Abdullaev Sardor Husniddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharli tegirmonlar qoplamalarini konstruksiyasini takomillashtirish asosida ularning ishlash samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5277.
Ilmiy rahbar: Abduazizov Nabijon Azamatovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Rayxonov Shuhrat Zaripovich, texnika fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sharli tegirmon himoya qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarini ishlab chiqish asosida ularning ekspluatatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sharli tegirmon qoplamalarida ilashish koeffisenti miqdorining o‘zgarishi normal reaksiya kuchi, og‘irlik kuchi va ta’sir kuchi hisobidan hosil bo‘ladigan ishqalanish koeffisientlari qiymatlari asosida aniqlangan;
tog‘ jinslarini sharli tegirmonda yanchish jarayonida ilashuv kuchlari va harorat miqdorlarini hisobga olgan holda, qoplamaning tog‘ jinsi hamda po‘lat sharlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadigan ilashish koeffisientlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan hamda ularni hisoblash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
sharli tegirmon barabani silindr qismi qoplamalari konstruksiyasi sharlar va tog‘ jinslari o‘rtasidagi o‘zaro dinamik ta’sir jarayonlarini modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
sharli tegirmon va tog‘ jinslarining geometrik parametrlari, ilashish koeffisenti, kontakt yuzada hosil bo‘luvchi bosim va material qattiqligini hisobga olgan holda tegirmon qoplamalarining hajmiy edirilish miqdorlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharli tegirmon barabani silindr qismi qoplamalari konstruksiyasini takomillashtirish evaziga yanchish jarayoni ko‘rsatkichlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sharli tegirmon barabani silindr qismi qoplamalari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli 2-gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 20 martdagi 23/01-01-07/220-son ma’lumotnomasi). Natijada, MMS-7000x2300 rusumli tegirmonlarining avvalgi qo‘llanilgan qoplamalariga nisbatan edirilishga chidamliligi 25% ga oshish imkonini bergan;
sharli tegirmon barabani silindr qismi tuynuk (lyuk) lari qoplamalari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli 2-gidrometallurgiya zavodida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 20 martdagi 23/01-01-07/220-son ma’lumotnomasi). Natijada, MMS-7000x2300 rusumli tegirmon barabani silindr qismi tuynuk (lyuk) larida avvalgi qo‘llanilgan qoplamalariga nisbatan edirilishga chidamliligi 25% ga oshish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish