Seytnazarova Injayim Erjanovnaning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tileubergen Jumamuratov asarlarining lingvopoetik va uslubiy tahlili”, 10.00.03. – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc//Fil565.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; 
Eskeeva Magripa Kaynarbaevna, filologiya fanlari doktori, professor;
Qurbanov Muxtar Dawletbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Tileubergen Jumamuratov asarlari tilining lingvopoetik va uslubiy o‘ziga xosligini, adib she’rlarining poetik, estetik ta’sirchanlikni oshirishda uslubiy markalangan birliklar va tinish belgilarining qo‘llanilish xususiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shoir T.Jumamuratovning poetik asarlari tilidagi semantik hodisalar: omonim, sinonim va antonimlar, qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar: dialektizmlar, kasb-hunar so‘zlari va xalq xo‘jaligining ayrim sohalariga oid leksika, ko‘chma ma’nodagi birliklar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish va epitetlarning lingvopoetik maqsadda qo‘llash xususiyatlari, badiiy obrazlilik hosil qilishdagi o‘rni va ularga shoirning poetik ma’no yuklash mahoratiga ilmiy asosda baho berildi;
T.Jumamuratov asarlari tili lingvopoetik va uslubiy jihatdan kompleks tahlil qilinib, tilshunoslikdagi mavjud ilmiy-nazariy qarashlar asosida badiiy adabiyot hamda she’riyat tilini poetik nuqtai nazardan tadqiq etishga oid ilmiy tamoyillar tizimlashtirildi, natijada qoraqalpoq tili lingvopoetikasi va stilistikasining rivojlanishida yangi bosqichni belgilovchi ilmiy yondashuv shakllantirildi;
shoir T.Jumamuratov asarlaridagi fonetik vositalarning badiiy-estetik imkoniyatlari yoritilib, alliteratsiya va assonansning poetik ohangdorlikni ta’minlashdagi o‘rni, poetik evfoniya, tovush o‘zgarishi va tushib qolishi hodisalarining fonetik poetika vositasi sifatidagi funkciyasi belgilandi, fonetik troplarning lingvopoetik xususiyatlari aniqlandi;
T.Jumamuratov asarlari tilining poetik sintaksisi uslubiy yo‘nalishda tahlil qilinib, shoirning stilistik figuralardan foydalanish mahorati, ulardan: takror, ritorik undalmalar, ritorik so‘roq gaplar, gradatsiya, asindeton va polisindeton, shuningdek, ba’zi tinish belgilarining uslubiy vazifalarda qo‘llanish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritildi;
poetik tilda frazeologizmlarning uslubiy vazifalari T.Jumamuratov asarlari materiali asosida frazeologik sinonimiya, antonimiya va omonimiya hodisalari orqali tahlil qilinib, ularning uslubiy xususiyatlari ochib berildi hamda shoirning frazeologizmlarni transformatsiyalashdagi individual mahorati ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. T.Jumamuratov asarlari tilini lingvopoetik va uslubiy tadqiq qilishdan olingan natijalar asosida:
shoir T.Jumamuratovning poetik asarlari tilidagi semantik hodisalar: omonim, sinonim va antonimlar, qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar: dialektizmlar, kasb-hunar so‘zlari va xalq xo‘jaligining ayrim sohalariga oid leksika, ko‘chma ma’nodagi birliklar: metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish va epitetlarning lingvopoetik maqsadda qo‘llash xususiyatlari, badiiy obrazlilik hosil qilishdagi o‘rni va ularga shoirning poetik ma’no yuklash mahoratiga oyd xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik manzarasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 10-iyuldagi № 399/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilshunosligidagi badiiy asar tiliga oid tadqiqotlar shoirning leksik birliklar va leksik vositalarni badiiy obrazlilik yaratishdagi uslubi va usullari, ularga poetik ma’no yuklash mahorati aniqlangan, yangi ilmiy manbalar bilan boyitilgan;
T.Jumamuratov asarlari tili lingvopoetik va uslubiy jihatdan kompleks tahlil qilinib, tilshunoslikdagi mavjud ilmiy-nazariy qarashlar asosida badiiy adabiyot hamda she’riyat tilini poetik nuqtai nazardan tadqiq etishga oid ilmiy tamoyillar tizimlashtirildi, natijada qoraqalpoq tili lingvopoetikasi va stilistikasining rivojlanishida yangi bosqichni belgilovchi ilmiy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2022-2024-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 9-iyuldagi 305-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tilining badiiy imkoniyatlarini shoir asarlari tili asosida o‘rgatishda, qoraqalpoq tilining lingvopoetikasi va uslubiyatini yaxlit tahlil qilishda yangicha tahlil metodikasi yaratilgan;
shoir T.Jumamuratov asarlaridagi fonetik vositalarning badiiy-estetik imkoniyatlari yoritilib, alliteratsiya va assonansning poetik ohangdorlikni ta’minlashdagi o‘rni, poetik evfoniya, tovush o‘zgarishi va tushib qolishi hodisalarining fonetik poetika vositasi sifatidagi funksiyasi belgilandi, fonetik troplarning lingvopoetik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi tomonidan qoraqalpoq tili darsliklarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 26-avgustdagi 100-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning qoraqalpoq tili lug‘at boyligida  fonetik  vositalarning  badiiy-estetik imkoniyatlarini anglash va qo‘llash ko‘nikmalari oshgan,   lingvopoetik va uslubiy ma’noni to‘g‘ri talqin etish kompetensiyalari rivojlanib,  ularning nutq madaniyatini fonetik vositalar asosida boyitishga ko‘maklashgan;
T.Jumamuratov asarlari tilining poetik sintaksisi uslubiy yo‘nalishda tahlil qilinib, shoirning stilistik figuralardan foydalanish mahorati, ulardan: takror, ritorik undalmalar, ritorik so‘roq gaplar, gradatsiya, asindeton va polisindeton, shuningdek, ba’zi tinish belgilarining uslubiy vazifalarda qo‘llanish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq shoirlari bo‘yicha tashkil etilgan ekspozisiyalarni mazmunan boyitishda, ekskursiya darslarini o‘tishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 8-iyuldagi 01-02/03-150-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning qoraqalpoq adabiyoti tarixi va madaniyatini yorituvchi ko‘rgazmalarga tayyorlangan ekskursiya matnlari qoraqalpoq tilshunosligida T.Jumamuratov asarlari tilini lingvopoetik-uslubiy yo‘nalishda yangicha tahlil qilish usullari haqida mavzuga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
poetik tilda frazeologizmlarning uslubiy vazifalari T.Jumamuratov asarlari materiali asosida frazeologik sinonimiya, antonimiya va omonimiya hodisalari orqali tahlil qilinib, ularning uslubiy xususiyatlari ochib berildi hamda shoirning frazeologizmlarni transformatsiyalashdagi individual mahoratiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanali davlat tashkilotining “Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!”, “Gavhar so‘zlar” ko‘rsatuvlari va teleradio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokanali davlat tashkilotining 2025-yil 7-iyuldagi № 05-22/394-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq poeziyasida frazeologizmlarning semantik tabiati, uslubiy xususiyatlari va transformatsiyalash usullari T.Jumamuratovning mazkur vositalardan foydalanishdagi o‘ziga xos uslubi, mahorati asosida aniqlangan yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan. Aholining ushbu mavzuga doir qiziqishlari ortib, shoir asarlarini o‘qishga ishtiyoqining kuchayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish