Sadirov Feruz Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zilzilalarni prognozlashda geofizikaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4405. 
Ilmiy rahbar: Xusomiddinov Sabriddin Samarovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudaykulovich, texnika fanlari doktori, professor; Kuchkarov Kaxramon Israilovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik-geofizik ko‘rsatkichlar asosida real vaqt rejimida o‘rta va qisqa muddatlar uchun zilzila sodir bo‘lish ehtimolini baholashning geofizikaviy axborot texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geologik-geofizik ko‘rsatkichlarni monitoring qilish klasterining raqamli apparat-dasturiy majmuasi yaratilgan, shu asosida zilzila darakchilarini aniqlashning geofizikaviy axborot texnologiyalari ishlab chiqilgan;
real vaqt rejimida seysmoprognostik kuzatuv ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda yuboruvchi va qabul qiluvchi “Magnetic data transmission GEM-19T” dasturi hamda ma’lumotlarni qayta ishlovchi “DataVisualizer” dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
seysmoprognostik kuzatuv ma’lumotlarini saqlovchi, boshqaruvchi, tahrirlovchi “Geoseysmo” ma’lumotlar bazasi va bilimlar bazasi yaratilgan hamda ularni o‘zaro bog‘lovchi algoritmlar ishlab chiqilgan;
spektral tahlil, kuzatuv ma’lumotlarini chastotali filtrlash, geomagnit maydon komponentalari va gravitasiya ta’siridagi davriy o‘zgarishlarda er qobig‘ining deformatsion darakchilari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zilzilalarni prognozlashda geofizikaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zilzilalarni prognozlashda geomagnit maydon, elektromagnit impuls, elektrotellurik maydon ma’lumotlarini yig‘ish, ma’lumotlar markaziga yuborish va ma’lumotlar bazasida saqlashning avtomatlashgan axborot tizimi “Magnetic data transmission GEM–19T”, “Seismoweb”, “DataVisualizer” dasturiy ta’minotlar va “Geoseysmo” ma’lumotlar bazasi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 14 yanvardagi 2/4/36-103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatuv ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, dastlabki ishlov berish va ma’lumotlarni Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga avtomatlashtirilgan onlayn rejimda uzatish imkonini bergan;
geofizik, geodinamik, gidrogeoseysmologik va global pozisiyalash kuzatuv ma’lumotlari tahlili asosida zilzila darakchilarini aniqlash algoritmi va dasturiy ta’minoti Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 14 yanvardagi 2/4/36-103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kuchli zilzilalarni prognozlashda darakchilarni tezkor aniqlash imkonini bergan;
kompleks kuzatuv ma’lumotlarini dastlabki qayta ishlovchi, uzilishlarni tiklovchi va trendlarni filtrlovchi “DataVisualizer” dasturiy ta’minoti Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 14 yanvardagi 2/4/36-103-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot kuchli zilzilalarni prognozlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish