Azizova Ziroat Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgasha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped5344
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoʻqon davlat universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qoʻqon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:
Qo‘chqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda liderlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy faoliyat tizimi tarbiyalanuvchilarda erkin fikrlash qobiliyatini konstruksiya o‘yinlarida hissiy moslashuvchanlik va intellektual topqirlikni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirishda didaktik vositalar orqali interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilishida insonparvarlik va ahloqiy qadriyatlar ta’sirchanligini singdirib borish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish metodikasini TRIZ ta’lim texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarda ijodiy va kreativ fikirlash ko‘nikmasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish samaradorligi integrativ mashg‘ulotlar va didaktik o‘yin texnologiyalari orqali mustaqil qaror qabul qilish motivatsiyani oshirishga qaratilgan ijobiy emotsional muhitiga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda liderlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan ta’limiy faoliyat tizimi tarbiyalanuvchilarda erkin fikrlash qobiliyatini konstruksiya o‘yinlarida hissiy moslashuvchanlik va intellektual topqirlikni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalardan PZ-20I7927I24 raqamli “Ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 9-iyundagi 11-05-3733/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirishga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirishda didaktik vositalar orqali interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilishida insonparvarlik va ahloqiy qadriyatlar ta’sirchanligini singdirib borish asosida takomillashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar PZ-20I7927I24 raqamli “Ta'lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 9-iyundagi 11-05-3733/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish metodikasini TRIZ ta’lim texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarda ijodiy va kreativ fikirlash ko‘nikmasini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar IL-402104274 raqamli “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma'lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 9-iyundagi 11-05-3733/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish modeli metodik o‘yin va texnologiyaalar asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirish samaradorligi integrativ mashg‘ulotlar va didaktik o‘yin texnologiyalari orqali mustaqil qaror qabul qilish motivatsiyani oshirishga qaratilgan ijobiy emotsional muhitiga ko‘ra aniqlashtirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 28-maydagi 05-09-751-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning liderlik qobiliyatini shakllantirishning didaktik ta’minoti «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi talablari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.