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4209-son ma’lumotnomasi). Natijada, 16 m jarimadan harakat davomida darvozaga zarbalar soni 34,48 % oshgan;
yuqori malakali amputant futbolchilarni mashg‘ulot davrlarida yuklamlarni rejalashtirish uchun bazaviy tayyorgarlikda hamda mashg‘ulot yuklamalarning hajm va shiddat ko‘rsatkichlarini o‘yin shiddatiga qarab tezlik va chidamlilik vositalarini tanlab yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Matonat” amputant futbol jamoasi mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-apreldagi 02-16/4209-son ma’lumotnomasi). Natijada amputant futbolchilarning o‘yin davomida jami texnik harakatlar tahlili 15,93 % yaxshilangan.