Siddiqov Murodxo‘ja Abdujalol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polisaxaridlarning karboksimetilli kompozisiyalarini sintezi va ularni qullanilish sohalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5839.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Allaberdiev Farxod Xamroevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kaliforniya teragi ikkilamchi xomashyosidan olingan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza asosida polisaxaridlarning karboksimetilli kompozisiyalarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gugurt ishlab chiqarishda foydalaniladigan Kaliforniya teragining ikkilamchi xom ashyosidan birinchi bosqichda 60 daqiqa davomida mexanik yanchish va ikkinchi bosqichda 1600C haroratda 40 g/l konsentratsiyali ishqor eritmasi ishtirokida 80 daqiqa mobaynida ishqoriy ishlov berish yordamida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olingan;
Kaliforniya teragining ikkilamchi xom ashyosidan olingan sellyuloza unumi 54,6%, kul miqdori 0,93%, α-sellyuloza 94,8%, hamda polimerlanish darajasi 1050 ni tashkil etishi va kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish texnologik jarayonlarining maqbul parametrlari aniqlangan;
“Kaliforniya” navli terak sellyulozasi, paxta sellyulozasi va kraxmal asosida polisaxaridlarning 105/1000, 100/950, 105/750, 95/850 markali karboksimetilli kompozisiyalarini olishning “SISTEM” usuli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sintez qilingan karboksimetilli kompozisiyalar asosida neft-gaz sanoati uchun burg‘ulash qorishmalarini barqarorlashtiruvchi reagentlar olingan va ularning sifat ko’rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gugurt ishlab chiqarish sanoati chiqindilaridan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terak, paxta sellyulozalari va kraxmallar asosida polisaxaridlarning karboksimetilli kompozisiyalarini sintezining yaratilgan innovatsion texnologiyasi “Karbonam” MChJda burg‘ulash qorishmalarini yangi barqarorlovchi tarkibi ishlab chiqish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya qo’shma korxonasining 2023 yil 26 apreldagi 238-01/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan Na-KMS va PAS larning qo‘shilishi burg‘ulash eritmasining filtratsion va reologik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
olingan polisaxaridlarning karboksimetilli kompozisiyalarini asosida sintez qilingan Na-KMS va PAS lar “Karbonam” MChJda burg‘ulash qorishmalarini ishlab chiqarish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo’shma korxonasining 2023 yil 26 apreldagi 238-01/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan Na-KMS va PAS ni burg‘ulash eritmalarini tayyorlashda import qilinadigan reagentlar o‘rniga qo‘llash imkonini bergan.