Usmanova Umida Iminjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik bilan xastalangan bemorlarda arterial gipertenziya rivojlanishining xavf omillari va klinik-laborator, molekulyar-genetik jixatlari» 14.00.05 – «Ichki kasalliklar» va 14.00.43 - «Profilaktik tibbiyot» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1123.
Ilmiy raxbarlar: Musashayxov Umidjon Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019/Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Parpibaeva Dinora Ayupovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fazilov Abduqahhor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizligi bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziya rivojlanish xavfini erta bashorat qilish usullarini takomillashtirish maqsadida klinik-laboratoriya va molekulyar-genetik xususiyatlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan shaxslarda ET-1 miqdorining ortishi va eNOS faolligining pasayishi natijasida essensial arterial gipertenziya rivojlanish xavfi ortishi aniqlangan;
EDN1 geni Lys198Asn polimorfizmining Asn/Asn mutant genotipi semizligi mavjud bemorlarda essensial arterial gipertenziya rivojlanishi uchun irsiy moyillikni ko‘rsatuvchi potensial biomarker ekanligi aniqlangan;
ADRB1 geni Arg389Gly polimorfizmining Arg/Arg gomozigot genotipi gipertoniya kasalligi rivojlanishiga protektiv ta’sirga ega ekanligi, aksincha Arg/Gly geterozigot genotipi esa tana vazni yuqori bemorlarda ushbu xastalikni rivojlanishiga additiv ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
EDN1 genining mutant Asn/Asn genotipi mavjudligi ET-1 ekspressiyasining oshishiga olib kelishi isbotlangan;
sutkalik arterial bosim monitoringi natijalariga ko‘ra, ADRB2 geni Glu/Glu gomozigot genotipiga ega bemorlarda tungi qon bosimning kunduzgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 20% va undan ortiq darajada pasayishi va ular over-dipper turidagi qon bosim profiliga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlik negizida essensial arterial gipertenziya rivojlanish xavfi va klinik kechishini bashorat qilishning klinik-laborator markerlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tana vazni indeksi (TVI) yuqori bo‘lgan insonlarda ET-1 miqdorining ortishi va eNOS faolligining pasayishi natijasida EAG rivojlanish xavfi ortishi aniqlaganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 2025 yil 28 apreldagi 24-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 2025 yil 27 maydagi 49i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: zardobda ET-1 miqdorini EAG rivojlanish xavfini va uning og‘irlik darajasini baholashda barqaror marker sifatida qo‘llash, semizlikka ega bemorlarda kasallikni erta aniqlash, profilaktika va davolash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ET-1 va eNOS darajasini erta bosqichda baholash orqali gipertoniya kasalligi rivojlanishini erta aniqlash imkoniyati yaratiladi, bu qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytiradi. Shu bilan vaqt va moddiy resurslar tejalib, o‘z vaqtida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali nogironlik darajasini pasaytirish hamda bemorlar uchun moddiy xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: yukori tana vazni va semizlikka ega bemorlarda qondagi ET-1 miqdorini baholash EAG og‘irligini aniqlashda ishonchli marker sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu esa gipertoniya kasalligi rivojlanish xavfini va uning klinik kechishini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega;
ikkinchi ilmiy yangilik: EDN1 geni Lys198Asn polimorfizmining Asn/Asn mutant genotipi semizligi mavjud bemorlarda EAG rivojlanishi uchun irsiy moyillikni ko‘rsatuvchi potensial biomarker ekanligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 2025 yil 28 apreldagi 24-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 2025 yil 27 maydagi 49i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi semizligi mavjud bemorlarda EAG va uning salbiy oqibatlarini erta bashorat qilish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: EDN1 (Lys198Asn) polimorf lokusini tekshirish kasallikni rivojlanish xavfini aniqlash, davolash va profilaktik chora-tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, bemorlarda uzoq muddatli nogironlik holatlarini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Xulosa: EDN1 Lys198Asn polimorfizmini tekshirishni amaliyotga joriy etish orqali essensial arterial gipertenziya rivojlanishini oldini olish va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida rejalashtirish hamda amalga oshirish imkoni yaratiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ADRB1 geni Arg389Gly polimorfizmining Arg/Arg gomozigot genotipi gipertoniya kasalligi rivojlanishiga protektiv ta’sirga ega ekanligi, aksincha Arg/Gly geterozigot genotipi esa tana vazni yuqori bemorlarda ushbu xastalikni rivojlanishiga additiv ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 2025 yil 28 apreldagi 24-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 2025 yil 27 maydagi 49i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori tana vazni va semizlikka ega bemorlarda EAG rivojlanishining xavf omillarini erta aniqlash, uni klinik kechishini erta bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ADRB1 geni Arg389Gly polimorfizmini o‘rganish EAG rivojlanish xavfi mavjud bo‘lgan bemorlarda birlamchi profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida rejalashtirish va amalga oshirish orqali davlat byudjeti mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu toifadagi bemorlarda kasallik asoratlarining rivojlanishini erta bashorat qilish nogironlik va o‘lim darajasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Bu esa, o‘z navbatida, davolash bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish orqali ham bemorlarga, ham davlatga yuk bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni kamaytirishga xizmat qiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: EDN1 genining mutant Asn/Asn genotipi mavjudligi endotelin-1 ekspressiyasining oshishiga olib kelishi isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 2025 yil 28 apreldagi 24-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 2025 yil 27 maydagi 49i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ADRB1 geni Arg/Gly hamda Gly/ Gly polimorf lokuslarini amaliyotga joriy etish EAG da asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va uning profilaktikasining ijobiy samaradorligiga erishish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik tadqiqotlardan foydalanish orqali EAG rivojlanish xavfini va uning klinik kechishini erta bashorat qilish, ushbu kasallikni aniqlash, kuzatib borish va davolashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: molekulyar-genetik tekshiruvlar orqali bemorlarda EAG rivojlanish xavfini kamaytirish natijasida byudjet mablag‘larini va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: sutkalik arterial bosim monitoringi natijalariga ko‘ra, ADRB2 geni Glu/Glu gomozigot genotipiga ega bemorlarda tungi qon bosimning kunduzgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 20% va undan ortiq darajada pasayishi va ular over-dipper turidagi qon bosim profiliga ega ekanligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 2025 yil 28 apreldagi 24-son va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha 2025 yil 27 maydagi 49i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sutkalik arterial bosimning noqulay profili (over-dipper) bo‘yicha yuqori xavf guruh bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va yurak qon-tomir asoratlarini (YuQTA) individual tarzda oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘naltirilgan diagnostik yondashuv davolash xarajatlarini optimallashtirish, bemorlarni statsionarga yotqizish holatlarini qisqartirish va sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: yo‘naltirilgan tekshiruv orqali bemorlarda EAG rivojlanish xavfini kamaytirish natijasida davolash xarajatlari qisqaradi va sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni iqtisod qilish imkonini beradi;