Mardanov Isomiddin Nurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimetalli ruda konlarini er osti usulida qazib olishda burg‘ilash-portlatish ishlarini olib borishni tadqiq qilish va takomillashtirish», 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3063.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Urinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bakirov Gʻayrat Xoliqberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimetalli ruda konlarini er osti usulida qazib olishda tog‘ jinslarini samarali burg‘ilash-portlatish usulini ishlab chiqish, noo‘lcham ruda bo‘laklarining hosil bo‘lishi va qazib olinadigan ruda sifatsizlanishini kamaytirish hamda konchilik ishlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruda konlarini samarali qazib olish maqsadida skvajinalarni burg‘ilash sxemasi va ularni portlatish uslubini o‘zgartrilishiga asoslangan portlatish ishlarini takomillashtiruvchi metodika ishlab chiqilgan;
ruda massiviga amaldagi elpig‘ichsimon shaklda joylashgan skvajinalar markazida ponasimon o‘yiq ko‘rinishidagi skvajinalarni burg‘ilash hamda zaryadlangan skvajinalarni ketma-ket portlashini ta’minlash orqali noo‘lcham ruda bo‘laklarining hosil bo‘lishi, mehnat sarfi va portlovchi moddalarning solishtirma sarfini kamayishi aniqlangan;
zaryadlangan skvajinalar ketma-ket kon lahimi markaziga yoʻnaltirib portlatilishi tufayli ajratib olinayotgan ruda massasini qazilgan bo‘shliqga yoyilishini hamda ruda sifatsizlanishini kamayishi aniqlangan;
ruda konlarini qulatib qazib olish tizimida nimqavatlarni balandligini oshirish tufayli blokni qazib olishdagi tayyorlash-qirqish ishlarining solishtirma hajmini kamayishiga, hamda burg‘ilash-eltish shtrekining yon devor tomonlaridan navbatma-navbat yuklashni qo‘llash orqali ruda sifatsizlanishi va nobudgarchiligining ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olmaliq KMK AJ “Xondiza” polimetalli ruda konini er osti usulida qazib olishda burg‘ilash-portlatish ishlarini olib borishni tadqiq qilish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan burg‘ilash-portlatish ishlari orqali ruda sifatsizlanishi ko‘rsatkichlarini kamaytirish usuli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli “Xondiza” rudnikida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2025 yil 15 apreldagi 04-25/61-00912 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nimqavatlarni qulatib qazib olish tizimida burg‘ilash-portlatish ishlarining optimal ko‘rsatkichlarini tanlash orqali ruda sifatsizlanishi 20,5% dan 18% ga, noo‘lcham ruda bo‘laklarining hosil bo‘lishi 15% dan 7,3% ga, burg‘ilash ishlarining mehnat sarfi va portlovchi moddalarning solishtirma sarfi 5% gacha kamayishi imkonini bergan;
burg‘ilash-portlatish ishlarini va qazib olish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda burg‘ilash-portlatish ishlarini optimal o‘lchamlarini tanlash usuli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli “Xondiza” rudnikida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2025 yil 15 apreldagi 04-25/61-00912 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qayd qilingan qazib olish ko‘rsatkichlari har 1m3 qazib olingan ruda uchun 65844 so‘mgacha iqtisodiy samara olish imkonini bergan.