Stopniskiy Amir Aleksandrovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda patogenetik asoslangan intensiv davo strategiyasi va kechki asoratlar profilaktikasi», 14.00.39–Toksikologiya.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib154.

Ilmiy maslahatchi: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.

Rasmiy opponentlar: Lodyagin Aleksey Nikolaevich tibbiyot fanlari doktori, professor, Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez yordam Ilmiy tekshirish instituti» federal davlat byudjet massasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:

Sirka kislota bilan o‘tkir zaharlanishli bemorlardaintensivdavoning patogenetik asoslangan, zamonaviy usulini va kechki asoratlar profilaktika usullarini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

klinik va laborator hamda instrumental tekshiruv ma’lumotlarini o‘rganish asosida sirka kislotasidan o‘tkir zaharlanishlarning kechki asoratlarini prognozlash yangi shkalasi ishlab chiqildi.

sirka kislotasidan o‘tkir zaharlangan bemorlar erta davrlarida susbstrat metabolik dori vositalari suksinasol va sitoflavinlarni qo‘llash samaradorligi, ularning kechki asoratlarni oldini olishdagi ijobiy roli haqida birinchi marta yangi ma’lumot olindi.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishli bemorlarda davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Tomoqning kimyoviy kuyishining erta davrida tashxislash va davolash» va «Sirka kislota bilan o‘tkir zaharlanishlarda tashxislash va intensiv davo uslublari» nomli 2 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan;

ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, asosan, RShTYoIM toksikologik reanimatsiya va toksikologiya bo‘limlariga, RShTYoIM Andijon va Namangan filiallarining toksikologiya bo‘limlarida  tadbiq qilindi  (Sog‘liqni saqlash vazirligining №8n-d/194 03.10.2018 yildagi xulosasi). Olingan natijalar qizilo‘ngach-oshqozon kechki qon ketishlar chastotasini 48% dan 20%gacha, qizilo‘ngach chandiqli torayishi 52%dan 31,6%gacha, letallik 2,5 marta kamayganligini ko‘rsatdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish