Muradova Maftuna Komilovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirish”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped 4783
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
1) Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Pulatxon Muxibullaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor; Azimova Ziyodaxon Ergashevna pedagogika fanlari doktori, professor.
1. Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning konseptual asoslari motivatsion, mazmunli-faoliyatli, shaxsiy-kommunikativ va refleksiv-baholovchi komponentlari hamda pedagogik liderlik, refleksiv pozisiya, hamkorlik pedagogikasi kabi aloqador jihatlarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi va qayta aloqasi dinamikligi barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini hisobga olish, bunda o‘quv mavzulari mazmuniga umumiy yo‘nalishni ko‘rsatuvchi xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi, o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita aloqadorlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirish modeli motivatsion-jarayonli, faoliyatli, natijaviy bloklarning o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarni hisobga olish hamda mazkur jarayonda insonparvarlik, madaniy an’analarni hisobga olish, shaxs va ta’limga qadriyatli munosabatda bo‘lish, tarbiyaning ijtimoiy sharoitga mosligi, dialogizm va paritet tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari shaxslararo munosabatga kirishish madaniyatini tarkib toptirish orqali ijobiy ta’sir etish, ijtimoiy-perseptiv ko‘nikmalarni rivojlantirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni ilmiy izlanuvchan faoliyatga jalb etish, amaliylik va ijodiy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning konseptual asoslarini motivatsion, mazmunli-faoliyatli, shaxsiy-kommunikativ va refleksiv-baholovchi komponentlari hamda pedagogik liderlik, refleksiv pozisiya, hamkorlik pedagogikasi kabi aloqador jihatlarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi va qayta aloqasi dinamikligi barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirish, pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini o‘quv modullari orasida ichki integratsiya barqarorligini hisobga olish, bunda o‘quv mavzulari mazmuniga umumiy yo‘nalishni ko‘rsatuvchi xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi, o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita aloqadorlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi Davlat ta’lim standarti va 60110100 – Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetensiya sohalari va standartlarini loyihalashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda partisipativ kompetentlikni rivojlantirish modelini motivatsion-jarayonli, faoliyatli, natijaviy bloklarning o‘zaro sinxron aloqadorligi o‘zgarishlarni hisobga olish hamda mazkur jarayonda insonparvarlik, madaniy an’analarni hisobga olish, shaxs va ta’limga qadriyatli munosabatda bo‘lish, tarbiyaning ijtimoiy sharoitga mosligi, dialogizm va paritet tamoyillarini tatbiq etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2024-yil 4-iyuldagi 11/3.1-son qarori, 2024/254U-394-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning partisipativ yondashuvning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanishga doir malakasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
partisipativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini shaxslararo munosabatga kirishish madaniyatini tarkib toptirish orqali ijobiy ta’sir etish, ijtimoiy-perseptiv ko‘nikmalarni rivojlantirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni ilmiy izlanuvchan faoliyatga jalb etish, amaliylik va ijodiy yo‘nalganlikka ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 29-yanvardagi 02/01-01-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning jamoaviy hamkorlikdagi ijodiy ishni tashkil etishga tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.