Maksudova Feruza Tairovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribadagi postnatal tuxumdonlar polikistozi sindromining patogenetik shakllanishi mexanizmi va uning korreksiyasi», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib518.

Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorqin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Najmutdinova Dilorom Qamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdonlarning postnatal polikistoz sindromini shakllanishini patogenetik mexanizmlarini o‘rganish asosida uni korreksiya qilish usullarini optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kalamushlar giperandrogenizatsiyasi asosida kalamushlardagi homiladorlik kechishining o‘ziga xos patogenetik xususiyatlari, prenatal giperandrogenizatsiyalangan avlodni postnatal rivojlanishidagi o‘zgarishlari asoslangan;

tajriba sharoitida tuxumdonlar, jigar, buyrak usti bezi, yog‘ va skelet mushak to‘qimalari tuzilishining morfologik o‘ziga xosligini baholash asosida tuxumdonlar polikistoz sindromini rivojlanishiga prenatal giperandrogeniyani o‘rni isbotlangan;

kalamushlardagi qorin ichi giperandrogenizatsiyasini ta’siri orqali tuxumdonlar polikistoz sindromini rivojlanishida gormonal, uglevod va lipid statusini o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;

jigar, tuxumdonlar, yog‘ to‘qimasi, buyrak usti bezi va skelet mushaklarining strukturasida morfologik o‘zgarishlari gormonal, uglevod va lipid disbalansi bilan o‘zaro aloqasi eksperimental tuxumdonlar polikistoz sindromini reproduktiv va metabolik buzilishlar patogenezidagi o‘rni asoslangan;

tuxumdonlar polikistoz sindromini shakllanishini patogenetik mexanizmlari asosida kasallikda buzilishlarini korreksiya qilishda metforminni ijobiy ta’sir mexanizmi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tajribada tuxumdonlar postnatal polikistoz sindromi shakllanishining patogenetik mexanizmlari va uni korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tajribada tuxumdonlar postnatal polikistoz sindromini shakllanish mexanizmlarini o‘ziga xosligi va uni korreksiya qilish» usulubiy qo‘lanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/360 -son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ayollarda tuxumdonlar polikistoz sindromi natijasida yuzaga keladigan bepushtlikni oldini olish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

«Cemirish va ayolning reproduktiv salomatligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 28 oktyabrdagi 8m-/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma moddalar almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan semirrish, ayollarda androgen gormonlarining miqdorining oshishi va hayz buzilishi va bepushtlikni oldini olish mexanizmlarini samarali tatbiq qilishga imkonini bergan;

tajribada tuxumdonlar postnatal polikistoz sindromini shakllanish mexanizmlarini o‘ziga xosligi va uni korreksiya qilish samarasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi markaziy institutlararo ilmiy laboratoriyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik amaliyotiga, amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/360-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarini amaliyotga joriy etilishi metforminni qo‘llash natijasida erkin adrogenlar miqdorining me’yorlashtirilishi, estorogen gormonining tiklanishi va buning natijasida FSG darajasining ortishi; follikulalarining etilishi darajasining me’yorlashishi orqali tuxumdon polikistozi bilan ayollar sonini kamaytirish va bemorlar yashash sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish