Inoyatova Nodira Miranvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ruq vaqtida patologik kon yukotgan ayollarning reproduktiv funksiyasi shakllanishidagi patogenetik mexanizmlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib680.
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sinchixin Sergey Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ruq vaqtida qo‘llanilgan organsaqlovchi operatsiyalarni texnologiyasidan kelib chiqqan holda ayollarning reproduktiv a’zolarining funksional holati klinik, gormonal va doplerometrik xususiyatlarini differensial yondashgan holda o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor akusherlik qon ketishlarini o‘tkazgan ayollarda jarrohlikdan keyingi davrda organsaqlovchi operatsiyalar va bachadonga kompression chok qo‘yilishi sababli yiringli-septik asoratlar chastotasining sezilarli darajada ortishi isbotlangan;
ilk bor FSGning 2,2 baravarga oshishi, E2ning 2,4 va AMGning 2,5 baravarga pasayishi, patologik qon yo‘qotish va bachadonga kompression chok qo‘yishdan so‘ng bachadon tomirlarini muvaffaqiyatsiz bog‘lash natijasida gipergonadotrop tuxumdon etishmovchiligi rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor patologik qon yo‘qotish va organsaqlovchi operatsiyadan so‘ng ayollarda dopplerografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra qon aylanishining yuqori rezistentlikka ega bo‘lishi bachadon arteriyalarida pul`satsiya indeksi 1,7 martaga, tuxumdonlarda esa 2,1 martaga ortishi bilan isbotlangan;
ilk bor ayollarda patologik qon yo‘qotishda 3 juft bachadon tomirlarini bog‘lash va kompression choklar qo‘yish bachadon arteriyalarida hajmli qon oqimi va bachadon arterial perfuziyasi indeksi 0,86±0,01 s-1 gacha pasayishi sababli bachadon vaskulyarizatsiyasining pasayishi isbotlangan;
ilk bor patologik qon yo‘qotish sababli 3 juft bachadon tomirlari bog‘langan va kompression choklar qo‘yilgan ayollarda tuxumdonlarning estrogen sekresiyasi pasayib, natijada bachadondan anomal qon ketishi, anovulyasiya va lyutein faza etishmovchiligi chastotasining sezilarli oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tug‘ruq vaqtida patologik qon yuqotgan Ayollarning reproduktiv funksiyasi shakllanishidagi patogenetik mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor akusherlik qon ketishlarini o‘tkazgan ayollarda jarrohlikdan keyingi davrda organsaqlovchi operatsiyalar va bachadonga kompression chok qo‘yilishi sababli yiringli-septik asoratlar chastotasining sezilarli darajada ortishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 02 dekabrda №45-son bilan tasdiqlangan: “Osobennosti techeniya poslerodovogo perioda u jenshhin, perenesshix akusherskie krovotecheniya i organosoxranyayushhie operatsii” hamda 2025 yil 29 yanvardagi №47-son bilan tasdiqlangan “Sostoyanie reproduktivnoy sistemi u jenshhin s patologicheskoy krovopoterey i organosoxranyayushhimi operatsiyami” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiallari bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 322-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiallari bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 44-son hamda Toshkent shahridagi 5-shahar "Ona va bola" klinik shifoxonasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 82-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiallari bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 141-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiallari bo‘yicha 05.02.2025 yildagi 23-son hamda Toshkent shahar 5-son tug‘ruq kompleksi 20.02.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bachadon qon tomirlarini uch bosqichda bog‘lash amaliyoti endi faqat qat’iy akusherlik ko‘rsatmalariga asosan amalga oshiriladi, bu esa operatsiyadan keyingi gnoy-septik asoratlar va statsionarda uzoq qolish holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ruqdan keyingi bo‘limda koyka-kun narxi 104000 so‘m, sutkalik antibakterial va uterotonik vositalar 38000 so‘m, bachadon bo‘shlig‘ini tozalash 103000 so‘m, UTT 89000 so‘mni tashkil qilganda, operatsiyadan keyingi parvarishda standart protseduralar qiymati (antibakterial preparatlarning bir martalik dozasi, kichik chanoq UTTsi, 5 kungacha bo‘lgan koyka-kun) 647000 so‘mni tashkil etadi. Operatsiyadan keyingi davrda asoratlar yuzaga kelgan holda akusherlik kompleksida 7 kungacha qolish xarajati 1199000 so‘mni tashkil etadi. Shunda har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 552000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bachadon qon tomirlarini uch bosqichda bog‘lash amaliyoti faqat milliy klinik protokollar asosida qat’iy ko‘rsatmalar bilan o‘tkazilganda, organsaqlovchi operatsiyalar bilan bog‘liq reproduktiv funksiya buzilishlari kuzatilmaydi va har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 552000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba, FSGning 2,2 baravarga oshishi, E2ning 2,4 va AMGning 2,5 baravarga pasayishi, patologik qon yo‘qotish va bachadonga kompression chok qo‘yishdan so‘ng bachadon tomirlarini muvaffaqiyatsiz bog‘lash natijasida gipergonadotrop tuxumdon etishmovchiligi rivojlanishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 02 dekabrda №45-son bilan tasdiqlangan: “Osobennosti techeniya poslerodovogo perioda u jenshhin, perenesshix akusherskie krovotecheniya i organosoxranyayushhie operatsii” hamda 2025 yil 29 yanvardagi №47-son bilan tasdiqlangan “Sostoyanie reproduktivnoy sistemi u jenshhin s patologicheskoy krovopoterey i organosoxranyayushhimi operatsiyami” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiallari bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 322-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiallari bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 44-son hamda Toshkent shahridagi 5-shahar "Ona va bola" klinik shifoxonasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 82-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiallari bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 141-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiallari bo‘yicha 05.02.2025 yildagi 23-son hamda Toshkent shahar 5-son tug‘ruq kompleksi 20.02.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/07-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: patologik qon yo‘qotish va bachadon sosudlarining noto‘g‘ri bog‘lanishi natijasida bachadonga KCh qo‘yish fonida gipergonadotrop tuxumdon etishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash bepushtlik va xayz sikli buzilishlarining oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gipergonadotrop tuxumdon etishmovchiligi diagnostikasi uchun asosiy gormon taxlillari (FSG, E2, AMG) narxi 288800 so‘mni tashkil etadi. Standart tekshiruvlar narxi (gormon taxlillari (FSG – 62200 so‘m, LG – 64500 so‘m, prolaktin – 64500 so‘m, TTG – 59800 so‘m, T4 (erkin) – 59600 so‘m, testosteron (erkin) – 60100 so‘m, progesteron – 71600 so‘m, AMG – 154000 so‘m) + UTT (bachadon va tuxumdonlar – 110000 so‘m, qalqonsimon bez – 85900 so‘m)) jami 864800 so‘mni tashkil etadi. Biroq gipergonadotrop tuxumdon etishmovchiligi faqat FSG, E2 va AMG tahlillari orqali aniqlansa, xarajat 576000 so‘mga kamayadi. Xulosa: Bu usul bilan erta tashxis qo‘yish va holatni to‘g‘ri korreksiya qilish mumkin bo‘lib, uzoq muddatdan keyin kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olinadi har bir bemor uchun 576000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, bachadon arteriyalarida pul`satsiya indeksining 1,7 martaga, tuxumdon ichidagi qon oqimining esa 2,1 martaga ortishi patologik qon yo‘qotish va organ saqlovchi operatsiyalardan keyingi ayollarda qon oqimining yuqori rezistent turi rivojlanganini ko‘rsatishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 02 dekabrda №45-son bilan tasdiqlangan: “Osobennosti techeniya poslerodovogo perioda u jenshhin, perenesshix akusherskie krovotecheniya i organosoxranyayushhie operatsii” hamda 2024 yil 29 yanvardagi №47-son bilan tasdiqlangan “Sostoyanie reproduktivnoy sistemi u jenshhin s patologicheskoy krovopoterey i organosoxranyayushhimi operatsiyami” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiallari bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 322-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiallari bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 44-son hamda Toshkent shahridagi 5-shahar "Ona va bola" klinik shifoxonasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 82-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiallari bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 141-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiallari bo‘yicha 05.02.2025 yildagi 23-son hamda Toshkent shahar 5-son tug‘ruq kompleksi 20.02.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/07-son xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: PIni aniqlashda doplerometrik tekshiruv o‘tkazish 865900 so‘m miqdorida iqtisodiy xarajatlarni talab etadi (bunga gormon tahlillari va doplerometrik tekshiruv xarajatlari kiradi). Reproduktiv funksiya buzilishlari sababini aniqlash uchun faqat doplerometrik tekshiruv kifoya bo‘lib, bu 110000 so‘m kam xarajat qilishga imkoniyat yaratadi. Natijada har bir bemorga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy samaradorlik 755900 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bachadon arteriyalari va tuxumdon ichi qon aylanishida PIni RDX yordamida aniqlash, qon tomirlaridagi periferik qarshilikning o‘zgarishlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa har bir bemor uchun 755900 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ayollarda patologik qon yo‘qotishda 3 juft bachadon tomirlarini bog‘lash va kompression choklar qo‘yish bachadon arteriyalarida hajmli qon oqimi va bachadon arterial perfuziyasi indeksi 0,86±0,01 s-1 gacha pasayishi hisobiga bachadon vaskulyarizatsiyasining kamayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 02 dekabrda №45-son bilan tasdiqlangan: “Osobennosti techeniya poslerodovogo perioda u jenshhin, perenesshix akusherskie krovotecheniya i organosoxranyayushhie operatsii” hamda 2025 yil 29 yanvardagi №47-son bilan tasdiqlangan “Sostoyanie reproduktivnoy sistemi u jenshhin s patologicheskoy krovopoterey i organosoxranyayushhimi operatsiyami” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiallari bo‘yicha 19.12.2024 yildagi 322-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiallari bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 44-son hamda Toshkent shahridagi 5-shahar "Ona va bola" klinik shifoxonasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 82-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyati filiallari bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 141-son, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiallari bo‘yicha 05.02.2025 yildagi 23-son hamda Toshkent shahar 5-son tug‘ruq kompleksi 20.02.2025 yildagi 59-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/07-son xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, patologik qon yo‘qotish sharoitida 3 juft bachadon qon tomirlarini bog‘lash va KCh qo‘yilgan ayollarda bachadon APIsini hisoblash xarajatlari 110000 so‘mni, iqtisodiy samaradorlik esa 3690000 so‘mni tashkil etadi. Tuxumdon etishmovchiligi natijasida hayz siklining buzilishi aniqlangan holda, “ingichka” endometriy sababini aniqlash uchun umumiy xarajatlar 4323000 so‘mni tashkil etadi (FSG – 62200 so‘m, AMG – 154000 so‘m, TTG – 59800 so‘m, prolaktin – 64500 so‘m, E2 – 72600 so‘m, UTT – 110000 so‘m, gisteroskopiya – 3800000 so‘m). Xulosa: AQK va organsaqlovchi operatsiyadan so‘ng 3 juft bachadon tomirlari bog‘langanda, bachadon arteriyalari diametrining qisqarishi natijasida bachadon va tuxumdonlarda qon aylanishi kamayadi. Bu esa tuxumdon etishmovchiligi rivojlanishi xavfini oshiradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish