Sa’dullaeva Moxinur G‘ulomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Talabalarda zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarning namoyon bo‘lishi”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1218.
Ilmiy rahbar: Djumaniyazova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Saidova Umida Xikmatulla qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarning namoyon bo‘lishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlari xavotirlanish hissi tajovuzkorlikni, frustratsiya esa emotsional ta’sirchanlikni tormozlab, fikrlashdagi rigidlik va boshqalarning fikriga nisbatan tanqidiylikning kuchayishiga olib kelganligi tufayli xavotirli-depressiv kechinmalarni ifodalanishi bilan bog‘liq vaziyatlarda shaxsning o‘z “Men”ini destruktiv himoyalash pozisiyasini qo‘llashga intilishida namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalarning guruhga moslashganlik darajasiga ko‘ra, dezadaptiv xususiyatlardan o‘zini va boshqalarni qabul qila olmaslik, hukmronlikka intilishning emotsional ta’sirchanlik, murosasizlik, rigid fikrlashning kuchayishiga olib kelishi mumkinligiga asoslanib, zo‘ravonlik va agressivlik haqidagi tasavvurlar guruhiy identifikatsiyaning sust rivojlanishiga bog‘liq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
talabalarda zo‘ravonlik tasavvurlarining namoyon bo‘lishidagi agressiv xatti-harakatlar internal lokus nazorat emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirib, o‘zgalar fikriga tanqidiy munosabatni susaytirganligi, eksternal lokus esa tajovuzkorlik va murosasizlikning ustuvorligini ta’minlaganligiga asoslanib, iroda kuchi lokalizatsiyasidagi eksternal nazoratning kuchliligiga bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarini korreksiyalashda  shaxsdagi rigid fikrlashni konstruktiv qarashlarga transformatsiyalash orqali o‘zini va boshqalarni qabul qilish, ularga tolerant munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq adaptiv xususiyatlarni shakllanishini ta’minlash zarurligiga asoslanib agressiv reaksiyalarni kognitiv tizimdagi yangi ma’lumotlarning differensiatsiyasiga bog‘liq ravishda guruhning referentometrik ta’siri orqali o‘zgarishiga erishish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarda zo‘ravonlik haqidagi  tasavvurlarning namoyon bo‘lishi”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlari xavotirlanish hissi tajovuzkorlikni, frustratsiya esa emotsional ta’sirchanlikni tormozlab, fikrlashdagi rigidlik va boshqalarning fikriga nisbatan tanqidiylikning kuchayishiga olib kelganligi tufayli xavotirli-depressiv kechinmalarni ifodalanishi bilan bog‘liq vaziyatlarda shaxsning o‘z “Men”ini destruktiv himoyalash pozisiyasini qo‘llashga intilishida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-373-son buyrugʻi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-373a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarining shaxs emotsional holati bilan bogʻliqligini asoslash imkoniyati yaratilgan;
talabalarning guruhga moslashganlik darajasiga ko‘r, dezadaptiv xususiyatlardan o‘zini va boshqalarni qabul qila olmaslik, hukmronlikka intilishning emotsional ta’sirchanlik, murosasizlik, rigid fikrlashning kuchayishiga olib kelishi mumkinligiga asoslanib, zo‘ravonlik va agressivlik haqidagi tasavvurlar guruhiy identifikatsiyaning sust rivojlanishiga bog‘liq namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-373-son buyrugʻi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-373a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ta’lim muhitiga moslashganlik darajasining zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlari bilan bogʻliq jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda zo‘ravonlik tasavvurlarining namoyon bo‘lishidagi agressiv xatti-harakatlar internal lokus nazorat emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirib, o‘zgalar fikriga tanqidiy munosabatni susaytirganligi, eksternal lokus esa tajovuzkorlik va murosasizlikning ustuvorligini ta’minlaganligiga asoslanib, iroda kuchi lokalizatsiyasidagi eksternal nazoratning kuchliligiga bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-373-son buyrugʻi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-373a-son ma’lumotnomasi).  Natijada talabalarda zo‘ravonlik tasavvurlarining iroda kuchi lokalizatsiyasi bilan bogʻliq tomonlari ochib berilgan;
talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarini korreksiyalashda  shaxsdagi rigid fikrlashni konstruktiv qarashlarga transformatsiyalash orqali o‘zini va boshqalarni qabul qilish, ularga tolerant munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq adaptiv xususiyatlarni shakllanishini ta’minlash zarurligiga asoslanib agressiv reaksiyalarni kognitiv tizimdagi yangi ma’lumotlarning differensiatsiyasiga bog‘liq ravishda guruhning referentometrik ta’siri orqali o‘zgarishiga erishish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-373-son buyrugʻi bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-373a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning zo‘ravonlik haqidagi tasavvurlarini korreksiyalash mexanizmlariga asoslangan psixologik model ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish