Abduxalilov Obomuslim Abdumajid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish nasos stansiyalari markazdan qochma nasoslarining ish rejimini hisoblash usulini takomillashtirish” 05.09.06–“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Shakirov Baxtiyar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ergashev Rustam Raximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Juraev Sanjar Rashidovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sug‘orish nasos stansiyalari ish rejimini xisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha nasos kuraklarining optimal burchagini aniqlash va asosiy ish ko‘rsatgichlarini hisoblashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markazdan qochma nasoslarda oqim qarshiliklarini kamaytirish shartlarini inobatga olgan holda ishchi g‘ildiragi kuraklari burchagi hisoblash usuli ta’komillashtirilgan;
markazdan qochma nasosning ishchi ko‘rsatkichlarini, kuraklar burchagi bilan bog‘langan hisoblash usuli asosida nasosning suv sarf va bosimini hisoblaydigan gidravlik modeli takomillashtirilgan;
markazdan qochma nasoslar suv uzatish qobilyatini va foydalish ish koeffisienti inobatga olgan holda nasos stansiyasining ish rejimini baholash usuli ishlab chiqilgan;
nasos stansiyalari markazdan qochma nasoslarining ishchi g‘ildiragini minimal eyilishini dasturiy hisoblash usuli asosida nasosning yangi parametrlari va ishchi xarakteristikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Sug‘orish nasos stansiyalaridagi markazdan qochma nasoslarning ish rejimini hisoblash usulini takomillashtirish asosida:
markazdan qochma nasos kuraklari burchagini hisoblash usuli orqali, yangi parametrlar asosida nasos ishchi g‘ildiragi tayyorlanib “Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” va “Gidrostroy biznes” ma’suliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 02/19-2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyadagi markazdan qochma nasosning suv chiqarish qobilyati 108 m3/soatga oshirildi;
nasos stansiyalari markazdan qochma nasoslarining ish rejimini hisoblash usuli “Norin-Sirdaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” va “Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 02/19-2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyaning foydali ish koeffisenti - 3...4 % ga ortdi;
nasos stansiyalari markazdan qochma nasos ishchi g‘ildiragi kuraklarining burchagini o‘zgarishiga bog‘liq suv sarfi, bosimi va foydali ish koeffisientini aniqlovchi elektron dastur “Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” va “Gidrostroy biznes” ma’suliyati cheklangan jamiyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 02/19-2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyaning ish rejimini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.