Gadaymuratov Shuhrat Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini texnologik jarayonlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlash misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.2.PhD/Ped3341
Ilmiy rahbar: Mukumova Feruza Xudoyqulovna, Termiz davlat unversiteti  dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent – Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich – Termiz davlat unversiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc). 
ikkinchi opponent – Zaripov Lochin Rustamovich – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni texnologik jarayonlar asosida rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatini tashkil etishda texnologik jarayonlar uzviyligini ta’minlovchi maxsus dastur hamda tayyorlov, metodik va bilish bosqichlariga tashxislash komponentini qo‘shish asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning integrativ-tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
bo‘laјak texnologiya fani o‘qituvchilarida kaѕbiy komretenѕiyalarni (loyihaviy, texnologik, kreativ) rivoјlantiriѕhning maqsadli, jarayonli va nativaviy bloklardan tashkil topgan pedagogik modeli texnologik jarayon bosqichlari (loyihalash, xom ashyo tayyorlash, ishlab chiqarish, sifat nazorati, tanlovda qatnashish va buyumni transformatsiya qilish) ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi texnologik jarayonlarning olti bosqichli komponentlarini belgilash hamda “Creative master”, “P-work” o‘qitish texnologiyalari hamda “In-Teacher” dasturining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi nostandart topshiriqlar, texnologik xaritalar va ijodiy faoliyatni baholovchi vositalar mazmuni o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan baholash mezonlari (kognitiv, afektiv, psixomotor) hamda o‘zlashtirish darajalari asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatini tashkil etishda texnologik jarayonlar uzviyligini ta’minlovchi maxsus dastur hamda tayyorlov, metodik va bilish bosqichlariga tashxislash komponentini qo‘shish asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning integrativ-tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilga oid taklif va tavsiyalar 60112300-Texnologik ta’lim yo‘nalishining malaka talabi hamda “Texnologiya ta’limi praktikumi (1-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 6-iyundagi 02/01-01-50-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, №491558-raqamli guvohnoma). Natijada, texnologik ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan majburiy va tanlov fanlari mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
bo‘laјak texnologiya fani o‘qituvchilarida kaѕbiy komretenѕiyalarni (loyihaviy, texnologik, kreativ) rivoјlantiriѕhning maqsadli, jarayonli va nativaviy bloklardan tashkil topgan pedagogik modeli texnologik jarayon bosqichlari (loyihalash, xom ashyo tayyorlash, ishlab chiqarish, sifat nazorati, tanlovda qatnashish va buyumni transformatsiya qilish) ga ustuvorlik berish asosida takomillash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan “Materialshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №314-65-raqamli guvohnoma; Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 6-iyundagi 02/01-01-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi texnologik jarayonlarning olti bosqichli komponentlarini belgilash hamda “Creative master”, “P-work” o‘qitish texnologiyalari hamda “In-Teacher” dasturining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilga doir tavsiyalar “Materialshunoslik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, №491557-raqamli guvohnoma; Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 6-iyundagi 02/01-01-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida ijodiy fikrlash va texnologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi nostandart topshiriqlar, texnologik xaritalar va ijodiy faoliyatni baholovchi vositalar mazmuni o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan  baholash mezonlari (kognitiv, afektiv, psixomotor) hamda o‘zlashtirish darajalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli darslikni tayyorlashda, shuningdek, 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: Evropa kasbiy ta’limi uchun ECVET kredit tizimini Rossiya va O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida sinovdan o‘tkazish” (2020-2023-yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, №491561-raqamli guvohnoma; O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 14-martdagi 01-20-09/343-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni texnologik jarayonlar asosida rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish