Sa’dullaeva Mohira Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek shevalarida polisemiya (o‘g‘uz lahjasi misolida)” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligidan. Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3302
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Allaberdiev Alijon Avezberdievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich filologiya fanlari doktori, professor; Ibragimov Yuldash Matkarimovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘g‘uz shevalari leksikasi va grammatik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yig‘ilgan barcha til faktlarini qiyosiy, qiyosiy-tarixiy tahlil orqali leksik-semantik jihatdan tahlil qilish hamda o‘g‘uz shevalarining boshqa o‘zbek shevalarga, turkman tili va uning lahjalariga uzviy bog‘liqligini polisemantik xususiyatiga ko‘ra tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘g‘uz shevalarida qo‘llanuvchi ko‘p ma’noli so‘zlarning genetik jihatdan tarkibi (qatlamlari) aniqlangan;
o‘g‘uz shevasiga mansub ko‘p ma’noli leksik birliklarning ma’no torayishi, ma’no kengayishi, yangi ma’no kasb etishi hodisalari o‘zbek adabiy tiliga qiyoslangan holda atroflicha ochib berilgan;
o‘g‘uz shevalaridagi affiksal polisemiyalar aniqlanib, ular ifodalaydigan ma’no qirralari tahlilga tortilgan;
ko‘p ma’noli o‘g‘uz shevalarining turkman tili va uning lahjalari, boshqa o‘zbek shevalari (qarluq va qipchoq) dagi so‘zlardan shakliy, ma’noviy farqlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek shevalarida polisemiya (o‘g‘uz lahjasi misolida) yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘g‘uz shevalarida qo‘llanuvchi ko‘p ma’noli so‘zlarning genetik jihatdan tarkibi (qatlamlari) aniqlanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-202004165 raqamli: “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompotensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyiha yaratishda shevaga xos so‘zlarning mavzuiy ko‘lamiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarni tasnif qilish va yoritishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 15-apreldagi № 01/4-1393-son ma’lumotnomasi)
o‘g‘uz shevasiga mansub ko‘p ma’noli leksik birliklarning ma’no torayishi, ma’no kengayishi, yangi ma’no kasb etishi hodisalari o‘zbek adabiy tiliga qiyoslangan holda ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq og‘zaki nasri (janrlar tuzilishi, genezesi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda dissertatsiya ishi natijalaridan foydalanilgan (2025-yil 3-sentyabrdagi № 529/1- son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda shevaga xos so‘zlarning mavzuviy ko‘lamiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarni tasnif qilish va yoritishda, shuningdek, loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
o‘g‘uz shevalarida affiksal polisemiyalar tahlilidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Navoiy” telekanali ijodkorlari “Assalom, yangi kun”, “Alisher Navoiy va zamonamiz”, “Tarixdan saboqlar”, “Adabiyot va hayot”, “Moziyga nazar” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanildi.
ko‘p ma’noli o‘g‘uz shevalarining turkman tili va uning lahjalari, boshqa o‘zbek shevalari (qarluq va qipchoq) dagi so‘zlardan shakliy, ma’noviy farqlari isbotlangan xulosalardan mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan o‘g‘uz shevalari leksikasida ko‘p ma’noli so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari, xalq tilidan yozib olingan lug‘atlardan keng foydalanilgan (2025-yil 26-martdagi № 02-04/36- son ma’lumotnomasi).