Qurbonov Paxlavon Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Oʼzbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining hududiy tarkibini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Gr53.
Ilmiy maslahatchi: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Jumaxanov Shavkatjon Zairjanovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Umurzaqov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston shahar aholi punktlari taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash asosida mintaqada urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining urbanistik salohiyat indeksi 7 ta indikatorlar guruhi – urbanistik to‘ri va tarkibi (5 ta indikator), demografik (7 ta indikator), iqtisodiy (8 ta indikator), mehnat resurslari va aholi bandligi (5 ta indikator), ijtimoiy infratuzilma (12 ta indikator), inson kapitali va aholi daromadlari (5 ta indikator), ekologik va kriminogen vaziyat (3 ta indikator) asosida aniqlangan va hududlarni urbanistik salohiyatiga ko‘ra baholashning (yuqori, o‘rta, past) mavjud uslubiyoti ekspert baholash, integral indeks va GIS tahlili usullari orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi 14 ta ma’muriy subektlarida sanoatda band aholi ulushining nisbatan past ekanligi sharoitida shaharlashuv jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarning (tabiiy sharoit, resurslar bilan ta’minlanganlik, uchlamchi sektorda bandlik) urbanizatsiya darajasi bilan aloqadorligi (kuchli, o‘rta, kuchsiz) Spirmen korrelyasiya koeffisienti orqali asoslangan;
Respublika hududlarining urbanizatsiya darajasi eng quyi ma’muriy birlik - qishloq tumanlari kesimida tadqiq qilingan, “mikro hududlar urbanizatsiya darajasi” tushunchasi ilmiy asoslangan va “O‘zbekiston Respublikasining mikro hududlar urbanizatsiyasi” kartasi yaratilgan;
Janubiy O‘zbekiston shahar aholi punktlari funksional tiplari (ko‘p funksiyali, industrial, agrar industrial, xizmat ko‘rsatish, ma’muriy markaz, turizm va rekratsiya) va tabiiy xo‘jalik rayonlari ixtisoslashuvi ekspert usulida baholangan, tadqiqot ob’ekti mutlaq balandlik bo‘yicha (tekislik, tog‘ oldi, tog‘) shaharsozlik nuqtai-nazardan rayonlashtirilgan;
Janubiy O‘zbekiston shahar aholisi va urbanizatsiya darajasi o‘zgarishining 2010-2024 yillar ma’lumotlari bo‘yicha regressiya va korrelyasiya usullari orqali ko‘p faktorli (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, demografik) tahliliga asoslangan matematik (chiziqli, kub polinom, kvadratik, parabolik, to‘rtinchi darajali, logorifmik, eksponensial) modellari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari urbanizatsiya darajasi, shaharlar aholi soni, shaharlar to‘ri va tarkibi yaqin (2030-yil), o‘rta (2040-yil) va uzoq (2050-yil) muddatga ekstrapolyasiya va kub polinom matematik modellashtirish usullarida prognozlashtirilgan, Janubiy O‘zbekistonda urbanistik tizimlari shakllanishi transport yo‘llari bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urbanizatsiyani hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston hududlarining urbanistik to‘ri va tarkibi, demografik, iqtisodiy, mehnat resurslari va aholi bandligi, ijtimoiy infratuzilma, inson kapitali va aholi daromadlari, ekologik va kriminogen vaziyat kabi indikatorlar guruhi asosida aniqlangan urbanistik salohiyat indeksi hamda hududlarni urbanistik salohiyatiga ko‘ra ekspert baholash, integral indeks va GIS tahlili usullari orqali takomillashtirilgan uslubiyoti O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligi tomonidan aholi punktlarining urbanizatsiya darajasini aniqlash, uni oshirish uslubiyoti va ularni baholash mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2025-yil 28-iyuldagi 07-325-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 33-maqsadining 152-vazifasi “hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish” ijrosini amalga oshirish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi shahar aholi punktlari va shahar aholisining hududiy tarkibida sanoati (sust, o‘rta, yuqori) rivojlangan mintaqalarda urbanizatsiya darajasining tez o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarning aloqadorligi (kuchli, kuchsiz, o‘rta) Spirmen Korrelyasiya koeffisienti orqali asoslab berilganligi bo‘yicha ma’lumotlardan Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan kartalar ishlab chiqarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr Agentligining 2025-yil 10-iyuldagi 03/08-7590-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1:200 000 masshtabdagi “O‘zbekiston Respublikasi shahar aholi punktlari va shahar aholisining hududiy tarkibi” kartasi nashr etish imkonini bergan;
Respublika hududlarining eng quyi ma’muriy birlik – qishloq tumanlari kesimida aniqlangan urbanizatsiya darajasi, shaharlar geografiyasi va geourbanistikada ilk bora qo‘llanilgan “mikro hududlar urbanizatsiya darajasi” tushunchasi to‘g‘risidagi asoslangan ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 10-oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 22-iyuldagi 01-33/551-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston– 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 60-maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng sharhlab borish va uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka etkazish imkonini bergan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari shahar aholi punktlari funksional tiplari va tabiiy xo‘jalik rayonlari ixtisoslashuvini ekspert usulida baholanganligi hamda Janubiy O‘zbekiston hududini shaharsozlik nuqtai-nazardan tekislik, tog‘ oldi, tog‘ mintaqalari kesimida rayonlashtirilganligiga oid ilmiy natijalari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2025-yil 28-iyuldagi 07-325-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo va Surxondarayo viloyatlari shahar aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash, shaharlarni infrastruktura bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda iqtisodiy-ijtimoiy obektlarni joylashtirish va loyihalashtirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari shahar aholisi va urbanizatsiya darajasi o‘zgarishining regressiya va korrelyasiya usullari orqali ishlab chiqilgan ko‘p mezonli tahliliga asoslangan matematik model natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 12-iyulda efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 22-iyuldagi 01-33/551-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 33-maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng sharhlab borish hamda uning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish imkonini bergan;
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining urbanizatsiya darajasi, shahar aholi soni, shaharlar to‘ri va tarkibining 2030-, 2040-, 2050-yillar uchun amalga oshirilgan prognozlashtirish ishlaridan hamda Janubiy O‘zbekiston shaharlarining transport yo‘llari bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi haqidagi ilmiy asoslangan takliflaridan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga tegishli urbanizatsiya va shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2025-yil 28-iyuldagi 07-325-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish davlat dasturlarida belgilangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.