Usmanova Nilufar Abdusaid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda eshitish naylari disfunksiyasini tashhislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3500.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Sanjar Salomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bolalarda eshitish naylari disfunksiyasi diagnostikasini takomillashtirish va uni davolash taktikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda eshitish naylari disfunksiyasi rivojlanishining eng ko‘p uchraydigan xolatlarda patogenetik substratlar: maktabgacha yoshdagi bolalarda (36,7%) obturatsion, erta yoshidagi va maktab yoshdagi bolalarda (62,3%) shish-yallig‘lanish omillari aniqlangan;
eshitish naylari disfunksiyasining klinik shakllari bolalarning yosh guruhlariga bog‘liq holda farqlanishi, ya’ni 3–6 yoshli maktabgacha yoshdagi bolalarda dilatatsion-obturatsion, erta va maktab yoshidagi bolalarda dilatatsion-funksional shakllari aniqlangan;
kompyuter-tomografik tahlillar asosida eshitish naylarining suyak-tog‘ay segmenti burchagining taxminan 160° bo‘lishi va nay uzunligining 30 mm dan kam bo‘lishi patologik holatga moyillikni belgilaydigan muhim morfologik ko‘rsatkichlar sifatida ilk bor aniqlangan;
eshitish naylari disfunksiyasining shakli va bemor yoshini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan diagnostik mezonlar klinik amaliyotda har bir patologik holat uchun samarali davolash taktikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/77-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda eshitish naylari disfunksiyasi rivojlanishining ko‘p uchraydigan xolatlarda patogenetik substratlar: maktabgacha yoshdagi bolalarda (36,7%) obturatsion, erta yoshidagi va maktab yoshdagi bolalarda (62,3%) esa shish-yallig‘lanish omillari aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 17 aprel`dagi 70-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2024 yil 31 maydagi 79-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eshitish naylari disfunksiyasi rivojlanishining patogenetik substratlari bolaning yoshiga qarab farqli bo‘lishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: patogenetik substratlarning yoshga bog‘liq ravishda o‘zgarishini joriy etilishi tufayli ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlar soni qisqardi, bu bir bemor bo‘yicha o‘rtacha diagnostika harajatlarini 550000 so‘mgacha kamaytirish imkonini berdi. Erta va maqsadli davolash natijasida statsionarda qolish muddati 10-12 kundan 3 kungacha qisqardi. Xulosa: noratsional davolashdan kelib chiqadigan takroriy gospitalizatsiyalar va reabilitatsiyaga ketadigan xarajatlar qisqarib, tizimiy darajada yillik tejam 1 patsientga 3360000 so‘m/yilga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: eshitish naylari disfunksiyasining klinik shakllari bolalarning yosh guruhlariga bog‘liq holda farqlanishi, ya’ni 3–6 yoshli maktabgacha yoshdagi bolalarda dilatatsion-obturatsion, erta va maktab yoshidagi bolalarda dilatatsion-funksional shakllari aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 17 apreldagi 70-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2024 yil 31 maydagi 79-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: amaliyotga yoshga asoslangan klassifikatsiyani joriy etish diagnostika va terapiya algoritmini yagona shaklga keltirishga hamda davolash samaradorligining oshishiga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorlik: tashxis qo‘yish uchun sarflanadigan o‘rtacha vaqt ikki barovar qisqardi, instrumental tekshiruvlarga murojaat etish ehtiyoji kamaydi, bu esa birlamchi tekshiruvlardan keyin asoslangan davo muolajalarini o‘z vaqtida boshlash imkonini berdi. Xulosa: gospitalizatsiyalar soni va ularning davomiyligi qisqarishi natijasida bolani parvarishlash bo‘yicha ota-onalarining ishdan qolishi yoki ish joyida samarasizlik sababli keladigan iqtisodiy yo‘qotishlar ham kamaydi (ya’ni ota-onalarning ishlash qobiliyati uzluksiz saqlanadi).
uchinchi ilmiy yangilik: kompyuter-tomografik tahlillar asosida eshitish naylarining suyak-tog‘ay segmenti burchagining taxminan 160° bo‘lishi va nay uzunligining 30 mm dan kam bo‘lishi patologik holatga moyillikni belgilaydigan muhim morfologik ko‘rsatkichlar sifatida ilk bor aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 17 aprel`dagi 70-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2024 yil 31 maydagi 79-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: anatomik moyillik omillarini aniqlash xavf guruhini erta identifikatsiya qilishni ta’minladi; bu esa maqsadli skrining va profilaktik tadbirlarni joriy qilish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: moyillik omillarni aniqlash orqali kechiktirilgan davolash natijasida kelib chiqadigan jarrohlik amaliyotlari va uzoq reabilitatsiyaga ketadigan harajatlar 1 bemorga 10251000 so‘mdan 4765000 so‘mgacha tejash imkonini berdi. Xulosa: qayta tekshiruvlar, takroriy gospitalizatsiyalar va asoratlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘lari tizim miqyosida 32,5% iqtisod qilish imkonini berdi. Shundan kelib chiqadigan ijobiy moliyaviy natijalar davlat byudjetinini salomatlik sohasi bo‘yicha rejalangan sarflarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eshitish naylari disfunksiyasining shakli va bemor yoshini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan diagnostik mezonlar klinik amaliyotda har bir patologik holat uchun samarali davolash taktikasi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 17 aprel`dagi 70-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2024 yil 31 maydagi 79-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: differensial yondashuv har bir patologik holat uchun erta tashxislashni ta’minlaydi, erta tashxis qo‘yilishi natijasida bolalarda maqsadga qaratilingan davoni o‘z vaqtida boshlash va asoratlar (shu jumladan nutq va kognitiv rivojlanishdagi kechikish) oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: differensiallashtirilgan diagnostik mezonlarni qo‘llash asosida bemorlarning amaliyotdan keyingi, kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash harajatlarning quyidagicha iqtisod bo‘lishga olib keldi: takroriy ko‘rik - 68000 so‘m; takroriy 3D rentgen burun-halqum - 75000 so‘m; dori-darmonlar xarajatlari - 150000 so‘m. Asossiz dori-darmonlar, shu jumladan antibiotiklar sarfi 110000 so‘m/kursgacha qisqardi, bu oilaviy xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: statsionarda qolish muddati va davolash davrining qisqarishi natijasida bir bemor uchun yillik 3780000 so‘mgacha tejamni ta’minladi.