Raximov Bobur Azimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Oliy ta’lim muassasasi pedagogi kasbiy rivojlanishining psixologik determinantlari”  “19.00.06–“Yosh va pedagogik psixologiya.Rivojlanish psixologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P945 
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Abu Rayhon Beruniynomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti PhD.03/30.12.2021.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori professor.   To‘ychieva Saodat Meliqo‘zievna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Buxoro psixologiya va xorijiy tillar  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasasi pedagoglari kasbiy rivojlanishining psixologik determinantalari xususiyatlarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim pedagoglarining o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorlik darajasiga ko‘ra 45-65 yoshdagi o‘qituvchilarda o‘z ustida ishlashning motivatsion, kognitiv, axloqiy-irodaviy, faoliyatda o‘zini boshqarish, 25-44 yoshdagi o‘qituvchilarda esa gnostik va tashkilotchilik sifatlari bilan bog‘liq determinantlarning ustunligi tufayli pedagog pozitsiyasini namoyon bo‘lishidagi differensial o‘zgarishlar kasbiy identifikatsiya asosida yuzaga kelishi aniqlangan;
    turli yoshdagi professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayoni o‘z-o‘zini rivojlantirish xohishi, o‘z professional “Men” ini shakllantirishga qaratilgan shaxsiy fazilatlar, pedagogik intuitsiyani didaktik jarayonda qo‘llash ko‘nikmasi bilan bog‘liqligi tufayli faoliyatga motivatsion tayyorlikning shaxs rivojlanish traektoriyasiga refleksiv xususiyatlar asosida integratsiyasida namoyon bo‘lishi dalillangan;
    o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik rivojlanish jarayoni ta’lim muhitida yuzaga keladigan subekt-subekt, subekt-obekt munosabatlaridagi kauzusli vaziyatlarda konstruktiv koping xulq strategiyasini tanlash ko‘nikmasiga ko‘ra professional muvaffaqiyatni subektiv baholash orqali muammoni xal qilishga intilishning motivatsion-kognitiv xususiyatlarga bog‘liqligi asosida belgilanishi dalillangan;
oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisining kasbiy rivojlanish modeli professional faoliyatda shaxsiy realizatsiyani pedagogik refleksiya (o‘zini anglash, tahlil qilish) va muvaffaqiyatga intilish motivlari orqali ta’minlash muhimligiga ko‘ra kasbiy individuallikni shakllanishidagi konstruktiv koping xulqni qo‘llash bilan bog‘liq axloqiy irodaviy xususiyatlarni psixologik determinant sifatida kiritish asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi pedagoglarining kasbiy rivojlanishining psixologik determinantlarini aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-psixologik natijalar asosida:
katta yoshli (45-65) oliy ta’lim pedagoglari kasbiy rivojlanishi motivatsion, kognitiv, axloqiy-irodaviy va pedagogik faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqarish hamda yosh pedagoglarda esa (25-44) gnostik va tashkilotchilik determinantlarining ustunligi empirik tadqiqotlar bilan dalillangan yangilik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim pedagoglarining kasbiy rivojlanish masalalarini nafaqat nazariy, qolaversa, amaliy tadqiq qilishga zamin yaratilgan;
turli yoshdagi professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayoni o‘zini-o‘zi rivojlantirish xohishi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan shaxsiy fazilatlar, pedagogik yordam loyihasini professional imkoniyat sifatida baholab amalga oshirish istagi, muvaffaqiyatsizlikdan qochish, muvaffaqiyatga erishish motivlari hamda muammoni bartaraf qilishning koping strategiyalari rivojlanish darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, yosh va katta yoshli pedagoglarda mazkur komponentlar rivojlanish darajasidagi differensial dinamik o‘zgarishlarning mavjudligi asoslangan yangilik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada katta yoshli pedagoglarda motivatsion, kognitiv, axloqiy-irodaviy va pedagogik faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati va muammoni bartaraf qilish koping strategiyasi, yosh pedagoglarda esa gnostik va tashkilotchilik sifatlari yaxshi rivojlanganligi metodikalar asosida dalillanib, yosh pedagoglar uchun rivojlantiruvchi dasturning asosiy vazifalarini belgilab olishga erishilgan;
yosh va katta yoshli pedagoglar kasbiy taraqqiyotida «kasbiy muhim sifatlar» namoyon bo‘lishida differensial farqlar mavjudligi ilmiy asoslangan yangilik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada, yosh va katta yoshli professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini belgilab beruvchi psixologik xususiyatlar darajasini aniqlash imkoniyati yaratilib, rivojlantiruvchi dasturning asosiy vazifalarini belgilab olishga erishilgan;
 oliy ta’lim muassasasi pedagogi faoliyatiga mos bo‘lgan kasbiy rivojlanish modeli yordamida rivojlantiruvchi dastur yaratilib, samaradorligi tekshirildi. Uning asosida yosh pedagoglarda motivatsion, kognitiv, axloqiy-irodaviy, pedagogik faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati, o‘zini-o‘zi rivojlantirish xohishi, pedagogik yordam loyihasini professional imkoniyat sifatida baholab amalga oshirish xohishi, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi hamda muammolarni bartaraf qilish koping strategiyalarini rivojlantirishga erishilgan yangilik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 15-fevraldagi PM-5-sonli buyrug‘i va ma’lumotnomasi). Natijada yosh pedagoglarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish xohishi, pedagogik yordam loyihasini professional imkoniyat sifatida baholab amalga oshirish istagi, motivatsion, axloqiy-irodaviy va pedagogik faoliyatda o‘zini-o‘zi boshqarish kabi psixologik determinantlarni rivojlantirishga erishilgan «kasbiy rivojlanish modeli» ishlab chiqilishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish