Kataeva Mukarama Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mobil o‘qitish orqali talabalarda chet tilini mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini oshirish metodikasi (texnika yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2422.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusalievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sobirova Maxbubaxon Yusubjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamajanova Nozima Adhamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi texnik yo‘nalishi talabalariga mobil o‘qitish orqali chet tillini mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini  oshirishdagi metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tili fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda nutq, leksik va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan mobil o‘quv dasturiy ta’minot asosida ta’lim metodikasi hamda til kompetensiyalarini samarali shakllantirishda interfaol (interactive) va hamkorlikda (collaborative) o‘qitish omillarini integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil o‘qish (reading), yozish (writing), tinglash (listening) va gapirish (speaking) ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi modelning interaktiv yozuv mashqlari va adaptiv o‘qitish texnologiyasi sun’iy intelekt (o‘rgatuvchi, shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, tekshiruvchi, tashxislovchi, yo‘naltiruvchi) komponentlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilini samarali o‘qitish maqsadida Blended-learning va Flipped-learning texnologiyalariga asoslangan intensiv o‘qishga yo‘naltirilgan mobil ilova elementlaridan foydalanish orqali mustaqil ta’limni tashkil etish algoritmi hamda onlayn o‘qitish vositalari (Kahoot, Quizlet, Padlet, Jamboard), multimedia resurslarining kompleks qo‘llanilishi ketma-ketligini amaliy tartiblari asosida takomillashtirilgan.
texnika oliy ta’lim muassasalaridagi barcha ta’lim shakli(kunduzgi, kechki va masofaviy)da o‘qiyotgan talabalarga ingliz tili fanini o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish va uni boshqarishning didaktiv modeli sun’iy intellektni qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi mobil o‘qitish orqali talabalarda chet tilini mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini oshirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
texnika oliy taʼlim muassasalari talabalarining ingliz tilidagi nutq, leksik va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi mobil o‘quv dasturiy ta’minot mazmuni til kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillar(interaktiv, animasion) konseptual pedagogik modelga oid  taklif va tavsiyalar  “Universe of Machine Technology” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i asosida berilgan 777484 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma texnika yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish muammosini pedagogik va psixologik, psixologik va metodik nuqtayi nazaridan o‘rganish, pedagogik shart sharoitlarini aniqlash hamda axborot-didaktik ta’minotini mazmunan rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning mustaqil reading (o‘qish), writing (yozish), listening (tinglash) va speaking (gapirish) ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli interaktiv yozuv mashqlari va adaptiv o‘quv texnologiyalari sun’iy intelekt(o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, tekshiruvchi, yo‘naltiruvchi) komponentlarini qo‘llash orqali o‘zini–o‘zi  rivojlantirishga doir “English lessons” web platformasi, “English-Uzbek-Russian Technical dictionary” izohli lug‘ati, Language learning mobil ilovasi foydalanishga tavsiya etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-martdagi 11-05-1330/04-son ma’lumotnomasi).  Natijada, talabalarning mustaqil o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli, ingliz tilini mustaqil o‘zlashtirishga mo‘ljallangan mobil ilova orqali B1 malaka talabi darajasini egallshga erishilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘qitishning o‘quv-metodik va didaktik ta’minoti intensiv o‘zlashtirish usullariga moslashuvchan o‘quv traektoriyasi va ta’limning refleksiv hamda progressiv takrorlash algoritmiga ko‘ra shaxsiylashtirilgan o‘rganish modullarining amaliy va nazariy xulosalaridan, Evropa ittifoqining Erasmus+ loyihalari “Compare methods of learning English between Uzbekistan and Europe”, “Educational exchange program of professors and teachers of the Czech Republic and Uzbekistan” (Erasmus+ KA107 loyihasi, 2017-1-CZ01-KA107-034537 shartnomasi), “Development of Professional Competences of the Czech and Uzbek Academic staff” loyihasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2022 yil, 4-apreldagi 60/1-x-c sonli buyrug‘i). Natijada texnika yo‘nalishi talabalarida ingliz tilidagi (writing, speaking, listening, reading) ko‘nikmalari rivojlanishiga, talabalarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon bergan;
texnika oliy ta’lim muassasalarining talabalariga ingliz tilini onlayn hamda offlayn o‘qitish texnologiyasi mustaqil o‘zlashtiruvchi, uzlyuksiz nazorat qiluvchi,  o‘zlashtirish sifatini taxlil qiluvchi mobil texnologiyalar orqali o‘qitishning pedagogik modeli Namangan muhandislik-qurilish instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Andijon mashinasozlik  institutlarida foydalanilib, takomillashtirishga doir amaliy taklif hamda tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 25-martdagi 11-05-1330/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodik ilovadan foydalanish talabalarning ingliz tilini mustaqil o‘zlashrirish ko‘nikmasini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmunini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish