Mambetnazarov Islambek Muratbaevichning
pedagogika fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishning metodologik asoslari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped1199.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Korobeynikov Georgiy Valerovich biologiya fanlari doktori, professor; Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Muxammadiev Komil Burxanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarlikni takomillashtirishda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuzaga keladigan eshkak eshishdagi texnik elementlarni salbiy faktorlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni korreksiya qilishga qaratilgan mashqlar majmuasini orqali eshish harakatlarini reflektor darajada avtomatlashtirishga etkazish hisobiga eshish texnik mahorati takomillashtirilgan;
akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot yuklamalarini optimal rejalashlashtirish jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasi, malaka va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yosh toifasiga, eshish jarayonida suvni ilish, eshish uzunligi, shiddati, kuchi hamda qayiq sozlash parametrlarini modellashtirish hisobiga texnik tayyorgarligini oshirish uslubiyati takomillashtirilgan;
akademik eshkak eshish fazalaridagi xatolarni aniqlash uchun asosiy fazalardagi biomexanik tahlil qilish, mikrofazalar xarakteristikasida mushak kuchi, harakat tezligi va burchaklarni o‘lchash, eshkakni suvga tushirish, to‘g‘ri burchak va harakatning silliqligi inobatga olib o‘tish fazasida kuch muvozanatini nazorat qilish, oxirgi fazada engil eshish kabi harakatlarni amalga oshirish hisobiga barqaror jismoniy holatni namoyon qilishga erishilgan;
akademik eshkak eshuvchilarning funksional ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida musobaqa foaliyatida Consept 2 ergometrida bir soatlik eshkak eshish texnik harakatlarini to‘g‘ri, takroriy bajarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan harakatlarning sinxronligi hamda muvofiqligini ta’minlash hisobiga eshishda maksimal energiya sarfini taqsimlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali eshkak eshuvchilarning texnik elementlarni bajarish ketma-ketligini takomillashtirish uchun harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan psixologik va vizual mashqlarni yuqori shiddatga olib chiqishda bajariladigan elementlarni muvoffiqlikda qo‘llash orqali tog‘ri eshishni avtomatlashtirish, texnik xatolarni minimal darajaga tushirish hisobiga musobaqa foaliyatida yuzaga keladigan turli murakkab-texnik vaziyatlarda harakatlarni to‘xtovsiz bajarish imkoniyatlari oshirilgan;
eshish jarayonida dinamik va statik harakatlarni bajarishda zarur bo‘lgan lokal mushaklarni ishlash samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan maxsus mashqlar kompleksi yordamida eshish vaqtida mushaklarni uzoq vaqt shiddatli harakatlini yaxshilash hisobiga akademik eshkak eshuvchilarning startdagi harakatlarni yuqori sur’atda bajarish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarlikni takomillashtirishda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yuzaga keladigan eshkak eshishdagi texnik elementlarni salbiy faktorlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni korreksiya qilishga qaratilgan mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston yoshlar terma terma jamoasi a’zolarining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-apreldagi
01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik eshkak eshuvchilarning texnik tayyorgarligi o‘rtacha 14,7% ga yaxshilanishga erishilgan;
akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot yuklamalarini optimal rejalashlashtirish jarayonida jismoniy tayyorgarlik darajasi, malaka va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yosh toifasiga, eshish jarayonida suvni ilish, eshish uzunligi, shiddati, kuchi hamda qayiq sozlash parametrlarini modellashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar yosh akademik eshkak eshuvchilar mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
3-apreldagi 01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1000 m. bosib o‘tishda vaqt ko‘rsatkichi 3:37,43 natijani, nisbiy o‘sish 13,36%, (P<0,01) tashkil qilgan;
akademik eshkak eshish fazalaridagi xatolarni aniqlash uchun asosiy fazalardagi biomexanik tahlil qilish, mikrofazalar xarakteristikasida mushak kuchi, harakat tezligi va burchaklarni o‘lchash, eshkakni suvga tushirish, to‘g‘ri burchak va harakatning silliqligi inobatga olib o‘tish fazasida kuch muvozanatini nazorat qilish, oxirgi fazada engil eshish bo‘yicha sinaluvchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-apreldagi
01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik eshkak eshishda maksimal aylanish esa 32-37 daqiqalar oralig‘ida 32,0 %ga yaxshilanishga erishilgan;
akademik eshkak eshuvchilarning funksional ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida musobaqa foaliyatida Consept 2 ergometrida bir soatlik eshkak eshish texnik harakatlarini to‘g‘ri, takroriy bajarish qobiliyatini oshirishga qaratilgan harakatlarning sinxronligi hamda muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar akademik eshkak eshish mashg‘ulot jarayonida tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-apreldagi 01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshkak eshish soni tadqiqot boshida 25 ta bo‘lsa tadqiqot oxirida 21 taga yaxshilangan;
malakali eshkak eshuvchilarning texnik elementlarni bajarish ketma-ketligini takomillashtirish uchun harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan psixologik va vizual mashqlarni yuqori shiddatga olib chiqishda bajariladigan elementlarni muvoffiqlikda qo‘llash orqali tog‘ri eshishni avtomatlashtirish, texnik xatolarni minimal darajaga tushirish bo‘yicha taklifa va tavsiyalar akademik eshkak eshish mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil
3-apreldagi 01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik eshkak eshuvchilarning psixologik tayyorgarligi umumiy hisobda 13,9% ga yaxshilangan;
eshish jarayonida dinamik va statik harakatlarni bajarishda zarur bo‘lgan lokal mushaklarni ishlash samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan maxsus mashqlar kompleksi yordamida eshish vaqtida mushaklarni uzoq vaqt shiddatli harakatlini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar akademik eshkak eshish mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 3-apreldagi 01-19/1810-son ma’lumotnomasi). Natijada, soat boshida bel-chanoq nisbati eshish boshida bukish 3,4 ± 1,7 va yakunlashda 0,8 ± 0,5 ni tashkil etdi. 14-19 daqiqalarda, ya’ni B vaqt nuqtasida, o‘sish kuzatilib, bukishda 3,8 ± 2,0 gacha yaxshilangan.