Karimova Tursunoy Parkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Temir mis qotishmalarini olish uchun mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5916.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maxmudjon Maxammadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonova, texnika fanlari doktori, professor; Ruziev Ulugbek Nematovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir mis qotishmalarini olish uchun mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida konverter shlaki temir oksidlari va rux ishlab chiqarish klinkerining tarkibidagi faol tiklovchi elementlarning kimyoviy reaksiyalar mexanizmlari asoslangan;
shlak tarkibidagi misni 3,5 dan 0,7%gacha kamaytirishga imkon beradigan geterogen tizimdagi temir oksidlarining tiklanish jarayonlari ikki bosqichda, ya’ni shlak eritmasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq uglerod bilan bevosita va bilvosita monooksid xolida qaytarish mexanizmida borishi aniqlangan;
misni pirometallurgik ishlab chiqarishdagi misning metallashtirilgan kompozision mahsulotlarini olish jarayonida konverter shlakidagi mis miqdorini 2,7–3,5% dan 0,8–1,1% gacha kamaytirishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq mat (misga boy mahsulot) olinganda mis shteynlarni konverterlash jarayonida oq matning to‘kilishini oldini olish uchun konverter shlakining to‘kilish paytini avtomatik nazorat qilish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir mis qotishmalarini olish uchun mis ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konverter shlaklari va ORZ klinkerlarini yalliq qaytaruvchi pechda qayta ishlash texnologiyasi “Olmaliq KMK» AJ MEZ da amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 15 maydagi SL-0459-son ma’lumotnomasi). Natijada, konverter shlakidagi mis miqdorini 2,2–3,5% dan 0,5–0,7% gacha kamaytirish imkonini bergan;
konverter shlaklarini konverterda qayta ishlashda OKMK ORZ texnogen chiqindi klinkeridan tiklovchi, xomashyo va issiqlik tashuvchisi sifatida foydalanish texnologiyasi “Olmaliq” KMK AJ MEZda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2025 yil 15 maydagi SL-0459-son ma’lumotnomasi). Natijada, konverter shlakining 25% miqdoridagi texnogen chiqindilar klinkerini tiklovchi vosita sifatida ishlatish natijasida qo‘shimcha ravishda mis, oltin va kumush kabi metallarni ajratib olish hamda konverter shlakidagi mis miqdorini 2,2–3,5% dan 0,8–1,1% gacha kamaytirish imkonini bergan.