Kuliev Aziz Abdumajidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ gastrektomiyaning roli» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/Tib1833.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dexkanovich tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsiyalangan operativ davolash usuli yordamida mahalliy tarqalgan me’da saratonini davolashning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarrohlik amaliyoti paytida o‘n ikki barmoqli ichak cho‘ltog‘ini yopishning takomillashtirilgan usuli (mexanik chok + qo‘lda ishlov berish kombinatsiyasi) qo‘llanilib, operatsiyadan keyingi pankreatit, chok etishmovchiligi va septik asoratlarning oldini olishda ishonchliligi asoslangan;
me’da osti bezi boshcha qismi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘sib kirgan holatlarda amalga oshirilgan kombinatsiyalangan palliativ operatsiyalar (R1 rezeksiya) natijalari ilk bor alohida o‘rganilgan va ularning bir yillik va ikki yillik yashovchanlikni sezilarli darajada oshirishi isbotlangan;
paraaortal va parakaval qorin parda orti limfa tugunlariga metastazlar bo‘lgan mahalliy tarqadlgan me’da saratoni bemorlarida kombinatsiyalangan jarrohlik amaliyoti va ad’yuvant kimyo terapiya samaradorligi simptomatik jarrohlik davosi o‘tkazilgan bemorlar bilan ilk bor qiyosiy tahlil qilingan va mikrometastazlarga sitostatik ta’siri tufayli kombinirlangan davoning yashovchanlikni oshirishdagi ahamiyati isbotlangan;
mahalliy tarqalgan me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor prognostik omillar o‘smaning makroskopik va mikroskopik hususiyatlariga ko‘ra kompleks tahlil qilinib, o‘smaning Borman tasnifi bo‘yicha infil`trativ-diffuz makroskopik o‘sish turi, hamda G3–G4 gistopatologik differensiatsiya darajalarida amaliyotdan keyingi asoratlar miqdori ko‘p bo‘lishi, prognostik jihatdan yomon va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ gastrektomiyaning rolini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: jarrohlik amaliyoti paytida o‘n ikki barmoqli ichak cho‘ltog‘ini yopishning takomillashtirilgan usuli (mexanik chok + qo‘lda ishlov berish kombinatsiyasi) qo‘llanilib, operatsiyadan keyingi pankreatit, chok etishmovchiligi va septik asoratlarning oldini olishda ishonchliligi asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyoyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ jarrohlik amaliyotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan va 2025 yil 17 martdagi №25-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali jarrohlik bo‘limi, 2025 yil 20 martdagi №21-sonli buyruq bilan Surxondaryo filiali jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak cho‘ltog‘ini yopishning takomillashtirilgan usuli (mexanik chok + qo‘lda ishlov berish kombinatsiyasi) qo‘llanilib, operatsiyadan keyingi pankreatit, chok etishmovchiligi va septik asoratlar miqdorini kamaytiradi. Bu esa operatsiyadan keyingi davrning yaxshiroq kechishini ta’minlab, asoratlarning oldini olishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan o‘n ikki barmoqli ichak cho‘ltog‘ini yopishning takomillashtirilgan usuli (mexanik chok + qo‘lda ishlov berish kombinatsiyasi) qo‘llanilib, operatsiyadan keyingi pankreatit, chok etishmovchiligi va septik asoratlar pasaytirish hisobiga byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga imkon bergan. Xulosa: Ishlab chiqilgan o‘n ikki barmoqli ichak cho‘ltog‘ini yopishning takomillashtirilgan usuli (mexanik chok + qo‘lda ishlov berish kombinatsiyasi) qo‘llanilib, operatsiyadan keyingi pankreatit, chok etishmovchiligi va septik asoratlar xavfini kamaytirishi isbotlangan. Bu esa operatsiyadan keyingi davrning yaxshiroq kechishini ta’minlab, asoratlarning oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga va statsionarda qolish muddatining 1-2 kunga qisqarishiga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: me’da osti bezi boshcha qismi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘sib kirgan holatlarda amalga oshirilgan kombinatsiyalangan palliativ operatsiyalar (R1 rezeksiya) natijalari ilk bor alohida o‘rganilgan va ularning bir yillik va ikki yillik yashovchanlikni sezilarli darajada oshirishi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyoyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ jarrohlik amaliyotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan va 2025 yil 17 martdagi №25-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali jarrohlik bo‘limi, 2025 yil 20 martdagi №21-sonli buyruq bilan Surxondaryo filiali jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: me’da osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘sib kirgan holatlarda amalga oshirilgan kombinatsiyalangan palliativ operatsiyalar (R1 rezeksiya) natijalari birinchi marta alohida o‘rganilgan va ularning bir yillik va ikki yillik yashovchanlikni sezilarli darajada oshirishi va hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: me’da osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘sib kirgan holatlarda amalga oshirilgan kombinatsiyalangan palliativ operatsiyalar (R1 rezeksiya) natijalari birinchi marta alohida o‘rganilgan va ularning bir yillik va ikki yillik yashovchanlikni sezilarli darajada oshirishiga, statsionarda qolish muddatini 1-2 kunga qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Bu esa davlat byudjeti xarajatlarining 10,5% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: Yangicha davolash usulini qo‘llash natijasida me’da osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘sib kirgan holatlarda amalga oshirilgan kombinatsiyalangan palliativ operatsiyalar (R1 rezeksiya) natijalari birinchi marta alohida o‘rganilgan va ularning bir yillik va ikki yillik yashovchanlikni sezilarli darajada oshirishi, statsionarda qolish muddati 1-2 kunga qisqargan va bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Bu esa davlat byudjeti xarajatlarini 10,5% ga qisqartirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: paraaortal va parakaval qorin parda orti limfa tugunlariga metastazlar bo‘lgan mahalliy tarqadlgan me’da saratoni bemorlarida kombinatsiyalangan jarrohlik amaliyoti va ad’yuvant kimyo terapiya samaradorligi simptomatik jarrohlik davosi o‘tkazilgan bemorlar bilan ilk bor qiyosiy tahlil qilingan va mikrometastazlarga sitostatik ta’siri tufayli kombinirlangan davoning yashovchanlikni oshirishdagi ahamiyati isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyoyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ jarrohlik amaliyotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan va 2025 yil 17 martdagi №25-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali jarrohlik bo‘limi, 2025 yil 20 martdagi №21-sonli buyruq bilan Surxondaryo filiali jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: paraaortal va parakaval qorin parda orti limfa tugunlariga metastazlar bo‘lgan mahalliy tarqadlgan me’da saratoni bemorlarida kombinatsiyalangan jarrohlik amaliyoti va ad’yuvant kimyo terapiya samaradorligi simptomatik jarrohlik davosi o‘tkazilgan bemorlar bilan ilk bor qiyosiy tahlil qilingan va mikrometastazlarga sitostatik ta’siri tufayli kombinirlangan davoning yashovchanlikni oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatilganligi. Iqtisodiy samaradorligi: Takomillashtirilgan paraaortal va parakaval qorin parda orti limfa tugunlariga metastazlar bo‘lgan mahalliy tarqadlgan me’da saratoni bemorlarida kombinatsiyalangan jarrohlik amaliyoti va ad’yuvant kimyo terapiya samaradorligi simptomatik jarrohlik davosi o‘tkazilgan bemorlar bilan ilk bor qiyosiy tahlil qilingan va mikrometastazlarga sitostatik ta’siri tufayli kombinirlangan davoning yashovchanlikni oshirishdagi ahamiyati aniqlangan hamda bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirishga imkon bergan, erta o‘lim holatlarining pasayishi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hisobiga davlat mablag‘lari xarajatlarining 25,5% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan paraaortal va parakaval qorin parda orti limfa tugunlariga metastazlar bo‘lgan mahalliy tarqadlgan me’da saratoni bemorlarida kombinatsiyalangan jarrohlik amaliyoti va ad’yuvant kimyo terapiya samaradorligi simptomatik jarrohlik davosi o‘tkazilgan bemorlar bilan ilk bor qiyosiy tahlil qilingan va mikrometastazlarga sitostatik ta’siri tufayli kombinirlangan davoning yashovchanlikni oshirishdagi ahamiyati isbotlanganligi hisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini ma’lum darajada qisqartirgan. Shuningdek erta o‘limning pasayishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi orqali davlat xarajatlarining 25,5% ga kamayishiga olib kelgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mahalliy tarqalgan me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor prognostik omillar o‘smaning makroskopik va mikroskopik hususiyatlariga ko‘ra kompleks tahlil qilinib, o‘smaning Borman tasnifi bo‘yicha infil`trativ-diffuz makroskopik o‘sish turi, hamda G3–G4 gistopatologik differensiatsiya darajalarida amaliyotdan keyingi asoratlar miqdori ko‘p bo‘lishi, prognostik jihatdan yomon va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyoyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ jarrohlik amaliyotini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritilgan va 2025 yil 17 martdagi №25-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali jarrohlik bo‘limi, 2025 yil 20 martdagi №21-sonli buyruq bilan Surxondaryo filiali jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan mahalliy tarqalgan me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor prognostik omillar o‘smaning makroskopik va mikroskopik hususiyatlariga ko‘ra kompleks tahlil qilinib, o‘smaning Borman tasnifi bo‘yicha infil`trativ-diffuz makroskopik o‘sish turi, hamda G3–G4 gistopatologik differensiatsiya darajalarida amaliyotdan keyingi asoratlar miqdori ko‘p bo‘lishi, prognostik jihatdan yomon va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi asoslangan hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan mahalliy tarqalgan me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor prognostik omillar o‘smaning makroskopik va mikroskopik hususiyatlariga ko‘ra kompleks tahlil qilinib, o‘smaning Borman tasnifi bo‘yicha infil`trativ-diffuz makroskopik o‘sish turi, hamda G3–G4 gistopatologik differensiatsiya darajalarida amaliyotdan keyingi asoratlar miqdori ko‘p bo‘lishi, prognostik jihatdan yomon va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi asoslangan, statsionarda qolish muddatini 2 kunga qisqartirishga va davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejashga imkon bergan. Xulosa: Taklif etilgan mahalliy tarqalgan me’da saratoni bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor prognostik omillar o‘smaning makroskopik va mikroskopik hususiyatlariga ko‘ra kompleks tahlil qilinib, o‘smaning Borman tasnifi bo‘yicha infil`trativ-diffuz makroskopik o‘sish turi, hamda G3–G4 gistopatologik differensiatsiya darajalarida amaliyotdan keyingi asoratlar miqdori ko‘p bo‘lishi, prognostik jihatdan yomon va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi asoslangan. Shuningdek, statsionarda qolish muddatini 2 kunga qisqartirib, davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejash imkonini yaratgan.
A.A.Kulievning «Mahalliy tarqalgan me’da saratonida palliativ gastrektomiyaning roli» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025 yil 8 maydagi 4350 – son xati sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.