Togonova Shoxida Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Globallashuv jarayonida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning psixologik jihatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1220
Ilmiy rahbar: Djumaniyazova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Turaxonov Abdukarim Eshkuzievich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini aniqlash aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda kognitiv kompetentlikning rivojlanishi axborotlarni idrok qilishdagi refleksiv, nazariy va amaliy komponentlarning dinamik uyg‘unligi, innovatsion fikrlash hamda globallashuv muhitiga intellektual javob berish salohiyatining shakllanganlik darajasiga ko‘ra, ma’lumotlarni tanlash va qayta ishlashning idrokni tanlovchanlik xususiyati asosida intereorizatsiyalashuviga bog‘liq ekanligi dalillangan;
globallashuv muhitida ratsional va eksperiensial tafakkur tizimlarining o‘zaro nisbatlariga ko‘ra, talabalar o‘rtasida analitik tafakkurga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalari bilan intuitiv sezgi asosidagi holatni baholash qobiliyatlarini rivojlanishi axborotlarga nisbatan sezgirlikning idealistik fikrlash negizida amaliy faoliyatga ko‘chishi aniqlangan; 
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlanishida o‘quv motivatsiyasi, tafakkur uslubi, o‘zlashtirish darajasi va madaniy kontekstda globallashuvga psixologik moslashuvni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli ratsional tafakkur va eksperiensial tafakkur orqali talabalar kognitiv kompetentligining ikki vektorli yo‘nalishi o‘rtasida ahamiyatli  bog‘lanishlar aniqlangan;
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda ratsional fikrlovchilarning informatsiyani tahlil qilishga, eksperiensial fikrlovchilarning esa tez, kontekstual qaror qabul qilishga moyilligiga ko‘ra, axborotlarni produktiv va reproduktiv qayta ishlash ko‘nikmasini intellektual hislarga bog‘liq refleksiv xususiyatlar asosida shakllantirishga erishish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Globallashuv jarayonida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning psixologik jihatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda kognitiv kompetentlikning rivojlanishi axborotlarni idrok qilishdagi refleksiv, nazariy va amaliy komponentlarning dinamik uyg‘unligi, innovatsion fikrlash hamda globallashuv muhitiga intellektual javob berish salohiyatining shakllanganlik darajasiga ko‘ra, ma’lumotlarni tanlash va qayta ishlashning idrokni tanlovchanlik xususiyati asosida intereorizatsiyalashuviga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda globallashuv muhitiga intellektual javob berish salohiyati oshgan;
globallashuv muhitida ratsional va eksperiensial tafakkur tizimlarining o‘zaro nisbatlariga ko‘ra, talabalar o‘rtasida analitik tafakkurga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalari bilan intuitiv sezgi asosidagi holatni baholash qobiliyatlarini rivojlanishi axborotlarga nisbatan sezgirlikning idealistik fikrlash negizida amaliy faoliyatga ko‘chishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘rtasida analitik tafakkur asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlanishida o‘quv motivatsiyasi, tafakkur uslubi, o‘zlashtirish darajasi va madaniy kontekstda globallashuvga psixologik moslashuvni kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli ratsional tafakkur va eksperiensial tafakkur orqali talabalar kognitiv kompetentligining ikki vektorli yo‘nalishi o‘rtasida ahamiyatli  bog‘lanishlar aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv motivatsiyasi, tafakkur uslubi, o‘zlashtirish darajasi bir-biriga mos ravishda tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda ratsional fikrlovchilarning informatsiyani tahlil qilishga, eksperiensial fikrlovchilarning esa tez, kontekstual qaror qabul qilishga moyilligiga ko‘ra, axborotlarni produktiv va reproduktiv qayta ishlash ko‘nikmasini intellektual hislarga bog‘liq refleksiv xususiyatlar asosida shakllantirishga erishish zarurati dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-378-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-378a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar globallashuv sharoitida moslashuvchan fikrlash strategiyalari bir-biriga bog‘liqligini asoslash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish