Qodirov Zikrilloxon Musoxonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy va G‘arbiy Osiyoda Saljuqiylar davlati (manbashunosligi va davlat boshqaruv tizimi)”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar46
Ilmiy rahbar: Vohidov Shodmon Xuseynovich, tarix fanlar doktori, 
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar: 
Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi X – XIII asrlarda Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi Saljuqiylar davlati tarixi va davlat boshqaruv tizimiga oid manbalarning ilmiy tahlili orqali davr tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Saljuqiylar tarixi bilan bog‘liq arab, fors, vizantiya, arman va boshqa nomusulmon manbalar tizimli hamda qiyosiy-manbashunoslik usulida o‘rganilib, ilgari faqat bir yoki ikki tildagi manbalar asosida cheklangan holda yoritilgan tarixiy jarayonlar ko‘p qirrali, sivilizatsion yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqilgani, turli muhitlarda vujudga kelgan manbalarni birinchi bor birgalikda qiyoslash orqali Saljuqiylar tarixi haqidagi tasavvurlarni yangi bosqichga ko‘tarib, tarixni faqat islomiy yoki faqat g‘arb nuqtai nazaridan emas, balki o‘zaro ta’sir va manbalar o‘rtasidagi muloqot madaniyati asosida o‘rganish imkoni yaratilgan.
Buyuk va Turkiya (Rum) saljuqiylari tarixiga oid yo‘qolgan yoki parchalanib saqlangan bir qator tarixiy manbalarning mazmun va funksiyalari funksional rekonstruksiya usuli orqali qayta tiklanib, Saljuqiylar davridagi siyosiy voqealar, sultonlik ma’muriyati, harbiy tizim va davlatchilik an’analari haqidagi ma’lumotlar manbalarning ichki logikasi va qiyosiy tahlili orqali ilmiy jihatdan qayta baholangan.
Saljuqiylar davlat boshqaruv tizimi turkiy davlatchilik an’analari va islomiy siyosiy-huquqiy meros uyg‘unligida ilmiy-nazariy asosda o‘rganilib, sulton hokimiyatining qonuniyligi, markaziy devonlar faoliyati va davlat ma’muriyatining tuzilishi manbashunoslik jihatdan qayta ko‘rib chiqilgan va shu orqali turkiy va islomiy davlatchilik an’analari o‘rtasidagi institusional va mafkuraviy bog‘lanishlari,  manbalarda Saljuqiy hukmdorlarining siyosiy qudrati faqat harbiy kuch emas, balki adolat, shariat va turkiy boshqaruv an’analari uyg‘unligida qonuniy deb baholangani asoslab berilgan.
Saljuqiylar harbiy tizimi va “iqto instituti”ning davlat qurilishidagi roli ilmiy talqin qilinib, iqto tizimining harbiy-iqtisodiy funksiyalari  qayta baholanib, uning davlat barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati, iqto tizimi nafaqat iqtisodiy manba, balki siyosiy loyallik va markazlashgan boshqaruvni mustahkamlash vositasi bo‘lgani ilmiy asosda isbotlanib, Saljuqiylar harbiy tuzilmasi — xos qo‘shinlari, g‘ulomlar tizimi va sipohiylar korpusi davlat qudratining asosiy ustuni sifatida namoyon bo‘lgani va bu tizim islom dunyosida ilk bor turkiy an’analar asosida harbiy-ma’muriy professionallashuvni ta’minlagani bilan ahamiyatli ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Markaziy va G‘arbiy Osiyoda Saljuqiylar davlati (manbashunosligi va davlat boshqaruv tizimi)” mavzusiga oid manbalar va adabiyotlarni o‘rganish hamda tahlil qilish natijasida olingan xulosa va ilmiy natijalari hamda yangi faktlarga asoslangan ilmiy materiallaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatilgan “Ochiq dars”, “Taqdimot” va “Tarixiy savol” ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2019-yil 13-dekabrdagi 02-40-2640-son, 2020-yil 10-yanvardagi 02-40-91-son va 2021-yil 24-sentyabrdagi 4040-15-04-son ma’lumotnomalari). Natijada tomoshabinlarga Saljuqiylar davri haqida manbalarga asoslangan aniq ma’lumotlar olish hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.
“Markaziy va G‘arbiy Osiyoda Saljuqiylar davlati (manbashunosligi va davlat boshqaruv tizimi)” mavzusida yozilgan dissertatsiyasi ilmiy natijalaridan Tarix institutida 2017 ‒ 2019 yillarda bajarilgan OT A1 – 128 “VII – XIX asr birinchi yarmi o‘zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar faoliyati tarixidan” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. Xususan, - Saljuqiylar asos solgan davlatlarning davlat boshqaruv tizimi, amaldagi unvon va mansablar, saljuqiylarning ma’muriy boshqaruv an’analarining o‘ziga xos jihatlari, qo‘shni va merosxo‘r davlatlarga ta’siri ko‘rsatib berilgan hamda manbalar asosida dalillangan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 18-iyuldagi 3/1255-1781-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Saljuqiylar davlat boshqaruv tizimida asosiy mansablar va devonlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish