Muxammadiyarov Aydos Joldasbay o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq she’riyatida “Soul/Ruwx” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5723.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tajieva Aliya Utebaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abidova Roxatoy Xudayberganovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq she’riyatida “Soul/Ruwx” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillarining lisoniy va poetik olam manzarasida “Soul/Ruwx” konseptining lingvomadaniy mazmuni, konseptual tuzilmasi va metaforik modellar tizimi kompleks konseptual tahlil asosida aniqlanib, ilmiy jihatdan ochib berilgan;
“Soul/Ruwx” konseptining konseptual maydoni ishlab chiqilgan va shu asosida leksik-semantik makonda definisiya usuli orqali ikki til olam manzarasida konseptning leksik-semantik xususiyatlari asoslab berilgan;
“Soul/Ruwx” konseptiga oid frazeologik birliklar asosida komponentlashtirish orqali konseptning ingliz va qoraqalpoq frazeologik portreti yaratilgan va matn tarjimasidagi konsept freymlari dalillangan;
“Soul/Ruwx” konseptining ingliz va qoraqalpoq she’riyatida konseptual metaforalar orqali ifodalanish xususiyatlari o‘rganilgan hamda mavzuviy tasniflar asosida konseptning milliy ong va milliy-madaniy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida “Soul/Ruwx” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillarining lisoniy va poetik olam manzarasida “Soul/Ruwx” konseptining lingvomadaniy mazmuni, konseptual tuzilmasi va metaforik modellar tizimi kompleks konseptual tahliliga doir ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini joriy etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 14-maydagi 284/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan tillarda “Soul/Ruwx” konsepti haqidagi madaniy qarashlar yanada takomillashtirilgan;
“Soul/Ruwx” konseptining ingliz va qoraqalpoq she’riyatida konseptual metafora orqali ifodalanish xususiyatlari o‘rganilgan va mavzuviy tasniflar asosida konseptning milliy ong va milliy-madaniy xususiyatlariga oid fikrlar Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining har oyning 12-sanasida o‘tkaziladigan seminar-kengashida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 28-martdagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yosh ijodkorlar” seminar-kengashida Shekspir/Ajiniyoz va Bayron/I.Yusupov she’riyatining bir-biridan farqlanishi, ularning she’r yozish uslubi, poetik motiv, lirik qahramon, qofiya, ritm va ohangi qanday ekanligi, shuningdek, ular qanday milliy-madaniy xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlar yosh shoirlarga tanishtirilgan;
“Soul/Ruwx” konseptining konseptual maydoni va shu asosda leksik-semantik sathda definisiya usuli orqali ikki til olam manzarasida konseptning leksik-semantik xususiyatlari haqidagi natijalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyidagi ikki xalq adabiyoti vakillari eksponatlarining izohlarida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-14-maydagi 01-02/03-103-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning yangi binosi ekspozisiyasida qo‘yiladigan eksponatlarga keltirilgan izohli tarjimalarda ilmiy ish materiallaridan foydalanilgan;
“Soul/Ruwx” konseptiga oid frazeologik birliklar asosida komponentlashtirish orqali konseptning ingliz va qoraqalpoq frazeologik portreti va matn tarjimasida konsept freymlariga oid ma’lumotlar bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Jańalıqlar” dasturi va “Dáwir napesi” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanalining 2025-yil 22-avgustdagi 05-22/486-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda aniqlangan “Soul/Ruwx” konseptiga oid frazeologik birliklar va matn tarjimasidagi freym xususiyatlari teleradiokanal tajribasida badiiy mazmunni boyitishda foydalanishga xizmat qilgan.