Risvaeva Charos Zaydilla qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Individual yondashuv asosida talabalarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo‘nalishi misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10214.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kaxxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi; Misirov Sohibjon, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talaba yoshlarda yetakchilik qobiliyatini individual yondashuvlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
liderlik fazilatlarni, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishda kommunikativ, ijtimoiy faollik kompetensiyalarining o‘rni va talabalarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, jamoaviy ishlardan faol qatnashish, muammolarni hal etish, kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan holda mazkur jarayonning psixologik-pedagogik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talaba yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish tuzilmasining tashkiliy va funksiyanal komponentlari mazmuni, mezonlari aniqlashtirilib, internet-ijtimoiylashuv jarayonida ijtimoiy-foydali faoliyat turiga jalb etish orqali liderlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalash, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (personality-oriented learning), loyihaviy (project-based), interfaol (interactive), modellashtirish (modeling), keys stadi (case-study), guruhli munozara (group discussion), aqliy hujum (brainstorming) va muammoga yo‘naltirilgan (problem-based) metodlarni integratsiyalashtirish orqali optimallashtirilgan;
ingliz tili kontekstida talabalarning yetakchilik qobiliyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlari aniqlashtirilib, pedagogik jarayon modeli oltita asosiy blok va motivatsion-qadriyatli komponent; mazmuniy-faoliyatli komponent; metodik-jarayonli; natijaviy-baholash komponentlari asosida metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim platformalarini (Trello, Asana, Mind tools, kahoot, mentimeter, padlet, zoom, MS teams, google meet) integratsiyalash orqali autentik amaliy topshiriqlar majmui hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, talabalarning yetakchilik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks axborot-didaktik tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talaba yoshlarning yetakchilik ko‘nikmalarini oshirishda ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, jamoaviy ishlarda faol qatnashish, muammolarni hal etish, kasbiy va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 28 iyundagi №04/11-8176 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yetakchilik ko‘nikmalarini oshirish jarayonining psixologik-pedagogik xususiyatlari aniqlashtirilib, talabalarning yetakchilik, ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalari, kommunikativ kompetentligini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
talaba yoshlarning yetakchilik kompetensiyalari tuzilmasining tashkiliy va funksiyanal komponentlari mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilib, internet-ijtimoiylashuv jarayonida ijtimoiy-foydali faoliyat turiga jalb etish hamda ta’lim jarayoniga loyihaviy (project-based), interfaol (interactive), modellashtirish (modeling), keys stadi (case-study), guruhli munozara (group discussion), aqliy hujum (brainstorming) va muammoga yo‘naltirilgan (problem-based) metodlarni integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonidagi ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 28 iyundagi №04/11-8175 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, individual yondashuvlar asosida yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik jarayon modeli takomillashtirilgan;
talabalarning yetakchilik qobiliyati, ijtimoiy faolligi va kommunikativ kompetensiyalarini raqamli ta’lim platformalari (Kahoot, Mentimeter, Padlet, Zoom, MS Teams, Google Meet) asosida rivojlantirish yo‘llarini aniqlash asosida rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha mul`timedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 28 iyundagi №04/11-8174 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, interfaol yondashuv va didaktik o‘yinlar texnologiyasi asosida axborot-didaktik ta’minot yaratilgan hamda talabalarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlarining optimallashtirilishiga xizmat qilgan.