Raxmonov Dusmurod Abdinazarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishning etnomadaniy xususiyatlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal82.

Ilmiy rahbar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining institutsional rivojlanishini tizimli-funksional tahlil etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda yordam oluvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sohaviy tarzda yondashishning afzalligi ochib berilgan;

O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishda etnomadaniy omillarni inobatga olish va kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashdagi ishtiroki amaliy tadqiqotlar yordamida aniqlangan hamda uning  ijtimoiy  taraqqiyot modernizatsiyalashuviga ijobiy ta’siri asoslangan;

aholining ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash, ijtimoiy madad olish madaniyatini yuksaltirishning yo‘llari (tashkiliy, madaniy, kasbiy) ochib berilgan;

tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimi vazifasining nazariy modeli («Jamiyat – ijtimoiy muammolar – ijtimoiy siyosat – ijtimoiy ish mutaxassisi – ijtimoiy yordam olishga muhtoj inson (guruh) – individual darajada namoyon bo‘lgan muammo – amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatish – ijtimoiy munosbat»); «Ijtimoiy muhit – mutaxassis – ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand inson (guruh) – mikromuhit – amaliy yordam ko‘rsatish – maishiy hayot – muammo – maqsadga ega bo‘lish») yaratilgan va uni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishning etnomadaniy xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda yordam oluvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sohaviy tarzda yondashishning afzalligiga oid xulosalardan Mudofaa vazirligida bajarilgan A-087+(A1-124) raqamli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarida mudofaaviy ongini shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslari» mavzusidagi amaliy loyiha foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1665-son ma’lumotnomsi). Ilmiy xulosa ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslarni boyitishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishda etnomadaniy omillarni inobatga olish va kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashdagi ishtiroki amaliy tadqiqotlar yordamida aniqlangan hamda uning ijtimoiy taraqqiyot modernizatsiyalashuviga ijobiy ta’siriga oid xulosalari «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda ilk bor eksperimental tarzda amaliy sinovdan o‘tkazilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2017 yil 31 oktyabrdagi 01–16/377-son ma’lumotnomasi). So‘rovnoma natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishga doir takliflar taqdim etishga erishilgan;

aholining ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash, ijtimoiy madad olish madaniyatini yuksaltirishning  yo‘llariga (tashkiliy, madaniy, kasbiy) doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-415-sonli Qonunining 5-moddasini tayyorlashda, «ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish» bo‘yicha tavsiya etgan strukturaviy (nazariy) modelidan mazkur qonunning 18-moddasiga kiritilgan, joylarda «ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash» bo‘yicha dissertatsiya matnida keltirilgan etnomadaniy indikatorlardan ushbu qonunning 19-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar Qo‘mitasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 04/3-06-90-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining qo‘llanilishi amaliyotda ijtimoiy xizmatga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularning turmush holatini baholash, ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringini olib borish uchun xizmat qilgan;

tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimi vazifasining nazariy modelini amaliyotga tatbiq etish yo‘llariga oid xulosalaridan  Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2017 yil 23 oktyabrdagi 06/602-son, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 3 noyabrdagi 04-13/1775-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalari ijtimoiy xizmat tizimining tarkibiy qismlarining funksional tomonlarining takomillashtirish va amaliy yordam ko‘rsatishning tarmoqlashuvini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish