Sayfullaev Anvar Islamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Predlog va ko‘makchilarning nominativ-sintagmatik va tipologik strukturaviy maqomi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil76.

Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qambarov Nosir Mansurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi zamon ingliz tilidagi predloglar tizimi va o‘zbek tili ko‘makchilarining tipologik xususiyatlari, doimiy qo‘llanish me’yorini ko‘rsatuvchi semantik va kontekstual tavsifini berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

ingliz tili predloglari tizimi va o‘zbek tili ko‘makchilari orasida struktur jihatdan tipologik o‘xshashlik va farqli tomonlari asoslangan;

predlog va ko‘makchilarning lisoniy maqomi, lisoniy qiymati, so‘z turkumlari tizimidagi o‘rni va ularni lingvistik modellashtirish asoslari va sintaktik xususiyatlari aniqlangan;

predlog va ko‘makchilar semantik jihatdan nomustaqil so‘zlar sirasidan o‘rin olishi, morfologik jihatdan o‘zgarmas so‘zlar qatorida bo‘lishi, ko‘makchilar esa sintaktik jihatdan kelishiklar bilan bir paradigmatik tizimga kirishi dalillangan;

predlog va ko‘makchilarning matn hosil qilish imkoniyati, yakka va tarkibli predloglarning kontekstual xususiyati hamda matniy o‘zgaruvchanligi asoslab berilgan;

predlogli va ko‘makchili qurilmalarni tarjima qilishdagi muammolar mavjudligi asoslangan va ularning echimiga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ingliz va o‘zbek tillarida predlog va ko‘makchilarning  nominativ-sintagmatik hamda tipologik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:

o‘zbek tili ko‘makchilarining semantik va funksional vazifalari xususidagi nazariy va amaliy umumlashmalaridan FA-F1-G041 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” mavzusidagi (2012-2016) fundamental loyihasi doirasida “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 maydagi 89-03-1753-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tegishli lug‘aviy birliklarning izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;

ingliz tili predloglari va o‘zbek tili ko‘makchilarini amaliyotda qo‘llashga doir nazariy fikrlardan IOT-2012-1.-32 raqamli Filologiya va tarjimonlik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanidan darslik va o‘quv-uslubiy kompleks yaratish mavzusidagi (2012–2013) innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 maydagi 89-03-1754-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimaning grammatik muammolari bo‘limida predlog va ko‘makchilarning kontekstdagi vazifalari, ularni tarjimada berishdagi o‘ziga xos muammolarni yoritishga xizmat qilgan;

ingliz tili predloglarining kontekstdagi vazifalariga oid dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Imtihon” intellektual ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat unitar korxonasining 2018 yil 10 maydagi 01-15/278-son ma’lumotnomasi). Natijada predloglarning kontekstdagi vazifalariga doir yangi yondashuvlar intellektual turkum ko‘rsatuv materiallarini tayyorlash jarayonida asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish