Meliboeva Sarvinozxon Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PhD/Ped2391
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa  pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Bekzod Xudayberganovich, pedagogika fanlari doktori, professor. Quchqarova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik mazmunini yoritish asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
o‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyalari muayyan hunar turi yo‘nalishi bo‘yicha hunarmand sub’ektiga xos umum-kasbiy kompetensiyalarni tizimlashtirish, shaxsiy – ijodiy, tarixiy – genetik hamda etnik qadriyat tendensiyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
milliy hunarmandchilik vositasida o‘smir yoshdagi qizlarda umum-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning tashqi, ichki, tashkiliy, o‘quv-metodik, pedagogik omillari kasbiy madaniyat traektoriyasiga identifikatsiyalash, kasbiy professionallik mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyani rivojlanganlik darajasini baholash texnologiyasining muhim indikatorlari hamda glabal rivojlanishning umumiy tendensiyalari mehnat sharoitiga moslashish, xom-ashyo va materiallarni tanlash, vizual idrokka egalik kabi layoqatilarini aniqlashtirish kasbiy professionalizmning diagnistik tizimi asosida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi qizlarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, nafaqat mahalliy balki xaqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini namoyon qilish tajribasi maqsadli loyihalash, morfologik tahlil, klasterli tahlil kabi baholovchi indikatorlarini asoslash negizida amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari ustuvor tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy hamda amaliy-metodologik tavsiyalar asosida:
o‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyalari muayyan hunar turi yo‘nalishi bo‘yicha hunarmand sub’ektiga xos umum-kasbiy kompetensiyalarni tizimlashtirish, shaxsiy – ijodiy, tarixiy – genetik hamda etnik qadriyat tendensiyalariga muvofiqlashtirishga oid takliflaridan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grand doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi) Natijada o‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish mazmuni kengaytirilgan.
milliy hunarmandchilik vositasida o‘smir yoshdagi qizlarda umum-kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning tashqi, ichki, tashkiliy, o‘quv-metodik, pedagogik omillari kasbiy madaniyat traektoriyasiga identifikatsiyalash, kasbiy professionallik mezonlariga oid takliflari “Texnologik ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli ruxsatnomasi) Natijada o‘smir yoshdagi qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyalari takomillashtirishdagi hamkor sub’ektlar faoliyati kengaytirilgan. 
milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyani rivojlanganlik darajasini baholash texnologiyasining muhim indikatorlari hamda glabal rivojlanishning umumiy tendensiyalari mehnat sharoitiga moslashish, xom-ashyo va materiallarni tanlash, vizual idrokka egalik kabi layoqatilarini aniqlashtirish kasbiy professionalizmning diagnistik tizimini rivojlantirishga oid takliflari  PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grand doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-dekabrdagi 02-07-5338/04-son dalolatnomasi) Natijada, o‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umumkasbiy kompetensiyasini takomillashtirish texnologiyalari joriy etilgan.
o‘smir yoshdagi qizlarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, nafaqat mahalliy balki xaqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatini namoyon qilish tajribasi maqsadli loyihalsh, morfologik tahlil, klasterli tahlil kabi baholovchi indikatorlarini asoslashga doir takliflari “Texnologik ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli ma’lumotnomasi) Natijada o‘smir yoshdagi qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida umum-kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish