Oxunova Diyoraxon Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishi va avj olishida neyrotrofik omillarning ahamiyati», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3816
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yakupov Eduard Zakirzyanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlar rivojlanishining patogenezida nerv osish omili roli va o‘rnini aniqlash va demensiya rivojlanishini prognoz qilishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonda NGF darajasining pasayishi kognitiv funksiyalarning yomonlashishi bilan, 65 yoshdan katta bemorlarda, kasallikning davomiyligi (15 yildan ortiq) uning tez rivojlanishi bilan birga kelishi, kechki bosqichlarida va Parkinson kasalligining aralash shakli bulgan bemorlarda kuzatilishi ilmiy asoslangan; 
Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlar rivojlanib va kuchayib borgan sari qon tarkibida yallig‘lanishga qarshi sitokinlar IL-1β va IL-6, shuningdek, MMP-9 faolligining oshib borishi isbotlangan;
Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanish mexanizmlarida neyrotrofik omillarning o‘zgarishi o‘rtasida patogenetik bog‘liqligi, neyrodegenerativ o‘zgarishlarning davomiyligi va surunkali neyroyallig‘lanish jarayonning rivojlanishi isbotlangan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida “Kognitiv buzilishning rivojlanishini prognoz qilish (PPCI)” uchun mezonlar ???????? takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishi va avj olishida neyrotrofik omillarning ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qonda NGF darajasining pasayishi kognitiv funksiyalarning yomonlashishi bilan, 65 yoshdan katta bemorlarda, kasallikning davomiyligi (15 yildan ortiq) uning tez rivojlashishi bilan birga kelishi, kechki bosqichlarida va Parkinson kasalligining aralash shakli bulgan bemorlarda kuzatilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti  Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/285 son bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishini prognoz qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 15.04.2024 yildagi, 57-son hamda Toshkent shahari tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi, 84AF-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash 2025-yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning erta belgilariga bag‘ishlangan tadqiqotlar natijasida, bemorlarda qondagi NGF pasayishi kognitiv buzilishlarning erta ko‘rsatkichi sifatida aniqlandi. Bu amaliyotda bemorlarni erta bosqichda saralash, ular uchun individual yondashuvni shakllantirish va kognitiv buzilishlarni sekinlashtirishga qaratilgan davolash-reabilitatsiya choralarini o‘z vaqtida qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Joriy qilingan usul Parkinson kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashhislash va prognoz qilishning bosqichma-bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va qiymati 144000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlar rivojlanib va kuchayib borgan sari kon tarkibida  yallig‘lanishga qarshi sitokinlar IL-1β va IL-6, shuningdek, MMP-9 faolligining oshib borishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/285 son bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishini prognoz qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 15.04.2024 yildagi, 57-son hamda Toshkent shahari tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi, 84AF-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash 2025-yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning avj olishi bilan birga qondagi yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-1β va IL-6) va MMP-9 faolligining oshib borishi, mazkur ko‘rsatkichlarni kognitiv buzilishlarning ilk darajalarini aniqlashda biomarker sifatida qo‘llash imkonini yaratdi Bu esa bemorlar uchun mos va o‘z vaqtida davolash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Joriy qilingan usul Parkinson kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashhislash va prognoz qilishning bosqichma- bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va qiymati 144000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanish mexanizmlarida neyrotrofik omillarning o‘zgarishi o‘rtasida patogenetik bog‘liqligi, neyrodegenerativ o‘zgarishlarning davomiyligi va surunkali neyroyalliglanish jarayonning rivojlanishi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/285 son bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishini prognoz qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 15.04.2024 yildagi, 57-son hamda Toshkent shahari tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi, 84AF-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash 2025-yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Kognitiv buzilishlarning patogenetik mexanizmlarini aniqlash, jumladan neyrotrofik omillar kamayishi, neyrodegenerativ o‘zgarishlar va neyroyallig‘lanish jarayonlarining bir-biriga bog‘liq holda kechishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida, Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarga nisbatan individual yondashuv asosida kompleks tashxis va davolash usullarini joriy etish imkoniyati yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Joriy qilingan usul Parkinson kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashhislash va prognoz qilishning bosqichma- bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va qiymati 144000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida “Kognitiv buzilishning rivojlanishini prognoz qilish (PPCI)” uchun mezonlar takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/285 son bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligida kognitiv buzilishlarning rivojlanishini prognoz qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi bo‘yicha 15.04.2024 yildagi, 57-son hamda Toshkent shahari tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi, 84AF-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash  2025-yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Kognitiv buzilishlarning rivojlanishini prognoz qilish uchun takomillashtirilgan mezonlar ishlab chiqilishi shifokorlarga Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanish xavfini erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Mazkur yangilik bemorni statsionar davolash bo‘yicha nevropatolog shifokorlarning ish yukini kamayshitiriga ham imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan usul Parkinson kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashhislash va prognoz qilishning bosqichma- bosqich usulini joriy etish bilan kasallikning klinik ko‘rinishi va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi va qiymati 144000000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish