Aminova Dilnoza Orifjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1193.
Ilmiy rahbar:Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovna,psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘MPU
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar:Umarov Bahriddin Mengbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllanishi shaxsning keng qamrovli bilimlarini shaxslararo munosabatlarda differensial semantik xususiyatlarga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra “ideal mutaxassis” obrazi haqidagi tasvvurlarning individual tipologik sifatlar orqali faoliyatga yo‘nalganlikda aks etishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
 professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllantirishning psixologik xususiyatlariga ko‘ra ta’lim jarayonida shaxsning o‘ziga bo‘lgan konstruktiv emotsional munosabati bilan bog‘liq motivlar kasbiy faoliyatga tayyorlikni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli “kasbiy Men”ni motivatsion soha asosida bemor va tibbiyot xodimi munosabatlarida namoyon bo‘luvchi kinetik imijga bog‘liq rivojlanishi aniqlangan;   
professional ta’lim o‘quvchilarining yoshga oid xususiyatlariga ko‘ra kasbiy imijning hissiy komponenti “Men-hamshira” obrazini kuchayishiga, boshqaruvchilik komponenti esa kasbiy qadriyatlarni shakllanishiga olib kelganligi tufayli shaxsiy identifikatsiyani tashabbuskorlik xususiyati asosida ijtimoiy-kasbiy identifikatsiyaga o‘zgarishiga erishish muhimligi dalillangan; 
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasiga ko‘ra bo‘lajak tibbiyot xodimining kognitiv, motivatsion xususiyatlari shaxs kasbiy o‘z o‘zini baholashining xissiy komponentini intensiv rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy imijning tashqi, kinetik va kommunikativ belgilarini faoliyat motivi bilan mutaxassis obrazi haqidagi tasavvurlar asosida uyg‘unlashuvi aniqlangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllantirishning nazariy va amaliy tadqiqiga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbga yoʻnalganlikning ifodalanganligiga ko‘ra shaxsning motivatsiyasiga integrativ rivojlanishi tufayli “o‘z-o‘zini baholash” kasbiy imij shakllanishida differensial namoyon bo‘lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi MM-246-son buyrugʻiga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi MM-246 a-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan;
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida motivatsiya namoyon bo‘lishining dinamik xususiyatlariga ko‘ra shaxsning kasbiy harakatlari shakllanganlik darajasini baholashidagi hissiy komponentning intensiv rivojlanishi tufayli kasb-hunar mehnatiga tayyorligining anglashini ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv amaliy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi MM-246-son buyrugʻiga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi MM-246a-son ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini shaxs motivatsiyasiga ko‘ra tasniflash imkoniyati yaratilgan;
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarning kasb-hunar mehnatiga tayyorligini anglashi kasbga yoʻnalganlikning namoyon bo‘lishida shaxsning motivatsion tizimi bilan identiv namoyon bo‘lishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv amaliy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi MM-246-son buyrugʻiga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan. 
(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 9-noyabrdagi MM-246a-son ma’lumotnomasi) “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan. Natijada professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari yoritib berilgan.
professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarining kasbiy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy shaxsiy motivatsiyaning praksik hislarga bogʻliq ravishda faoliyatga ijobiy emotsional munosabatni shakllanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy imijni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari isbotlangan takliflar “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan. Natijada professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida kasbiy imijni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish