Rajabova Nilufar Egamberganovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm vohasi ziyoratgoh nomlaridan ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/Ped4534
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.    
Ilmiy rahbar: Yuldashev Doniyor Taxirovich filologiya fanlari doktori
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Qoraqalpoq davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Yusupov Konisbay Abilovich hamda Buxoro davlat universiteti professori,  pedagogika fanlari doktori Olimov Shirinboy Sharapovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi ziyoratgoh nomlarining ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyoratgoh nomlarining tarixiy-ligvistik ahamiyati ajdodlar tomonidan to‘plangan bilimlar va madaniy tajribani uzatishda namoyon bo‘ladigan tilning akkumulyativ funksiyasi va axborot olish manbai sifatida leksikaning dominant tavsifga egaligini dalillash orqali asoslangan;
ziyoratgoh nomlarining lingvodidaktik imkoniyatlari o‘zbek tilini tarix fani bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan lingvomadaniy-konseptual yondashuvning “konsept-realiya-mifologema” triadasiga asoslangan o‘qitish modelining empirik samaradorligi validligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
ziyoratgoh nomlaridan ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanishning tushunchalar tahlili – bilim-tanishuv – bilim-kopiya – bilim-ko‘nikma va malaka – bilim-transformatsiya bosqichlari kontekstual va narrativ o‘qitish texnologiyalarning kavazikasbiy imkoniyatlarini “to‘yintirish” dinamikasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
ziyoratgoh nomlaridan ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanishning mamlakatshunoslikning analitik, xorologik, xronologik, formal-mantiqiy, madaniy va lingvomadaniyatshunoslikning analitik, situativ texnikalari til va madaniyat ta’limiga muvofiq struktur-kontent adaptivlikning produktiv darajasini boyitish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi ziyoratgoh nomlari ta’lim va tarbiya vositasi ekanligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ziyoratgoh nomlarining tarixiy-ligvistik ahamiyatini ajdodlar tomonidan to‘plangan bilimlar va madaniy tajribani uzatishda namoyon bo‘ladigan tilning akkumulyativ funksiyasi va axborot olish manbai sifatida leksikaning dominant tavsifga egaligini dalillash orqali asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xorazm viloyati ziyorat turizmi obektlari bo‘yicha ma’lumotlar paketini shakllantirish, turistlarning kelayotgan mamlakati, madaniyati, urf-odatlari, diniy qadriyatlari kabilarini e’tiborga olingan holda tur paketlarni tasniflashda foydalanilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 5-apreldagi  04-12-08-2076-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyoratgoh nomlari inson ruhiyatiga eng samarali ta’sir qiluvchi onomastik birlik sanalishini targ‘ib qilish imkonini yaratgan;
ziyoratgoh nomlarining lingvodidaktik imkoniyatlarini o‘zbek tilini tarix fani bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladigan lingvomadaniy-konseptual yondashuvning “konsept-realiya-mifologema” triadasiga asoslangan o‘qitish modelining empirik samaradorligi validligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xorazm Ma’mun akademiyasining A-FA-2019-9. “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” (2019-2021 yy.) amaliy loyihasining Xiva Ichon qa’la davlat muzey qo‘rqixonasidagi ziyoratgohlar to‘g‘risidagi asarlarni o‘rgnish qismini bajarishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 6-aperldagi 54/2-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilini o‘qitishda yozma manbalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan; 
ziyoratgoh nomlaridan ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanishning tushunchalar tahlili – bilim-tanishuv – bilim-kopiya – bilim-ko‘nikma va malaka – bilim-transformatsiya bosqichlarini kontekstual va narrativ o‘qitish texnologiyalarning kavazikasbiy imkoniyatlarini “to‘yintirish” dinamikasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 20-fevralda erifga uzatilgan “Assalom, Xorazm!” dasturi ssenariyasini tuzishda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokomponiyasining 2023-yil 6-aprel 351-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm vohasi ziyoratgoh nomlarining ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
ziyoratgoh nomlaridan ta’lim va tarbiya vositasi sifatida foydalanishning mamlakatshunoslikning analitik, xorologik, xronologik, formal-mantiqiy, madaniy va lingvomadaniyatshunoslikning analitik, situativ texnikalarini til va madaniyat ta’limiga muvofiq struktur-kontent adaptivlikning produktiv darajasini boyitish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturitshtp VII. “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish hamda turizmni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 17-iyundagi 02/02-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki turizmni rivojlantirishda ziyoratgohlarga tashrif buyurishga doir targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish